02 Apr 2020 |  691

Turonbankdan yana bir qulaylik!

Xorijda mehnat qilayotgan tanishingizdan pul kelsa, vaqtingizni sarflab, eng yaqin bankka shoshyapsizmi? U yerda esa navbat kelishini kutish, operator xodimga pasport raqamlaridan boshlab, talaygina maʼlumotlarni aytish joningizga tegdimi? Bundan buyon ortiqcha ovora boʼlib, vaqtingizni ketkazishning hech ham hojati yoʼq. Аyniqsa, karantin paytida salomatligingiz bilan tavakkal qilmang!
Turonbank Unistream xalqaro pul oʼtkazmalari tizimi bilan hamkorlikda Sizga ajoyib imkoniyatni taqdim etadi. Endilikda, bankning “UzCard” milliy valyutadagi kartasining raqamlarini pul joʼnatmoqchi boʼlgan insoningizga aytishingizning oʼzi kifoya. U esa Unistream xalqaro pul oʼtkazmalari tarmogʼining har qanday xizmat koʼrsatish shoxobchasi orqali bir harakat bilan mablagʼni soniyalar ichida sizning hamyoningizga joylab qoʼyadi.
Moliyaviy yumushlaringizni Turonbank bilan yanada qulay va oson bajaring. Zero, siz bundan-da koʼprogʼiga loyiqsiz.

Oʼtkazma faqat Turonbankning UzCard kartalari uchun mavjud.

Turonbank sizning halovatingiz tarafdori!