20 May 2020 |  318

Kreditlash jonlantiriladi

Kreditlash jonlantiriladi

Pandemiya oqibatlarini yumshatish doirasida “Har bir oila – tadbirkor” dasturiga ajratilgan 1 trillion soʼm kredit mablagʼlarini qaytarish muddati uzaytirildi. Shu bois, ushbu dasturni toʼliq amalga oshirish uchun Tiklanish va taraqqiyot jamgʼarmasi hisobidan 100 million dollar resurs ajratildi.

Prezident mahsulot, uskuna, xomashyo hamda aylanma mablagʼlar uchun kredit olishda tadbirkorlarga oʼrnatilgan barcha cheklovlar olib tashlanishi kerakligini taʼkidladi. 

Markaziy bankka kichik biznes va oilaviy tadbirkorlik subʼektlariga kreditlar berish shartlarini soddalashtirish boʼyicha topshiriq berildi.

Mahsulotlarga talabni yaratish uchun savdo faoliyatini ragʼbatlantirish, aholining isteʼmol qobiliyatini oshirish maqsadida isteʼmol kreditlari berishni kengaytirish lozimligi qayd etildi.

 Teglar

Kreditlar