Top.Mail.Ru

Ipoteka krediti

Depozit.uz yordamida siz eng yaxshi va eng past foizli ipoteka krediti tanlashingiz mumkin. Boshlang'ich to'lovsiz, yangi uy uchun, remont uchun, ikkilamchi bozorga beriladigan barcha ipoteka kreditlari bir joyda, solishtiring, tanlang va buyurtma bering.

Подобрано 58 кредитов
Biznesni rivojlantirish banki
Foiz
17%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Orient Finans Bank
Foiz
0%
Kredit summasi
500 mln. so'mgacha
Muddat
3 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Turonbank
Foiz
16.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
O'zsanoatqurilishbank
Foiz
16.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Agrobank
Foiz
17%
Kredit summasi
309.4 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
O'zmilliybank
Foiz
17%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Asakabank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Asia Alliance Bank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Mikrokreditbank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Aloqabank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Hamkorbank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ipoteka-bank
Foiz
17.5%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Xalq banki
Foiz
18%
Kredit summasi
420 mln. so'mgacha
Muddat
20 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Tenge Bank
Foiz
23.9%
Kredit summasi
820 mln. so'm
Muddat
15 yilgacha
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy),
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ipak Yo'li Banki
Foiz
24%
Kredit summasi
800 mln. so'mgacha
Muddat
7 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Poytaxt Bank
Foiz
25%
Kredit summasi
Shartnomaga asosan
Muddat
10 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Ziraat Bank Uzbekistan
Foiz
25.5%
Kredit summasi
150 mln. so'mgacha
Muddat
3 yilgacha
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy)
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Davr-bank
Foiz
28.5%
Kredit summasi
1.5 mlrd. so'mgacha
Muddat
7 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy),
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish
Universal bank
Foiz
36%
Kredit summasi
102 mln. so'mgacha
Muddat
3 yil
Ta'minot turi
Mol-mulk garovi (sotib olinayotgan uy),
Kafillik,
Sug’urta polisi
Ma'qullanish ehtimolini bilish

Ipoteka kreditlari to'g'risida fikrlar

5
Star Star Star Star Star

HAFIZAXON

Ipoteka kredit

Turmush oʻrtogʻim uzavtoda ishlaydi o'zim hozir tug'ruq ta'tiliga chiqqanman subsidiya chiqqan may oyida uy olishimizda yordam bering

5
Star Star Star Star Star

HAFIZAXON

Ipoteka kredit

Turmush oʻrtogʻim uzavtoda ishlaydi o'zim hozir tug'ruq ta'tiliga chiqqanman subsidiya chiqqan may oyida uy olishimizda yordam bering

5
Star Star Star Star Star

Замира Ниязова

Ipoteka krediti

Ikki kun avval koll centrga murojaat qilgandim, xushmuomalalik bilan ipoteka krediti haqida tushuntirib berishdi

Banklar haqida fikr-mulohazalaringizni qoldiring va bank xizmatlarini yaxshilashga hissa qo'shing

Depozit.uz Yangiliklari

Nimalarni bilish muhim

O'zbekistonda ipoteka kreditlari

Ipoteka asoslari: kredit olishdan oldin bilish kerak bo'lgan barcha jihatlar

Ipoteka nima? Ipoteka - bu ko'chmas mulk sotib olish uchun bankdan olinadigan va shu mulk bilan ta'minlangan qarz mablag'lari.

Odatiy kreditlardan farqli o'laroq:

  • ipoteka pastroq foiz stavkasi bilan uzoqroq muddatga berilishi mumkin;
  • qarz oluvchi sifatida shartlarga javob bergan holda ipoteka bo’yicha davlat tomonidan beriladigan subsidiyalar va imtiyozli dasturlardan foydalanish mumkin.

 

Ipoteka haqida nimalarni bilish kerakligini batafsil ko'rib chiqamiz.

Bankka murojaat qilish va kvartirani qidirishni boshlashdan oldin, ipoteka mablag'lari yordamida ko'chmas mulkni sotib olish qanchalik oqilona yechim ekanligini baholash kerak.

Birinchi navbatda, quyidagi ro'yxat yordamida imkoniyatlaringizni tekshiring:

  1. Yaxshi kredit tarixi: boshqa kreditlar bo'yicha muddati o’tgan to’lovlar bo'lmagan, barcha qarz majburiyatlari o'z vaqtida bajarilgan.
  2. Moliyaviy yukning normal darajasi. O'z daromadingizning 40-50% dan ko'prog'i barcha kreditlar, shu jumladan kelajakdagi ipoteka bo'yicha oylik to'lovlarni amalga oshirishga sarflanishi kerak. Agar bu ko’rsatkich ko'proq bo'lsa, bank, ehtimol, kreditni rad etadi yoki kichikroq miqdorda olishga ruxsat beradi.
  3. Siz sotib olishni rejalashtirgan uy-joy narxining 15% miqdorida dastlabki to'lov uchun jamg'arma mavjud. Dastlabki to‘lovsiz ipoteka olish mumkin emas. Dastlabki to'lov bank uchun qarz oluvchi barcha kredit majburiyatlarini bajarishiga kafolat bo'lib xizmat qiladi.
  4. "Moliyaviy xavfsizlik yostig'i"ngiz mavjud bo'lib, u moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelsangiz yoki ish yo'qotsangiz uch yoki to'rt oylik to'lovlaringizni amalga oshirish uchun yetarlidir.

Agar yuqoridagi fikrlardan birginasiga ham javob salbiy bo'lsa, ipotekaga murojaat qilishdan avval moliyaviy ahvolingizni mustahkamlash uchun chora ko’rish haqida o'ylashingiz kerak. Birinchidan, bu bankning rad etish ehtimolini kamaytiradi va qulay ipoteka kreditini olishga yordam beradi. Ikkinchidan, kelajakda iqtisodiy beqarorlik paytida sizni himoya qiladi.

Ipotekani kimlar olishi mumkin?

18 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan fuqarolar ipoteka olishlari mumkin (ba'zi banklarda 21 yoshdan).

Potentsial qarz oluvchi uchun quyidagilar muhim:

  • • barqaror daromad va oxirgi ish joyidagi ish staji;
  • • kredit tarixi;
  • • salomatlik holati;
  • • oilaviy ahvol.

 

Shundan kelib chiqqan holda, bank ipoteka krediti berilishi imkoniyati, uning miqdori va muddati to'g'risida qaror qabul qiladi. Har bir bankning qarz oluvchilar uchun o'z talablari bor, ular bilan oldindan tanishish kerak.

Kreditni qancha miqdorda olish mumkin?

Ipotekaning mumkin bo'lgan maksimal miqdori bank tomonidan arizachining daromadi va moliyaviy yuk darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha imtiyozli stavkali ipoteka kreditining summasi quyidagilardan iborat:

  • • Toshkent shahri uchun 416,50 million so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda;
  • • Qoraqalpog‘iston Respublikasi va boshqa viloyatlar uchun 327,25 mln.so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda.

 

Ipoteka kreditining ruxsat etilgan maksimal miqdori uy-joy sotib olish uchun yetarli bo'lmasa, qanday qilib imtiyozli stavka bo'yicha ipoteka olish mumkin?

Ba'zi banklarda davlat dasturlarining imtiyozli shartlari va banklarning standart shartlari yoki ishlab chiqaruvchining takliflarini o'z ichiga olgan birlashtirilgan ipoteka olish mumkin. Masalan, Orient Finans Bankda bu kabi ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin. Bunda, 416,5 million so‘mgacha bo‘lgan kredit miqdori uchun foiz stavkasi imtiyozli ipoteka bo‘yicha hisoblanadi, qolgan qismi uchun esa bankning tijorat stavkasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

Ipoteka kreditini qancha muddatga olish foydaliroq?

Aksariyat banklar 20 yilgacha bo'lgan ipoteka kreditlarini taklif qiladi. Kredit muddati qanchalik uzoq bo'lsa, oylik to'lov shunchalik past bo'ladi, lekin foizlar bo’yicha qo’shimcha to'lov shunchalik yuqori bo'ladi.

Biroq, bu yerda foyda mavhum tushuncha bo'lib, u har bir qarz oluvchining joriy moliyaviy imkoniyatlari bilan belgilanadi.

  • • Agar siz katta har oylik to'lovga tayyor bo'lsangiz, yetti yildan sakkiz yilgacha ipoteka oling.
  • • Agar unday bo'lmasa, qulay to'lov bilan uzoqroq muddatga ipoteka olishingiz kerak. Sizning daromadingiz oshgani sayin, siz asosiy qarzni muddatidan oldin to’lashingiz mumkin bo'ladi va natijada foiz to'lovlari kamayadi.

 

Agar imtiyozli past foizli ipoteka haqida gapiradigan bo'lsak, 20 yillik muddat bu juda oqilona davrdir.

Dastlabki to'lov talab qilinadimi?

Ko'pchilik dastlabki to'lovsiz ipoteka krediti bilan kvartira sotib olish mumkinmi, degan savolga qiziqadi. Yo’q, mumkin emas. Ipoteka uchun dastlabki to'lov talab qilinadi. Agar moliyaviy ahvolingiz imkon bersa, iloji boricha ko'proq dastlabki to'lovni amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu bank tomonidan qulayroq kreditlash shartlari taklif qilinishiga asos bo’ladi.

Ipoteka bilan qanday ko'chmas mulk sotib olish mumkin?

Eng mashhur savollardan biri: Men dala hovli sotib olish uchun ipoteka olmoqchiman, bu mumkinmi?

Ipoteka krediti bilan siz nafaqat yangi yoki ikkilamchi uy-joy, balki xususiy uy ham sotib olishingiz mumkin. Biroq, bu tanlangan kredit dasturiga, shuningdek, har bir bankning shartlariga bog'liq.

Avval nima qilish kerak: uy-joy qidirish yoki bankka murojaat qilishmi?

Avvalo, qancha miqdorda kredit olishingiz mumkinligi, daromadingizning yetarliligi, dastlabki to'lovning taxminiy miqdori, kelajakdagi ipoteka bilan bog’liq xarajatlar va hokazolarni tushunish uchun bankdan maslahat olish tavsiya etiladi. Shundagina siz o'zingizga ham, bank talablariga ham mos keladigan uy-joy variantlarini qidirshingiz mumkin bo’ladi.

Uy-joyni sug'urtalash kerakmi?

Ipoteka krediti hisobiga ko’chmas mulk sotib olayotganda uy-joy sug'urtasi majburiy shartdir. Bu ham bank uchun o'ziga xos kafolatdir, chunki siz ipotekani to'liq to'lamaguningizcha mulk unga garovda bo'ladi.

Shunday qilib, ipoteka krediti bilan bog’liq mavzusini hali uzoq davom ettirish mumkin, chunki ipoteka kreditining ko’p jihatlari va xususiyatlari mavjud. Ko'plab fuqarolar uchun ipoteka krediti uy-joyga ega bo’lishning yagona imkoniyatidir. Shuning uchun ipotekadan qo'rqmang – kredit olishga to’g’ri yondashgan holda, ya’ni uning barcha nuanslarini hisobga olib va o'z imkoniyatlaringizni haqiqatan to’g’ri baholagan holda ipoteka kreditini rasmiylashtirishingiz, uy-joyga ega bo’lishingiz va kreditni to’liq va o’z vaqtida qaytarishingiz mumkin.

Ikkilamchi bozordan uy-joyni ipoteka krediti bilan sotib olishning o'ziga xos xususiyatlari

Banklarning ipoteka dasturlari ikkilamchi bozorda ham uy-joy sotib olish imkonini beradi. Bu shaxsiy uy-joy sotib olishning qulay va hamyonbop usulidir.

Ipoteka sotib olinayotgan uy-joy garovi ostida kredit berilishini nazarda tutadi. Bank ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka krediti ajratishi uchun mijoz ob'yektni tanlash va hujjatlarni tayyorlashga mas'uliyat bilan yondashishi kerak. Ikkilamchi bozorda kvartira sotib olish birlamchi bozordagi bitimdan farq qiladi. Nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida bugungi maqolamizda tanishamiz.

Ikkilamchi uy-joy nima?

Ikkilamchi uy-joy bozori tarkibiga shaxsiy egasi bo'lgan har qanday uy-joy kiradi. Bunda uy egasi shu uyda yashashi yoki yashamasligi muhim emas. Uy-joy foydalanishga topshirilishi va uy egasining mulk huquqi ro'yxatdan o'tkazishi bilan uy-joy avtomatik ravishda ikkilamchi uy-joy fondiga o'tkaziladi va bu holda sotuvchi bo’lib bevosita uy egasi – jismoniy shaxs hisoblanadi. 

Ikkilamchi ipotekaning qanday afzalliklari bor?

Birlamchi va ikkilamchi bozorlar uchun ipotekani taqqoslasak, ikkilamchi uy-joyning bir qator afzalliklari namoyon bo'ladi:

  • oldi-sotdi kelishuvi amalga oshirilganidan so'ng darhol yangi kvartiraga ko'chib o'tish imkoniyati;
  • Hududning yo‘lga qo‘yilgan infratuzilmasi, yaqin atrofdagi bolalar bog‘chasi, maktab yoki poliklinika qurilishi tugashini kutishga hojat yo‘q.
  • Ikkilamchi uy-joyning kvadrat metri narxi odatda pastroq bo'ladi, kvartiralarning o'zi kichikroq maydonga ega bo'ladi. Agar oilaviy daromad yangi qurilgan uylardagi katta kvartira uchun ipoteka olish imkonini bermasa, ikkilamchi kvartirani sotib olish juda to’gri yechim bo'ladi.
  • Kvartirani sotib olgandan so'ng, darhol ta'mirlash ishlarini boshlash mumkin.
  • Uzoq muddatli qurilish va ishlab chiqaruvchi tomonidan loyihani yakunlash muddatini uzaytirilishi bilan bog'liq muammolar bo’lmaydi.

 

Ikkilamchi uy-joy uchun ipotekaning kamchiliklari nimada?

Albatta, ikkilamchi uy-joylarning kamchiliklari bor, ular orasida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:

  • Ehtiyotkorlik bilan tekshirishni talab qiladigan kvartiraning tarixi. Ikkilamchi uy sotib olishda uchinchi shaxslarning manfaatlari bilan bog’liq holatlar ko’p uchraydi, natijada bunday uy-joyning sotilishi jarayoni sudgacha borishi va xaridor uysiz va to'lanmagan ipoteka bilan qolishi ham mumkin.
  • Ikkilamchi kvartirani sotib olishda imtiyozli ipoteka olish imkoniyati cheklangan, chunki ajratilgan limit tugashi bilan ikkilamchi uy-joy uchun imtiyozli ipoteka krediti berilishi to'xtatiladi. Umuman olganda ham, ikkilamchi bozor bo'yicha ipoteka foiz stavkalari birlamchiga qaraganda yuqoriroq bo'lishi mumkin.
  • Ikkilamchi ko'chmas mulk bozorida kvartiralarni tanlovi cheklangan. Mos kvartirani tez topish imkoniyati deyarli yo’q.
  • Ko'p hollarda ikkilamchi uylarda noqonuniy o'zgartirishlar amalga oshiriladi. Agar bu narsa oldindan ma'lum bo'lsa yaxshi, ammo agar bunday ma'lumot kvartirani tekshirish paytida aniqlansa, ipoteka krediti rad etilishiga sabab bo’lishi mumkin.

 

Ikkilamchi uyni ipoteka bilan sotib olayotganda nimalarni e'tiborga olish kerak?

Uy-joyni tanlashda quyidagilarni tekshirish kerak:

  1. Mulkka egalik qilish bo’yicha hujjatlar. Depozit qo'yish yoki biron bir kelishuvni amalga oshirishdan oldin sotuvchidan mulk guvohnomasini so'rang. U haqiqiy egasi kim ekanligini va qanday asosda mulk huquqi paydo bo'lganligini ko'rsatadi. Pasport ma'lumotlarini hujjatda ko'rsatilganlar bilan diqqat bilan solishtiring.
  2. Davlat kadastr reyestridan ko‘chirma. Ushbu hujjat sizga kvartiraning tarixi haqida ma'lumot beradi: u necha marta sotilgan, arestga olinganmi, ta’qiq qo’yilganmi va boshqalar.
  3. Kvartiraning holati va tartib o’zgartirilganligi. Sotuvchidan kadastr pasportini so'rang. Hujjatdagi sxemani haqiqiy tartib bilan solishtiring. Agar arxitektura bo'limining ruxsatisiz biron bir o'zgartirish kiritilgan bo'lsa, bu ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanadi. Sotish va qayta ro'yxatdan o'tkazishda muammolar paydo bo'ladi.
  4. Uy kitobidan ko'chirma. Hujjatda kvartirada qancha odam ro'yxatga olinganligi va voyaga yetmagan bolalari bor-yo'qligi ko'rsatiladi. Kvartirani sotishda sotuvchi turmush o'rtog'ining notarial tasdiqlangan roziligini taqdim etishi kerak.

Kvartiraga qo'yiladigan talablar

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka berishda banklar mulkka bir qator talablarni qo'yadilar. Ko'chmas mulk shubhali hisoblanadi, agar u:

  • ko'p marta sotilgan yoki oxirgi bir yilda 2 martadan ortiq oldi-sotdi qilingan bo’lsa;
  • bir necha shaxslarga tegishli bo'lsa;
  • buzish, rekonstruksiya qilish uchun mo‘ljallangan yoki avariyaviy holatda bo’lsa.

 

Ipoteka kreditlari faqat butun mamlakat bo‘ylab shahar va qishloqlardagi turar-joy ko‘chmas mulkiga beriladi.

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka olish bosqichlari

Ikkilamchi bozorda uy sotib olish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:

Kvartira tanlashdan boshlab yangi uy egasiga aylanishgacha bo'lgan standart jarayon bir necha bosqichlardan iborat:

  1. 1. Banklarning ipoteka takliflarini tahlil qilish, kredit muddati va foizlarni hisobga olgan holda oylik xarajatni belgilash. Boshqacha qilib aytganda, ushbu bosqichda siz bankni va tegishli shartlarga ega ipoteka dasturini tanlaysiz.
  2. 2. To'ldirilgan ariza shaklini bank filialiga topshiring.
  3. 3. Kvartirani tanlang.
  4. 4. Mol-mulkni bank bilan kelishilgan holda mustaqil ekspert bilan baholang.
  5. 5. Hujjatlar to'plamini bankka topshiring.
  6. 6. Ob'yektning bank tomonidan tasdiqlanishini kuting.
  7. 7. Oldin-sotdi shartnomasini tuzing va boshlang’ich to’lovni o'tkazing.
  8. 8. Ipoteka shartnomasini imzolang.
  9. 9. Kvartiraga egalik huquqini ro'yxatdan o'tkazing.
  10. 10. Uy-joyni qabul qilish dalolatnomasini imzolash orqali bitimni tasdiqlang va xonadon egasiga aylaning.

Bank egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatni olganida, sotuvchi hisob raqamiga pul o’tkazib beradi.

Har bir bosqich qancha davom etishi bankka, sotuvchiga, xaridorga va boshqa barcha ishtirokchilarga bog'liq. O'rtacha, bu jarayon bir oy davom etadi.

Ikkilamchi uy-joy uchun ipoteka olish uchun hujjatlar

Ipoteka krediti shartnomasi qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida bank tomonidan tuziladi. Shaxsiy hujjatlarga qo'shimcha ravishda quyidagilarni taqdim etish kerak:

  • • birgalikda qarz oluvchi va kafilning pasporti, daromadlari to‘g‘risidagi guvohnomalari, agar ular kreditda ishtirok etgan bo‘lsa;
  • • sotuvchining pasporti, uning oila tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma, turmush o‘rtog‘ining kvartirani sotishga roziligi;
  • • mulkchilik guvohnomasi va uni tasdiqlovchi hujjat (oldi-sotdi, meros, hadya shartnomasi), davlat kadastr reestridan ko‘chirma;
  • • BTIdan va kommunal to'lovlar bo'yicha qarzlar yo'qligi to'g'risidagi ma'lumotnomalar, uy-joy uchun kadastr pasporti;
  • • oldi-sotdi shartnomasi;
  • • kvartirada og'irliklar yo'qligini tasdiqlash;
  • • baholash ekspertizasining xulosasi.

 

Ikkilamchi bozorda kvartira sotib olayotganda, javobgarlikning katta qismi qarz oluvchiga tushadi. U sotuvchini va mulkning qonuniy tomondan tozaligini diqqat bilan tekshirishi kerak. Agar sotuvchi firibgar bo'lib chiqsa, qarz oluvchi uysiz qoladi, kredit to'lovlarini esa davom ettirishi kerak bo'ladi.

Qurilish va ta'mirlash uchun ipoteka kreditlari

Ta'mirlash va qurilish – bu ko'p mablag' talab qiladigan qimmat ish, biroq bu ishni kredit hisobiga amalga oshirish oilaviy byudjet uchun haqiqiy yengillikdir.

Kreditdan foydalanib, katta harajatlarsiz ta'mirlash ishlarini amalga oshirib, olingan mablag'ni esa asta-sekin qaytarish mumkin. Zamonaviy dunyoda bu qulay va oqilona yechimdir!

Uy qurish yoki uni ta'mirlash uchun foydali kreditni qanday tanlash mumkin?

Uy-joy qurish va ta’mirlash uchun maqsadli ipoteka krediti ko'chmas mulk garovi asosida beriladi. Bunday kreditlarning foiz stavkasi kreditlash dasturi shartlariga bog'liq, imtiyozli kreditlar uchun foiz stavkasi ancha past, ammo ular bo’yicha bir qator shartlar mavjud, masalan, Toshkent shahrida qurilish yoki ta'mirlash uchun bunday kredit berilmaydi.

Qurilish yoki ta'mirlash uchun ipoteka krediti ob'ektni qurish yoki kapital ta'mirlash zarur bo'lganda, shuningdek, qurilishning yakuniy bosqichida ham olinishi mumkin. Qoidaga ko’ra, ipoteka krediti doirasida qurilish ishlari mustaqil ravishda amalga oshirilmaydi. Bunday holda, pudratchiga murojaat qilish kerak bo'ladi.

Ta'mirlash va qurilish ishlarini olib boradigan qurilish kompaniyasi bilan shartnoma qilinadi, shuningdek, kelajakdagi kredit miqdorini hisoblash uchun bankka smeta taqdim etiladi.

Kredit pullaridan maqsadli foydalanish kreditorga moliyaviy hujjatlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi.

O'zingiz uchun kreditning aniq afzalliklarini tushunish uchun qarz oluvchi quyidagilarni o’zi uchun aniqlab olishi kerak:

  • kreditning yakuniy maqsadi nima - kosmetik yoki kapital ta'mirlash, uy qurish yoki minimal miqdorda qurilish materiallarini sotib olish, kommunikatsiyalarni o'rnatish.
  • qancha miqdorda va qancha muddatga kredit kerak.
  • kredit ta’minotiga qanday talablar mavjud. Garov qarz beruvchining talablariga javob beradimi?
  • ta'mirlash va qurilish ishlari qanday amalga oshirilishi (qarz oluvchi, boshqa jismoniy shaxslar yoki qurilish kompaniyalari tomonidan).
  • bajarilib bo’lgan ishlar bo'yicha bankka moliyaviy hujjatlarni taqdim etish imkoniyati mavjudmi.

 

Qarz oluvchi nimalarni bilishi muhim, yoki "Kreditning tuzoqlari"

Qurilish yoki ta'mirlash uchun ipotekani tanlashda quyidagi jihatlarni hisobga olish kerak:

  1. banklar smeta bo’yicha yoki garov ob'yektini baholash bo'yicha ishlarning qiymatidan 100% miqdorda mablag’ ajratmaydi. Qarz oluvchi dastlabki to'lov uchun mablag’lari mavjudligini tasdiqlashi kerak. Uning hajmi qarz beruvchining shartlariga bog'liq bo’ladi.
  2. ko'p hollarda kredit bir vaqtning o'zida emas, balki har bir oldingi pul oqimidan maqsadli foydalanish tasdiqlangandan so'ng bir necha transhlarda beriladi.
  3. barcha yer uchastkalari kredit mablag'lari hisobidan uy qurish uchun ham mos kelmaydi.
  4. ko'pgina banklar ta'mirlash va qurilish ishlarini hamkorlik shartnomalari tuzilgan aniq pudratchilar bilan amalga oshirishni talab qiladi. Shunday orqali banklar o'zlarining risklarini minimallashtiradi, chunki bunday kompaniyalar banklar tomonidan sinalgan bo’ladi. Qarz oluvchi uchun buning afzalligi - bu ishonchlilik, chunki qurilish kompaniyasi kreditor tomonidan tekshirilgan. Salbiy tomoni shundaki, tanlov imkoniyati yo'q, bunday tashkilotlarning narxi boshqalarnikidan yuqori bo'lishi mumkin.

Agar barcha shartlar bajarilsa, ta'mirlash va qurilish uchun foydali kredit olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Banklarning talablari bir-biridan farq qilishi mumkin, ular haqida batafsil Depozit.uz saytida tanishishingiz mumkin.

Ipoteka kreditini qanday tanlash mumkin?

Ipoteka kreditini qanday tanlash mumkin?

Biroq bu haqiqatdan yiroqdir, chunki past stavka ko'pincha cheklangan ipoteka miqdorini, xususan, imtiyozli ipoteka kreditlari bo’yicha, shuningdel qisqa muddat yoki katta dastlabki to'lovni anglatadi. Demak, eng past foiz stavkasini qidirish har doim ham to'g'ri tanlov emas.

Ipoteka kreditini tanlashda:

1. Avval siz kvartirani qayerdan sotib olishni aniqlab olishingiz kerak: yangi qurilgan uydan yoki ikkilamchi bozordan. Ushbu tanlov qaysi ipoteka dasturini tanlashni aniqlab beradi. Yangi qurilgan uylardan ko'chmas mulk sotib olish uchun kredit stavkalari davlat dasturlari tufayli pastroq. Ikkilamchi uy-joy uchun imtiyozli kreditlar esa noma'lum muddatga to'xtatilgan.

2. Imtiyozlarga, xususan, dastlabki to'lov va foiz to'lovlarini qisman qoplash uchun subsidiyalarga muvofiqligingizni tekshiring.

3. Qancha miqdorda kredit olmoqchiligingizni aniqlab oling. Har bir bankning kredit miqdori bo’yicha cheklov bor. Ba'zilari 1 milliard so'mgacha, boshqalari esa 416,5 million so'mgacha ko'chmas mulk sotib olish uchun ipoteka beradi. Katta miqdordagi ipoteka faqat banklarning o'z mablag'lari hisobidan va tijorat shartlarida beriladi. Miqdor o'sishi bilan bankning risklari ham ortadi. Kreditning qaytarilishini kafolatlash uchun bank sotib olingan mol-mulk ko'rinishidagi garovni, ba'zan esa birgalikda qarz oluvchilar yoki kafillarni taqdim etishni talab qiladi. Yoki sizning qarz yukingiz ipotekani hisobga olganda 50% dan ortiq bo'lsa, u sizga kerakli kredit miqdorini umuman tasdiqlamasligi ham mumkin. Shuni ham hisobga olish kerakki, ipoteka uchun ariza berishda ko'chmas mulkni baholash va sug'urta qilish uchun qo'shimcha xarajatlar ham bo’ladi.

4. Bankni tanlang. Ish beruvchingizga xizmat ko'rsatadigan ish haqi loyihasi bo’yicha bankining shartlarini o'rganing. Kreditorlar odayda o'z mijozlariga yanada qulay shart-sharoitlarni taklif qilishadi.

5. Dastlabki to‘lov miqdorini solishtiring. Har bir bankning o'zi minimal to'lov miqdorini belgilaydi. Davlat dasturlari bo’yicha yangi uylarni sotib olish uchun 15% dan, boshqa ipoteka kreditlari uchun 20% dan past bo'lmasligi kerak. Boshlang'ich to'lov qanchalik katta bo'lsa, bankdan olinadigan qarz mablag’lari shunchalik kam bo’ladi, natijada bankka qaytariladigan ortiqcha to'lov miqdori ham kamayadi.

6. Kredit muddatini tanlang. Ipoteka muddatidan to'lov jadvali va undagi oylik to’lovlar miqdori kelib chiqadi. To'lov muddati qanchalik uzoq bo'lsa, oylik to'lovlar shunchalik kam bo'ladi, lekin ortiqcha to'lov shunchalik ko'p bo'ladi. Bu holda to'lovlarning davomiyligi va miqdori o'rtasidagi optimal nisbatni tanlash maqsadga muvofiqdir.

7. Oylik to'lovni hisoblang. Bankni tanlab, foiz stavkalari, muddat va dastlabki to'lov bo'yicha takliflarni o'rganib chiqqaningizdan so'ng, har xil hollarda oylik to'lovingiz qancha bo'lishi mumkinligini hisoblang. Buni kredit kalkulyatori yordamida amalga oshirishingiz mumkin.

8. Quruvchilar takliflarini solishtiring. Bozorda odatiy takliflardan tashqari, qurilish kompaniyalarining ipoteka dasturlari ham mavjud. Ular yangi uylar uchun imtiyozli ipoteka asosida, shuningdek, o'zlarining alohida shartlari asosida ishlab chiqilishi mumkin. Bunday takliflar qarz oluvchi qisqa muddatda uy-joy uchun to’lovni amalga oshirishni rejalashtirgan va ko’proq miqdorda oylik to'lov qilishga tayyor bo'lgan hollarda tavsiya etiladi, chunki qurilish kompaniyalari asosan uylarini muddatli to’lov asosida sotadi. Bunda asosiy afzallik shundaki, uy-joyni dastlabki to'lovsiz va qo’shimcha to'lovlarsiz sotib olish mumkin.

9. Shartnoma shartlariga qat'iy rioya qiling. Bank taklifini tanlagandan so'ng, hujjatlarni bankka taqdim etish va tanlangan yashash maydonini sotib olish mumkin. Undan so’ng to'lov muddati keladi, uning davomida kreditni o’z vaqtida va to’liq to'lab borish kerak. Bankka pul to’liq qaytarilmagunicha, bankning roziligisiz uy-joyni ijaraga berish, almashtirish, hadya qilish yoki sotish mumkin emas.

Ushbu parametrlarning barchasini ko'rib chiqing - ularning har biri sizning foydangizga ta'sir qiladi. Sotib olingan kvartira uy-joy muammosini hal qiladi va hayotingizni yanada qulay qiladi.

Ipoteka krediti bo'yicha eng dolzarb savollarga javoblar

1. Banklar ipoteka kreditlarini qancha muddatga beradi va u nimaga bog'liq?

O‘zbekistonda banklar ipoteka kreditlarini 20 yilgacha muddatga beradi. Hammasi oylik to'lovlar miqdoriga bog'liq. Muddati qanchalik qisqa bo'lsa, to'lov shunchalik yuqori bo'ladi va aksincha. Ammo siz to'lov jarayonida kreditni muddatidan oldin to'lashingiz mumkin - qisman yoki to'liq.

2. Ipoteka bo'yicha oyiga qancha to'lash kerakligini qanday aniqlas mumkin?

Bu dastlabki to'lov, foiz stavkasi, kredit miqdori va muddatiga bog'liq. Agar sizda ushbu ma'lumotlar bo'lsa, taxminiy oylik to'lovni hisoblash uchun istalgan ipoteka kalkulyatoriga ularni kiritib hisoblashingiz mumkin. Biroq aniq miqdor va to’lovlar jadvalini faqat bankdan olish mumkin.

3. Bank ipotekani tasdiqlashi yoki rad etishi nimalrga bog’liq?

Banklar har doim mijozning kredit tarixiga qaraydi: banklardan qancha kredit olingan, qancha miqdorda va o'z vaqtida to'langanligi tekshiriladi. Agar muddati o’tgan to’lovlar bo'lsa, bu ipotekani rad etish uchun asosiy sabab bo’ladi.

Bundan tashqari, tasdiqlash ehtimolini oshirish uchun rasmiy daromadga ega bo'lish muhimdir: ish haqi, pensiya, ijara mulkidan daromad, biznesni yuritishdan tasdiqlangan daromad. Bunday qarz oluvchilar bankka ko'proq ishonch uyg'otadi, chunki ular shaffof pul topadilar.

Bank shuningdek, kredit normal turmush tarzini saqlab qolishga xalaqit bermasligiga ishonch hosil qilishi kerak. Ipoteka to'lovlari daromadning 40-50% ga teng bo'lishi kerak.

Bundan tashqari, barcha banklar mijozlarning ish staji muddati va yoshi kabi ikkilamchi omillarni ham ko'rib chiqadi. Oxirgi ish joyidagi ish staji kamida olti oy bo'lishi va yoshi 65 yoshdan oshmasligi ma'qul.

4. Rasmiy daromad bo'lmasa, banklar ipoteka beradimi?

Norasmiy daromad - bu soliqqa tortilmaydigan har qanday daromad. Qarindoshlardan pul o'tkazmalari yoki o'z-o'zini qilishdan olingan pul. Ipoteka olish imkoniyati bor, lekin kamroq. Agar ipoteka tasdiqlansa ham, shartlar qat’iyroq bo’ladi – dastlabki to'lov 50% gacha yetishi mumkin va kredit so'ralgan miqdor berilmasligi mumkin.

5. Agar o'z daromadingiz kreditning kerakli miqdori uchun yetarli bo'lmasa, nima qilish mumkin?

Mavjud kredit miqdorini oshirish uchun siz o'zingizning yaqin qarindoshlaringiz orasidan birgalikda qarz oluvchi sifatida jalb qilishingiz mumkin, ularning daromadlari ham to'lov qobiliyatini tahlil qilishda hisobga olinadi. Qarz oluvchi bilan birgalikda 3-4 kishining daromadini hisobga olish mumkin.

6. Bir vaqtning o'zida ikkita ipoteka olish mumkinmi?

Ipoteka kreditlari uchun davlat dasturlariga ko'ra, joriy ipoteka krediti yo'qligi talabi mavjud. Banklarning tijorat takliflariga ko'ra, bu talab mavjud emas, ya'ni bir vaqtning o'zida bir nechta ipotekaga ega bo'lish taqiqlanmagan. Asosiysi, ipoteka to'lovlarini o'z vaqtida amalga oshirish uchun yetarli daromadga ega bo'lish kerak.

7. Agar qarz oluvchi kreditni to'lay olmasa, kvartiraga nima bo'ladi?

Kvartira garov predmeti bo'lsa-da, bank kvartirani olib, sizni ko'chada qoldirishga haqli emas. Bunda kvartira sud qarori bilan ochiq kimoshdi savdosida bozor narxida sotiladi. Kvartirani sotishdan tushgan pul birinchi navbatda kreditni to'lash uchun sarflanadi, qolgan summa mijozga qaytariladi. Ko'chmas mulk narxlari doimiy ravishda o'sib bormoqda, shuning uchun siz qarzdor bo'lib qolsangiz ham, bu kvartiraning narxi siz kredit olganingizdagiga nisbatan sezilarli darajada oshishi bilan bog'liq bo'ladi. Agar siz kvartirangizni kim oshdi savdosida sotsangiz ham, siz katta miqdorda pul olasiz. Balki kvartirani sotganingizdan keyin qolgan mablag' sizga oddiyroq uy sotib olishingiz uchun yetarli bo'ladi va siz ko'chada qolmaysiz. Lekin biz eng yomon stsenariy haqida ham gapirishimiz kerak! Birinchidan, kvartira har doim ham jozibali narxga sotilmaydi, chunki har bir bank o'z balansida likvid bo'lmagan mulkni saqlashdan manfaatdor emas. Bunday vaziyatda qarz oluvchi hech narsasiz qolishi mumkin. Ikkinchidan, ipoteka kreditini olishdan oldin, siz ipoteka operatsiyalarining barcha nozikliklari bo'yicha mutaxassis bo'lmagan ko'chmas mulk agenti bilan emas, balki professional ipoteka bo'yicha mutaxassis bilan maslahatlashingiz kerak.

8. Ipoteka bilan qanday qo'shimcha xarajatlar vujudga kelishi mumkin?

Bank foizlari va komissiyalaridan tashqari, agar ular mavjud bo'lsa, bu garovga qo'yilgan ob'yektni sug'urtalashni, ko'chmas mulkni baholashni (ikkilamchi kreditlash uchun) va bitimni notarial tasdiqlashni o'z ichiga oladi.

9. Bankdan ipoteka krediti olish uchun O‘zbekiston fuqarosi bo‘lish shartmi?

Chet el fuqarolari yashash uchun ruxsatnoma olish sharti bilan kredit olish uchun qabul qilinadi.

10. Ipoteka kreditini olish uchun yashash uchun ruxsat/ro‘yxatdan o‘tish kerakmi?

Yo'q, ipoteka kreditini olishda qarz oluvchining ro'yxatdan o'tganligi muhim emas.

11. Ipoteka olishda sug'urta nima uchun kerak?

Banklar tomonidan taklif etilayotgan kreditlash dasturlari garov taʼminotini yoʻqotish va shikastlanish xavfidan majburiy sugʻurtalashni nazarda tutadi. Ipoteka krediti uzoq muddatli kreditdir. Sug'urta sizni va bankni kredit muddati davomida qo'shimcha xavflardan himoya qiladi. Agar sug'urta hodisasi yuzaga kelsa, sug'urta kompaniyasi kreditni to'lash uchun zarur bo'lgan summani bankka o'tkazadi va siz keyingi to'lovlarni amalga oshirish zaruratidan xalos bo'lasiz.

12. Kvartirani o'zim tanlay olamanmi?

Bank ipoteka kreditini olish uchun ariza berishda rieltorlik agentligini majburiy jalb qilish bo'yicha talablarni belgilamaydi, lekin hech bo'lmaganda tajribali ipoteka bo'yicha mutaxassisdan ipoteka kreditlash bozori bo'yicha maslahat olishingizni tavsiya qiladi. Bank xodimlari sotib olingan uy-joyga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazishlari shart.

13. Dastlabki to'lovni to'g'ridan-to'g'ri sotuvchiga to'lash mumkinmi? Agar shunday bo'lsa, bankka ushbu to'lovni qanday tasdiqlash kerak?

Dastlabki to'lovni to'g'ridan-to'g'ri kvartira sotuvchisiga to'lash mumkin. Bunday holda, tranzaktsiya paytida siz to'langan summani (avans) tasdiqlovchi shartnoma, kvitansiya va boshqa shaklda hujjat taqdim etishingiz kerak. Kvartira oldi-sotdi shartnomasida avans to‘lovi shaklida dastlabki to‘lov amalga oshirilganlik fakti aks ettiriladi.

14. Kredit muddati davomida kredit bo'yicha foiz stavkasi bir tomonlama oshirilishi mumkinmi?

Yo'q, bu kredit shartnomasida ko'zda tutilmagan. Aks holda, ushbu qaror sudga shikoyat qilinishi mumkin.

15. Qarindoshlarni ipoteka bilan sotib olingan kvartirada ro'yxatdan o'tkazish mumkinmi?

Kredit mablag'lari hisobidan sotib olingan kvartirada qarz oluvchining oila a'zolari yashash joyi bo'yicha ro'yxatdan o'tishiga ruxsat beriladi. 

16. Kreditga sotib olingan kvartirani ijaraga bersa bo'ladimi?

Ha, agar siz Bankning yozma roziligini olsangiz va ijarachi bilan turar joyni ijaraga olish/ijaraga berish shartnomasi tuzsangiz kvartirani ijaraga berish mumkin,.

17. Agar ipotekaning bir qismi muddatidan oldin to'langan bo'lsa, ipoteka stavkalari o'zgaradimi?

Ipoteka kreditini muddatidan oldin to'lash kredit shartnomasi shartlariga ta'sir qilmaydi, ya'ni kredit shartnomasini tuzish vaqtida amalda bo'lgan shartlar (shu jumladan foiz stavkalari)  kreditning butun muddati davomida amal qiladi. Qisman muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, oylik to'lov miqdori kamayadi. 

18. Qarzni muddatidan oldin to'lash mumkinmi?

Ha, siz kreditni istalgan bankda berilgan paytdan boshlab istalgan vaqtda jarimalar va qo'shimcha to'lovlarsiz muddatidan oldin to'lashingiz mumkin.

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish