14 May 2020 |  272

Banklar asta-sekinlik bilan toʼxtatilgan kreditlash amaliyotlarini qayta yoʼlga qoʼymoqdalar.

Pandemiya sharoitida ayrim banklarda kreditlash amaliyotlari, xususan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotlari vaqtincha toʼxtatilgan edi. Banklar asta-sekinlik bilan boʼlsa-da, toʼxtatilgan kreditlash amaliyotlarini qayta yoʼlga qoʼymoqdalar.

Misol uchun Tenge bank hamda Hamkorbank vaqtinchalik toʼxtatib qoʼyilgan jismoniy shaxslarni kreditlash amaliyotlarini qayta yoʼlga qoʼyilganligini eʼlon qildilar. 
Hamkorbankning eʼlonida aytilishicha, avtokredit, mikroqarz, isteʼmol krediti va ipoteka kreditlari boʼyicha arizalar qabul qilina boshlangan. Filiallarga tashrif buyurishda karantin shartlariga amal qilish: masofani saqlash va himoya vositalaridan foydalanish soʼralgan.

 Teglar

Banklar Kreditlar