Top.Mail.Ru

O'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun imtiyozlar

Aholi bandligini ta’minlash va faoliyatini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, tadbirkorlik tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida o’zini o’zi band qilgan shaxslarga qator imtiyoz va imkoniyatlar yaratib berilmoqda.

O'zini o'zi band qilgan shaxslar uchun imtiyozlar

O’zini o’zi band qilgan shaxslar kimlar?

O’zini o’zi band qilgan shaxslar – bu uchinchi shaxslarning ishtirokisiz mustaqil ravishda ish topadigan va bajaradigan shaxslar.

O’zini o’zi band qilgan shaxs maqomi repetitorlar, santexniklar, elektrchilar, sartaroshlar, tikuvchilar, dasturchilar va turli kasblarning boshqa ko'plab vakillari uchun foydalidir. O’zini o’zi band qilgan shaxs jismoniy va yuridik shaxslarga, hatto O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ham xizmat ko‘rsatishi mumkin – mijoz tanlashda qonun bilan hech qanday cheklovlar yo‘q.

O‘zbekistonda o’zini o’zi band qilish ish beruvchiga ega bo‘lmagan ko‘plab fuqarolarga noqonuniy tadbirkorlik uchun javobgarlikka tortilishdan qo‘rqmasdan, aholi va tashkilotlarga qonuniy ravishda mayda maishiy xizmat ko‘rsatish imkonini berdi.

Qonunchilikdagi so‘nggi o‘zgarishlarga ko‘ra, Prezident qarori bilan o’zini o’zi band qilgan shaxslar oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida 100 million so‘mgacha garovsiz kredit olish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

2024-yil 1-apreldan boshlab dasturlar doirasida kreditlar o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno):

  • 33 million so‘mgacha, bir yildan so‘ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo‘shimcha 50 mln so‘mgacha revolver asosida;
  • ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo‘nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
  • yer maydoni 10 sotixdan ortiq bo‘lgan tomorqa yer egalariga va ijarachilarga 50 mln so‘mgacha garovsiz;
  • 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so‘mgacha garovsiz ajratiladi.

 

Bunda:

  • chorvachilikni rivojlantirish yo‘nalishida kreditlar tuman (shahar) veterinariya bo‘limi tomonidan identifikatsiya qilingan (birkalash usuli) va haqiqatdan yetkazib berilgan chorva mollarini (qoramol, qo‘y, echki) sotib olishga;
  • aholi tomorqasida biznesni yo‘lga qo‘yish uchun o‘zlarining ichki imkoniyatlaridan foydalangan holda tadbirkorlik qilishni istagan aholiga issiqxona qurish, chorva mollari boqish, tomorqaga mavsumiy ekinlar ekish uchun kreditlar biriktirilgan bank va hokim yordamchisining ushbu tadbirlar amalga oshirilishi borasidagi kafilligi asosida naqd pulda berilishi mumkin.

 

Bundan tashqari, banklar "biznesga birinchi qadam qo'yayotgan" o’zini o’zi band qilgan shaxslarga ham kredit beradi.

O'zbekiston banklarida barcha mavjud kreditlar shartlari bilan Kreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.

17:08 • 27 June, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish