Top.Mail.Ru

Kamida 10 kishidan ish o‘rinlari yaratiladi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 20-iyulda birinchi “Startup Garage” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Kamida 10 kishidan ish o‘rinlari yaratiladi: O‘zbekistonda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan tashabbus o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 20-iyulda birinchi “Startup Garage” loyihasi ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu marosimning asosiy maqsadi yangi startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, ularga sarmoya jalb qilishda yordam berish va har bir loyihada kamida 10 kishidan ish o‘rinlarini yaratish.

Startup Garage yiliga 20 dan ortiq startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlashni maqsad qilgan. Bu tashabbus orqali O‘zbekistonning texnologik va iqtisodiy rivojlanishiga hissa qo‘shish ustuvor maqsad qilib qo‘yilgan.

Startup Garage tadbirkorlik va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan. Loyiha yirik banklar va moliyaviy tashkilotlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi. Tashkilotchilar qatorida Aloqabank, Aloqaventures, Mohirdev.

Startup Garage hozirgacha 5 ta loyihani o‘z tarkibiga olgan: Magicbot — SaaS B2B e-commerce platformasi. Humocommerce — tijorat va chakana savdo tizimlashtirish platformasi. Pulse EV — elektr transport vositalari uchun zaryadlash stansiyalari o‘rnatuvchi va ishlab chiqaruvchi kompaniya. Ish.uz — ish qidirish va kadrlar yollash platformasi. Vamar TMS — transport menejment tizimi.

Qatnashish natijasida loyihalar zarur resurslar va tajribali murabbiylar bilan ta’minlanadi, startaplar uchun sarmoya jalb qilish imkoniyatlari yaratiladi, yirik moliyaviy institutlar va boshqa tadbirkorlar bilan aloqalar o‘rnatish imkoniyati mavjud, boshqa startaplar bilan tajriba almashish va hamkorlik qilish imkoniyati taqdim etiladi, shuningdek loyihalarga marketing va reklama bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi. Bu esa ularning bozorda o‘z o‘rnini topishiga yordam beradi.

Startup Garage’ga kirish uchun startupgarage.uz saytida ro‘yxatdan o‘tish yoki +998770475753 raqamiga qo‘ng‘iroq qilish mumkin.

 

 

 

10:33 • 22 July, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

Ma'lumot topilmadi
Barcha fikrlar
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish