Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha Prezident qarori qabul qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-39-sonli (31.01.2023y.) qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashni yangi bosqichga olib chiqishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-39-sonli (31.01.2023y.) qarori qabul qilindi.
Qarorga ko’ra:
Dasturlar doirasida kreditlar 14 foiz stavkada ajratilishi saqlanib qolindi;
10 mln. so‘mgacha qismi (hunarmandlarga 20 mln.) bank kartalariga (naqdlashtirish imkoniyatini cheklagan holda) o‘tkaziladi;
Uzoq muddatga yer maydonlarini ijaraga olgan dehqon xo‘jaligi va kichik tadbirkorlarga 50 mln. so‘mgacha garovsiz kredit ajratiladi.
Bundan tashqari:
Kreditlar ustuvor ravishda dasturlar bo‘yicha avval kreditlardan foydalanmagan aholi va tadbirkorlik sub'ektlariga ajratiladi;
Dasturlar doirasida ilgari olgan kreditlaridan samarali foydalanib, tadbirkorligini yo‘lga qo‘ygan va kredit to‘lovlarini o‘z vaqtida amalga oshirgan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga faoliyatini yanada kengaytirish uchun ularga mazkur kreditlardan takroran foydalanishga ruxsat etiladi;
Ajratilgan kreditlarni o‘z muddatida qaytarmagan fuqaro va tadbirkorlik sub'ektlariga mazkur dasturlar doirasida yangi kreditlar berilishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tijorat banklari bilan birgalikda dasturlar bo‘yicha ajratilgan kreditlarning ularni so‘ndirish grafigiga muvofiq belgilangan muddatlarda qaytarilishiga mas'ul hisoblanadi va har oy yakuni bilan muammoli kreditlarni undirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni muhokama qilib boradi;
Hududlarda har oylik kreditlash hajmlari kreditlarni so‘ndirish grafigi ijrosining bajarilmagan miqdoriga mos ravishda kamaytiriladi.
Quyida qaysi viloyatga qancha mablag’ ajratilishi – resurs taqsimoti keltirilgan. Ajratiladigan resurslarning 53 foizi avval ajratilgan kreditlarning so‘ndirilishi hisobidan shakllanishi belgilangan.
2023 yilda oilaviy tadbirkorlik dasturiga 13 trillion so‘m yo‘naltirilishi belgilangan (2022 yilda ushbu miqdor 10 trillion so‘mni tashkil etgan edi). Ushbu kreditlar Xalq banki, Agrobank va Mikrokreditbank tomonidan ajratiladi.