Qonun nuqtai nazardan, qarz oluvchiga to'g'ri keladigan kreditlar soni bo'yicha cheklovlar yo'q. Shu sababli, banklar ushbu masalani ichki qoidalar va ob'ektiv parametrlarni, masalan, qarz oluvchining kredit tarixi, kredit yuki, ish joyi mavjudligi, yoshi, daromadi va boshqalarni hisobga olgan holda o'z xohishiga ko'ra hal qiladilar.
Bank uchun eng muhimi, qarz oluvchining bir nechta kreditlarni to'lashi, ya'ni to'lovlarni o'z vaqtida va to'liq amalga oshirishidir.
Bir vaqtning o'zida qancha kredit olish mumkin?
Agar bitta bank haqida gapiradigan bo'lsak, unda, qoida tariqasida, bir vaqtning o'zida ikkita kredit olish uchun ariza berish mumkin emas. Ammo bank o'z mijoziga mavjud kreditga qo'shimcha ravishda boshqa kreditni ham tasdiqlashi mumkin.
Har xil banklar haqida gapiradigan bo’lsak, qarz oluvchi bir vaqtning o'zida bir nechta moliya institutlariga ariza topshirishi mumkin. Biroq bunda barcha arizalar qarz oluvchining kredit tarixida aks ettirilishini tushunish kerak. Kreditni tasdiqlashdan oldin, barcha banklar uni diqqat bilan o'rganadilar va potentsial qarz oluvchi yana qayerga murojaat qilganligini ko'rishlari mumkin. Bu ularning qaroriga ta'sir qiladi.
Kreditlar soni kredit yukiga qanday bog'liq?
Har qanday bank har doim mijozning kredit yukini tahlil qiladi. Buning uchun quyidagi parametrlar tekshiriladi:
Kredit yuki qarz oluvchi daromadining qaysi qismi barcha kreditlarni to'lash uchun ketishini ko'rsatadi. Ushbu parametr turli banklarda farqlanadi. Standart daraja 50-70% deb hisoblanadi, ammo ba'zi moliya institutlarida bu foiz yanada pastroq.
Eslatma! Agar moliya instituti potentsial qarz oluvchining bir nechta kreditlari borligini ko'rsa, bu odam qarz hisobiga yashayotganiga shubha tug'dirishi mumkin. Bunday holda, keyingi kredit arizasini rad etish ehtimoli yuqori bo'ladi.
Kredit ma'qullanmayapti: mantiq nimada?
Banklar uchun o'z daromadlarini xavf ostiga qo'yish foydali emas. Mijoz ko'plab kredit arizalarini topshirganda, bank nima uchun bunday qilayotganini bilmaydi. Ehtimol, siz yaxshiroq shartlarni qidirayotgandirsiz, lekin kredit bo’yicha sug'urtaga rozi bo'lmayapsiz yoki xizmat sifati bilan qoniqmayapsiz. Yoki aksincha, moliyaviy muammoga duch kelgandirsiz va sizga qarz beradigan ahmoq qidirayotgandirsiz. Bank o'z shubhalarini tasdiqlay olmaydi, shuning uchun u siz haqingizda eng yomon tomondan o'ylaydi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan siz uning uchun xavfli mijozsiz.
Agar siz xavfli mijoz bo'lsangiz, bank sizga kamroq pul beradi, yuqori foiz stavkali, ta’minotli kredit taklif qiladi yoki arizangizni umuman ma'qullamaydi. Va bunda hech qanday reklama qilingan bankning va'dalari sizga kredit olishga yordam bermaydi.
Mijoz bir vaqtning o'zida ikkita kredit olmoqchiligini banklar qanday biladi?
Buning uchun kredit byurosida mijozning ma'lumotlarini tekshirish kifoya. U nafaqat o'tgan va joriy kreditlarni, balki banklar ma'lum bir arizachiga necha marta so'rov yuborganligi haqida ma'lumotni ham ko'rsatadi. Shundan kelib chiqib, shaxs bir vaqtning o‘zida bir nechta banklarga murojaat qilgan, degan xulosaga keladi. Kredit olish uchun arizalar qancha ko'p bo'lsa, bankning kredit berish ehtimoli shunchalik kam bo'ladi.
Agar siz xato qilib bo’lgan bo'lsangiz, nima qilish kerak?
Agar siz bir nechta banklardan kredit olishga harakat qilgan bo'lsangiz, unda, afsuski, siz allaqachon kredit tarixingizni yomonlashtirgansiz. Buni bir kunda tuzatib bo‘lmaydi.
Agar sizga haqiqatan ham zudlik bilan pul kerak bo'lsa, siz shartlaridan qat’i nazar tasdiqlangan kreditga rozi bo'lishingiz kerak. Asosiysi, barcha banklarga ketma-ket qo'ng'iroq qilishni davom ettirmang, bunda siz faqat vaziyatni yomonlashtirasiz.
Rad javobidan keyin qancha vaqt ichida kredit olishingiz mumkin? Agar shoshilinch bo'lmasa, banklar ikki-uch oydan keyin ketma-ket yuborilgan bir nechta so'rovlarni salbiy belgi sifatida ko'rib chiqishni to'xtatadilar.
Bir nechta kredit olishni istaganlar uchun ijobiy va salbiy tomonlari
Bir tomondan, bir vaqtning o'zida ikkita kredit olish uchun ariza topshirish, u yoki bu sabablarga ko'ra bitta yirik kredit ma'qullanmagan holatlarda zaruriy miqdorni olish imkonini beradi. Rasmiy daromadi kam bo'lgan yoki xavfli ish holatiga ega bo'lgan qarz oluvchilar bu holatga duch kelishi mumkin.
Boshqa tomondan, bir vaqtning o'zida kreditlash ma'lum moliyaviy risklarni o'z ichiga oladi. Tajribasizlik yoki beparvolik tufayli siz o'zingizga kredit yukini osib qo'yishingiz mumkin, bu kreditlarning o’z vaqtida qaytarilishini xavf ostiga qo’yishi mumkin.
Banklarda qarz oluvchilarni baholash dasturlari ruxsat etilgan kredit yukini aniq hisoblab chiqadi va qarz oluvchi qancha pul to'lashi mumkinligini ko'rsatadi. Agar siz turli banklardan ikkita kredit olsangiz, to'lov qobiliyatini baholash uchun faqat o'zingizga ishonishingiz kerak. Ba'zi qarz oluvchilar o'zlarining kuchlarini haddan tashqari oshirib yuborishadi va shuning uchun qarz tuzog'iga tushib qolish xavfi mavjud.
Qanday qilib ko'p kredit olish mumkin?
Aksariyat yirik banklarda siz onlayn kredit arizasini topshirishingiz mumkin - to'g'ridan-to'g'ri bank saytida. Bu turli banklarga tashrif buyurish vaqtini tejash imkonini beradi. Bunday holda, anketalarni to'ldirish uchun sizga faqat azgina vaqt kerak bo'ladi va arizalarni ko'rib chiqish tartibi bank filialida so'rovni to'ldirgandek deyarli bir xil bo'ladi.
Undan keyin, bankning ijobiy qarorini olib, siz kredit miqdori, muddati va foiz stavkasi bo'yicha sizga eng mos keladigan taklifni tanlashingiz mumkin. Sizdan bankka tasdiqlovchi hujjatlarni olib kelish so'ralishi mumkinligiga tayyor bo'ling: daromad va ish joyi to'g'risidagi ma'lumotnoma, mehnat daftarchasining nusxasi va boshqa hujjatlar.
Eslatma! Qarz oluvchi bankka kredit arizasi to'g'risidagi ma'lumotlarni kredit byurosiga uzatishni taqiqlashi mumkin. Ammo tushunishingiz kerakki, bu holda kredit olish imkoniyati kamayadi, chunki moliya instituti qarz oluvchining ishonchliliga shubha qila boshlaydi.
O'zbekiston banklarida barcha mavjud kreditlar shartlari bilan Kreditlar sahifasida tanishishingiz mumkin.