11 May 2020 |  409

Endilikda pensionerlar xizmat ko'rsatuvchi bank va karta turini tanlash huquqiga egalar.

Pensiya mablagʼlarini yetkazish tizimi tubdan qayta koʼrib chiqiladi. Bu haqda Markaziy bank departamenti direktori Аbrorxoʼja Turdaliev 11.05.2020 yil brifingdagi nutqida aytib o'tdi.

Pensiya bilan bogʼliq qayd etilgan muammolar qayta takrorlanmasligi uchun Markaziy bank Moliya vazirligi bilan birgalikda pensiya mablagʼlarini yetkazish tizimi tubdan qayta koʼrib chiqilib, pensiya mablagʼlarini yagona bank orqali pensionerlarga yetkazish tizimi oʼz samarasizligini va bu amaliyotdan voz kechish lozimligini koʼrsatdi.

Shu munosabat bilan, pensionerlarga bank xizmatlaridan foydalanishda maksimal darajada qulaylik yaratish maqsadida xizmat koʼrsatadigan banklarni TАNLАSh imkoniyati beriladi.

Eslatib o'tamiz Banklar taqdim etayotgan Plastik kartalar to'g'risidagi malumotlarni bizning Veb-saytimiz orqali olishingiz mumkin.