PLUS-Forum Digital Uzbekistan – 100% tayyorgarlik!
12–13-iyun kunlari Toshkentdagi International mehmonxonasida IV Xalqaro PLUS Forum Digital Uzbekistan bo‘lib o‘tadi.
Tadbir Markaziy bank, Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi ko‘magida o‘tkaziladi.
Markaziy Osiyodagi eng yirik forumlardan birida davlat organlari, bank sektori va chakana savdo o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik, bank-moliya texnologiyalari sohasida xalqaro hamkorlikni rag‘batlantirish, shuningdek, yangi istiqbolli, jumladan, xalqaro loyihalarni joriy etish masalalari muhokama qilinadi.
PLUS-Forum tashkiliy qo'mitasi tomonidan yaqinda chop etilgan rasmiy konferensiya dasturi bilan havolada tanishish mumkin.
PLUS forumining asosiy mavzulari orasida:
✅eGOV. Elektron hukumatdan raqamli jamiyatgacha
✅Raqamli banking va fintech
✅Islomiy moliya
✅CBDC
✅Kriptovalyutalar. Blockchain
✅Raqamli xizmatlar va imkoniyatlar
✅Elektron tijorat va oflayn chakana savdo
✅Axborot xavfsizligi
✅BNPL
✅Masofadan identifikatsiya
✅Naqd pul muomalasi (CCT)
✅Kichik va o'rta korxonalarni raqamlashtirish
✅Web 3.0., AI, ChatGPT, metaverse: biznesga ta'siri
✅ Investitsiyalar
✅Mikromoliya tashkilotlari va mikromoliyalash
✅HR bozori muammolari
Asosiy ma'ruzachilar:
Sodir Meliboyev,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisining o‘rinbosari – Boshqaruv a’zosi
Dilmurod Qosimov,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi biznes-ombudsman
Dilshod Qurbonboyev,O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Respublika Inkassatsiya xizmati davlat unitar korxonasi bosh direktori
Jahongir Abdiyev, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
Vyacheslav Pak,Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining birinchi o'rinbosari
Farrux Qoraboyev,O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi o‘rinbosari
Shuhratbek Qurbonov,HUMO to'lov tizimi direktori
Anton Borozdin, Visa, Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish bo‘yicha katta direktori
Ruslan Omarov,Qozog'iston Birinchi kredit byurosi bosh direktori
Aleksandr Filippovich, UZUM Bank boshqaruvi raisi
Sergey Popov,Boston Consulting Group (BCG) direktori
Nikolas Kemeron, hamkor, KPMG Lower Gulf Yaqin Sharqdagi forenzik bo’limi boshlig'i
Aidos Jumagulov,“Freedom Bank” direktorlar kengashi raisi maslahatchisi, Qozog‘iston
Ulug‘bek Tavakalov,Madad invest banki boshqaruvi raisi
Bahrom Numonov,APEX BANK boshqaruvi raisi, Islomiy moliya va takafful uyushmasi kengashi raisi
Vladimir Norov,Markaziy Osiyo sun'iy intellekt assotsiatsiyasi raisi
PLUS-forum Yevroosiyo tadbirining Telegram kanalida soʻnggi maʼlumotlarni oling, tashkiliy qoʻmitaga savollar bering va oʻz mulohazalaringizni qoldiring https://t.me/plusforum
FinTech & Retail CA https://t.me/FinTechRetail - Markaziy Osiyodagi moliyaviy texnologiyalar sanoati, elektron tijorat, bank ishi, chakana savdo va kriptosanoatdagi so'nggi tendentsiyalar va innovatsiyalarga bag'ishlangan yangiliklar kanali.