12 Feb 2021 |  290

Visa O'zmilliybankni Visa Direct xizmatini ishga tushirgan O'zbekistondagi birinchi bank deb tan oldi

Visa xalqaro to'lov tizimi tomonidan O'zmilliybankka O'zbekistonda Visa Direct innovatsion xizmatini ishga tushirgan birinchi bank unvoni berildi.

O'zmilliybank loyihaning boshlanishiga hissa qo'shgan barchaga o'z minnatdorchiligini bildiradi. Shuningdek, har kuni bankni xizmatlar sifatini oshirishga undaydigan mijozlarga ham.

Visa to'lov kartalari egalari uchun innovatsion Visa Direct xizmati 2019-yil dekabrda ishga tushirildi.

Ushbu xizmat sizga O'zmilliybankning Visa kartalari va boshqa mamlakatlarning Visa kartalari o'rtasida 7/24 rejimida mablag' o'tkazish imkoniyatini beradi. Buning uchun siz bankka tashrif buyurishingiz, navbatda turishingiz va hujjatlarni to'ldirishingiz shart emas. Milliy mobil ilovasiga ega bo'lish va qabul qiluvchining karta raqamini bilish kifoya. Komissiya atigi 0,5%.