Aloqabank Chakana biznes departamenti direktori Jo'rabek O'roqov foydalanuvchilarimiz tomonidan ko'p beriladigan "Kreditlar faqat davlat ishida ishlaydiganlarga beriladimi?" degan savolga javob beradi.
Yo’q, bunday talab hech qanday tartib va nizomlarda belgilanmagan.
Kredit olishga layoqatli bo’lishi uchun jismoniy shaxslar doimiy (turli banklarda xar xil, 6 oydan 12 oygacha muddat davomida) daromad manbaiga ega bo’lishlari lozim. Mijozning daromadlari to'g'risidagi ma'lumotlari qonun bilan ta'qiqlanmagan turli manbalar (Davlat soliq qo'mitasi ma'lumotlar bazasi, Xalq banki SHJBP hisobvaraqlari tizimi va boshqalar) orqali o'rganiladi.