O’zbekiston Ipotekani Qaytamoliyalashtirish Kompaniyasi mutaxassisi
men yakka tartibdagi tadbirkorman 1 oyda 5 8 million atrofida daromat qilaman oylamda hech kim davlt tashkilotida ishlamaydi menga ipoteka krediti beriladimi va qaysi banklardan beriladi
Assalomu alaykum! Ha, albatta beriladi. Siz olayotgan daromadingizni soliq organlaridan olingan ma'lumotnoma asosida ko'rsatishingiz kerak bo'ladi. https://depozit.uz/credits/mortgage ushbu sahifamizda barcha ipoteka kreditlari keltirilgan, ulardan o'zingizga mosini tanlab, to'lov grafigini hisoblash asosida olayotgan daromadingiz kredit olishga yetarliligini aniqlash mumkin bo'ladi. Albatta buni hisoblash siz olmoqchi bo'lgan uyingiz narxini bilishingiz lozim.
Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori
Salom men bank plastik karta ochip o'sha bankni o'zidan onlayn kredit olsam bo'ladimi? Faqat plastika oylik maosh emas bank omonat foizlarni oyma oy tushirip
Assalomu alaykum! Afsuski bugungi kunda onlayn kreditlar faqatgina oylik ish xaqi kartalariga beriladi. Boshqa turdagi bank kartalariga, ularga pul tushumi kelib tushgan taqdirda ham berilmaydi. Yaqin kunlarda Aloqa bank tomonidan boshqa banklar tomonidan chiqarilgan oylik ish xaqi kartlariga xam onlayn kredit berish yo'lga qo'yiladi.
Bank-moliya sohasi eksperti
Ассалому алейкум. Пенсиянерларга кредит борми ? Канча сумгача ? Нечи ойгача ва фоизлари айтсангиз илтимос
Assalomu alaykum! Nafaqadagilarga kredit ajratib bo'ladi. Bu borada xech bir tertib yoki nizomda cheklov o'rnatilmagan. Ammo, ko'p xollarda banklar kredit oluvchilar yoshini 60 yoshgacha cheklab qo'yadilar. Lekin, ba'zi banklar aynan nafaqadagilarga mo'ljallangan kreditlar taklif qilishadi. Tez kunda qaysi banklar qanday shartlarda nafaqadagilarga kredit ajratishi to'grisida saytimiz orqali ma'lumot beramiz.
KapDepo investitsion kompaniyasi tahlilchisi, CFI
Qizilqumsement aksiyalarini sotib olsam, sizning hisbingiz bo'yicha yiliga necha % sof daromad keltiradi?
Assalomu alaykum! Agar Siz bu kompaniya aksiyalariga 2020 yilda boshidan investitsiya kiritgan taqdiringizda daromadingiz 200% dan oshgan bo'lardi. Lekin hozirgi kunda investitsiya kiritdangiz aniq bir %izni garantiya bera olmaymiz. Lekin, shunda xam o'sish surati bank depozitidan ko'proq bo'lish extimoli yuqori.
"Asaka" bank chakana biznes departamenti direktori