19 Jul 2021 |  998

Mobi.uz abonentlari raqamlari bloklandi

Mobi.uz abonentlari raqamlari bloklandi

2014 yildan buyon O‘zbekiston bozorida faoliyat yuritib kelayotgan mobi.uz kompaniyasi o‘z abonentlarining raqamlarini blokirovka qilib qo‘yganligi maʼlum bo‘ldi. 

Mijozlarning depozit.uz ga xabar berishicha, Mobi.uz Bosh ofisida tumonat odam yig‘ilgan, bugun “Arafa” kuni, ertaga Hayit ayyomi, shuningdek bugungi kasallanishlar soni ortib borayotgan vaqtda ko‘pchilik telefon orqali bayram bilan tabriklashni lozim topadi. Lekin kompaniyaning bu ishi aqlga sig‘maydi. 

-  Bugun arafa kuni, ro‘za tutib uyda toat-ibodat bilan mashg‘ul bo‘lish o‘rniga issiq kunda kompaniyada turnaqator navbatda o‘tiribman. Bu o‘zgarishni Hayit bayramidan keyin qilishni iloji yo‘qmidi, qachongacha bizda musulmonlar bayrami arafasida turli dilxiraliklar, xalqni sarson-sargardon qilishlar uchraydi, shuni telefonni bloklamay, sms orqali ogohlantirib abonentlarini chaqirsa ham bo‘ladi-ku, - dedi ismi sharifini maʼlum qilishni istamagan abonent.

Depozit.uz jamoasi Mobi.uz kompaniyasi bilan bog‘langanda, o‘zini Ziyodulla deya tanishtirgan (familiya va lavozimi maʼlum qilinmadi) bu xabarni rad etdi.Shuningdek, Toshkent shahridagi ofis bugun soat 20.00 gacha mijozlarga xizmat ko‘rsatilishini, qolaversa ertaga ham ularda ish kuni ekanligi, mijozlar to‘palon ko‘tarmay, o‘z shaxslarini tasdiqlovchi hujjatlar bilan Mobi.uz ofislariga murojaat qilib, telefonlarini blok holatidan chiqarishlari mumkinligini qayd etdi.

 Manba

 Teglar

Boshqalar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish