Top.Mail.Ru

Ofertani qabul qilishdan oldin nimalarga ahamiyat berish lozim?

Bugun biz ofertani qanday qilib to'g'ri o'qish va nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida gaplashamiz.

Ofertani qabul qilishdan oldin nimalarga ahamiyat berish lozim?

Sizga oferta shartnomasi nima ekanligini va u nima uchun kerakligini eslatib o'tamiz.

Oferta – bu bitim tuzish taklifidir. Ko'p hollarda u ommaviy va barcha uchun ochiq bo’ladi, bir yoki bir nechta shaxsga qaratiladi. Ofertani qabul qilganingizda, shartnoma ofertada ko'rsatilgan shartlar asosida tuzilgan hisoblanadi.

Odamlar shaxsiy ma'lumotlarni talab qiladigan shartnomalarni imzolashni yoqtirmaydilar. Ular aldanib qolishlaridan qo'rqishadi. Lekin shu bilan birga, ular onlayn-do'konda osongina biror narsa sotib olishadi va hatto ofertani o'qimay ham unga rozilik belgisini qo'yishadi.

Rozilik belgisi bu imzo emasku deyish mumkin. Aslida, bu imzoning ekvivalentidir. Sudda sizning shartnoma ofertasiga qo’ygan rozilik belgingiz (aksept) aynan sizning roziligingizni tasdiqlaydi.

Shuning uchun siz, xaridor sifatida, ofertaning printsipini, nima uchun imzolanishi kerakligini va nimaga e'tibor berish kerakligini tushunishingiz kerak.

Oferta printsipi shundan iboratki, xizmat ko'rsatuvchi tomon shartnoma tuzishda bir qator majburiyatlarni bajarishni kafolatlaydi. Shu bilan birga, u bir qator masalalar bo'yicha o'zining ham, mijozning ham majburiyatlarini va mas'uliyatini belgilaydi.

Bunday holda, har bir oferta uchun quyidagi umumiy qoidalarni ajratib ko'rsatish mumkin:

  1. Atamalar va ta’riflar.
  2. Bitimning predmeti.
  3. Agar bu ommaviy bo'lmagan oferta bo'lsa, tomonlar to'g'risidagi ma'lumotlar.
  4. Shartnomaning amal qilish muddati.
  5. Xizmatlar narxi va to'lash tartibi.
  6. Tomonlarning huquq va majburiyatlari.
  7. Shartnomani bekor qilish shartlari.
  8. Rekvizitlar.

Ofertani imzolashdan oldin qilishingiz kerak bo'lgan birinchi narsa uni o'qishdir.

Iltimos, quyidagilarga e'tibor bering:

  • Xizmat ko'rsatuvchi tomon ishining bajarilish bosqichlari ofertada ko'rsatilishi.

Ideal holda, xizmatlarning narxi va xizmat ko'rsatish muddati ko'rsatilishi kerak.

  • Umumiy summaga kiritilmagan yana qanday qo’shimcha to’lovlar mavjudligi.

Ko'pincha oferta shartnomalarida vijdonsiz sotuvchilar kichik harflarda ba'zi xizmatlar qo'shimcha ravishda to'lanishi haqida yozishlari mumkin. Shunday qilib, sizda kutganingizdan ko'proq mablag’ to'lash xavfi bor.

  • Xizmat ko‘rsatuvchi tomonning belgilangan muddatlarga rioya qilmaganlik uchun qanday javobgarlikka egaligi.

Agar shartnomada javobgarlik nazarda tutilmagan bo'lsa va siz bunga rozi bo'lsangiz, unda qiyinchiliklar yuzaga kelsa, siz o'z huquqlaringizni sudda uzoq vaqt himoya qilishingiz yoki da'volaringizdan voz kechishingiz kerak bo'ladi.

  • Shartnomalar bajarilmagan taqdirda siz uchun qanday javobgarlik nazarda tutilganligi.

Sizning aybingiz bo'lmagan narsa uchun javobgarlikni o'z zimmangizga olmaslik muhimdir. Masalan, xizmat ko'rsatuvchi tomon belgilangan muddatni o'tkazib yubordi va siz uning ishining qo'shimcha vaqti uchun to'lashingiz kerak.

Muhim jihatni unutmang: iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risidagi qonunga muvofiq, siz istalgan bosqichda xizmatdan voz kechishingiz mumkin. Bunday holda, xizmat ko'rsatuvchi tomon sizga ushbu xizmatlar uchun haq to'lashi kerak. 

Buning uchun ham oferta shartnomasi foydalidir. Shartnoma ishtirokchisi sifatida siz, agar bu holat haqiqatda sodir bo'lgan bo'lsa, oferta asosida ko'rsatishingiz mumkin.

17:16 • 10 July, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish