02 Apr 2020 |  288

Agrobank Asiamoney biznes nashrining eng yaxshi raqamli bank mukofotiga sazovor bo'ldi

«Asia money» xalqaro nashriyoti tomonidan har yili o‘tkaziladigan «Best bank awards» (Eng yaxshi bank taqdimoti) doirasida «Agrobank - O‘zbekistonning eng yaxshi raqamli banki» («Best digital bank») deb topildi.

Xalqaro nashriyot avvalambor bankning jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan «Agrobank mobile» ilovasining qulay va ko‘p funksionalligi, shuningdek, Rossiya Sberbankining "Sberbank onlayn" ilovasi orqali Agrobankning Humo plastik kartalariga pul o‘tkazmalari, xozirda unikal xizmatlarimizdan bo‘lgan yuridik shaxslar uchun onlayn kreditlar, qolaversa jismoniy shaxslar uchun kredit karta xizmatlarini alohida e’tirof etdi.

Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda ushbu mobil ilovadan 500 mingga yaqin jismoniy shaxslar va 50 mingdan ortiq yuridik shaxslar foydalanib kelmoqda.

Agrobank raqamli transformatsiya strategiyasini amalga oshirishda va masofaviy xizmatlarni rivojlantirishda innovatsion bank hisoblanadi. Har yili bank xizmatlaridan masofaviy foydalanuvchilar sonining oshib borishi Agrobankga mijozlar uchun o‘z hayotlari va bizneslari rivoji yo‘lida eng yaxshi yechimlarni yanada ko‘proq taklif qilishga undaydi!

Bank Axborot xizmati

 Teglar

Banklar