Top.Mail.Ru

Oilaviy tadbirkorlik uchun qo'shimcha kreditlar ajratiladi

Kuni kecha Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta'minlash va kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 2023 yil uchun rejalar muhokama qilindi.

Oilaviy tadbirkorlik uchun qo'shimcha kreditlar ajratiladi

Shu jumladan, oilaviy tadbirkorlikni yanada rag‘batlantirish maqsadida moliyaviy ko‘mak ko‘lami kengaytirilishi ta'kidlandi. Bular qatorida, 2023 yilda:

  1. tadbirkorlar faoliyatini kengaytirish uchun kredit miqdori amaldagi 225 million so‘mdan 300 million so‘mgacha oshiriladi;
  2. dehqon xo‘jaliklariga garovsiz kredit miqdori 50 million so‘mgacha oshiriladi (amalda 33 million so‘m);
  3. avval oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kredit olib, yaxshi natija ko‘rsatgan tadbirkorlar ushbu dasturlar doirasida yana imtiyozli kreditlar olishi mumkin bo‘ladi (hozir faqat bir marta olish mumkin);
  4. yangi kreditlar olgan fuqarolar o‘zini o‘zi band qilganlar uchun berilgan imtiyozlardan foydalanadi;
  5. kreditlarning bir qismini plastik kartaga olishga ruxsat beriladi.

2023 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 12 trillion so‘m beriladi (2022 yilda – qariyb 10 trillion so‘m). Prezident yaqinda imzolagan qarorga ko‘ra, oilaviy tadbirkorlikka qo‘shimcha 300 million dollar ajratiladi.

10:05 • 26 January, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish