30 Jul 2021 |  611

Mikroqarzni qanday olish mumkin?

Mikroqarzni qanday olish mumkin?

Bugungi kunda nafaqat banklar tomonidan, balki mikrokredit tashkilotlaridan ham mikroqarz rasmiylashtirish mumkinligi haqida xabaringiz bormi?

Mikroqarz olish uchun Siz murojaat qilmoqchi bo‘lgan tashkilotni tanlab, bank yoki mikrokredit tashkilotiga quyidagilarni taqdim etishingiz kerak:

- mikroqarz olish uchun ariza;

- shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport/ identifikatsiya ID-kartasi/ yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi/ harbiy bilet);

- faoliyat va daromad haqida maʼlumotlarni o‘z ichiga olgan hujjatlar.

Qaysi holatlarda mikroqarz ajratish bo‘yicha ijobiy qaror qabul qilinadi:

- ijobiy kredit tarixi;

- doimiy daromad manbaining mavjudligi;

- yetarli taʼminotni taʼminlash;

- kerakli hujjatlarni to‘liq taqdim etish.

Shuningdek, ayrim tijorat banklarining mobil ilovalari orqali masofadan turib onlayn mikroqarz rasmiylashtirish ham mumkin. Quyidagi qaysi banklar tomonidan onlayn mikroqarz rasmiylashtirish bo‘yicha ro‘yxat ilova qilamiz.

Bank nomi

 

Mikroqarz miqdori

Foizi

 

Muddati

 

Ipoteka-Bank 

24.5 mln.so‘mgacha  

23 foiz

24 oy

Sanoatqurilishbank

24.5 mln. so‘mgacha

23 foiz

12 oy

Mikrokreditbank

Shartnomaga asosan

24 foiz

3 oy

Trastbank

10 mln.so‘mgacha

25 foiz

12 oy

Davrbank

25 mln. so‘mgacha

26.99 foiz

36 oy

Aloqabank

2.45 mln. so‘mgacha

26.9 foiz

1 oy

Agrobank

5 mln. so‘mgacha

26.99 foiz

1 yil

TBC bank

20 mln.so‘mgacha

29 foiz

36 oy

Ravnaqbank

30 mln.so‘mgacha

30 foiz

12 oy

Orientfinansbank

15 mln.so‘mgacha

30 foiz

12 oy

Ipak yo‘li banki

24.5 mln.so‘mgacha

34.9 foiz

1 yil

Xususan, mikroqarz ajratuvchi kredit tashkilotlari nomi va manzillari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar hamda barcha tijorat banklari tomonidan ajratilayotgan mikroqarzlar bo‘yicha maʼlumotlar depozit.uz saytining “Mikroqarzlar” sahifasida tanishishingiz mumkin.

 Manba

 Teglar

Kreditlar
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish