18 May 2020 |  213

Turonbankdan premium xizmat: One Touch. Endi terminalni koʼtarib yurish shart emas!

Bugungi karantin sharoiti ayrim soha va tarmoqlarning nimalarga qodir ekanligini qaysidir maʼnoda aks ettirdi. Favqulodda masofalanishga oʼtilgani bois, isteʼmolchilarning ehtiyojlarini qondirish yuki bir necha barobarga oshdi. “Uyda qoling”, “Koʼchaga chiqmang” mazmunidagi chaqiriqlar fonida, onlayn va yetkazib berish xizmatlari kunning eng dolzarb masalasiga aylandi. Аyniqsa, banklar shu oʼtgan bir oydan koʼproq vaqt davomida koʼplab oʼzgarishlarni boshdan kechirishdi. Jahon amaliyotida keng qoʼllanilayotgan jozibador xizmatlarning keng assortimenti Oʼzbekiston moliya blogida joriy etila boshlandi.

Ushbu sinovli oqimda oʼz jamoasi bilan munosib iroda koʼrsatgan Turonbank aholi uchun maʼlum bir yangi xizmatni taqdim etdi. U xoh xalqaro pul oʼtkazmalari tizimida boʼlsin, xoh plastik kartochkalarni onlayn rasmiylashtirish borasida. Аhamiyatlisi, bank mamlakat moliya sektorida hali oʼxshashi boʼlmagan, yangi nou-xaularni tatbiq etish bilan sogʼlom raqobat muhitida ildamlab ketdi.

Navbatdagi xizmat ham soʼzimizning yaqqol misoli. Endi bank ishbilarmonlar uchun “Humo” terminallarini smartfonlarga almashtirish imkonini taqdim etmoqda. Tasavvur qiling-a, “One Touch” tizimi orqali endi toʼlovlarni qabul qilish uchun qurilma, uning quvvatlagichlarini koʼtarib yurishga hojat qolmaydi, shunchaki uyali telefoningizga (NFC tizimi mavjud android telefonlar) kartani tekkazasiz va mablagʼlarni qabul qilib olasiz. Bu koʼproq taksi, yetkazib berish xizmatlari, kichik savdo nuqtalarida ishlaydigan tadbirkorlarimiz uchun ancha qoʼl kelishi aniq. Bu orqali naqdsiz toʼlovlarning oshishi va davlat budjetiga tushumlar koʼpayishiga erishish mumkin.

Buning uchun Sizdan koʼp narsa talab etilmaydi. Shunchaki, bank bilan bogʼlanib, smartfoningizga xizmatni yoqtirish uchun shartnoma tuzib olsangiz boʼlgani.

 Teglar

Banklar Boshqalar