Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar ajratishga doir muhim savollarga javoblar
1. Oilaviy tadbirkorlik bilan kimlar shug’ullanishi mumkin?
Oilaviy tadbirkorlik bu bir shaxsning oila a’zolari bilan birgalikda daromad olish maqsadida uy sharoitida va o’ziga tegishli yer maydoni yoki binoda amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyatidir. Bunday faoliyat bilan har qanday shaxs qonunda belgilangan tartibda shug’ullnishi mumkin.
2. Oilaviy tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar kimlarga ajratiladi?
Imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik bilan shug’ullanishni istagan yoki shug’ullanib kelayotgan shaxslarga ajratiladi.
3. Imtiyozli kredit olish uchun qanday faoliyat turlari bilan shug’ullanish kerak?
Asalarichilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, issiqxona, bog‘dorchilik, uzumchilik, sovutgichli sig‘imlar, meva-sabzavotlarni qayta ishlash va qadoqlash.
Sartaroshxona, go‘zallik saloni, poyafzal ta'mirlash, avtoservis, avtomoyka, santexnik, payvandlash, gilam yuvish, umumiy ovqatlanish shaxobchasi, motokultivator, motoroller.
Penablok ishlab chiqarish, shlakablok ishlab chiqarish, chorva mollari uchun ozuqa ishlab chiqarish, tegirmon, sovun ishlab chiqarish, non ishlab chiqarish, milliy shirinliklar ishlab chiqarish, qurilish materiallari, hunarmandchilik buyumlari va boshqa barcha turdagi ishlab chiqarishlarga.
4. Imtiyozli kredit olish uchun qayerga murojaat qilish kerak?
Imtiyozli kredit uchun arizalar qarz oluvchi tomonidan mustaqil ravishda yoki tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining ko‘magi bilan oilakredit.uz onlayn platformasi orqali yuboriladi va barcha hujjatlar onlayn tarzda rasmiylashtiriladi.
Imtiyozli kreditlarga doir qo’shimcha savol va maslahatlar bo’yicha tegishli mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisiga murojaat qilish zarur.
5. Imtiyozli kredit ajratilishi qanday hollarda rad etiladi?
Quyidagi hollarda qarz oluvchining arizasi yagona elektron platforma tomonidan skoring ma'lumotlari asosida avtomatik rad etiladi:
6. Imtiyozli kredit shartlari qanday?
Kredit yillik 14% stavkada, toifasiga qarab - 1,5 yil, 3 yil va 7 yil muddatga ajratiladi. Kredit uchun jismoniy shaxslardan garov yoki kafil talab etilmaydi.
Kredit miqdori: