Top.Mail.Ru

Qimmatli qog'ozlar - xulosa va tavsiyalar

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish bo'yicha xulosa va tavsiyalarni berib o'tamiz.

Qimmatli qog'ozlar - xulosa va tavsiyalar

Qimmatli qog’ozlarga investitsiya bu passiv daromad bo'lib, investordan qo'shimcha harakatlarni talab qilmaydi. Aksiyalarning yirik paketini sotib olganda esa jismoniy shaxs jamiyat faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi mumkin va aksiyadorlar kengashida ovoz berish huquqiga ega bo’ladi. Aksiyalar sonining ko'payishi bilan bir vaqtda investorning daromadi ham ortadi.

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning bir qator afzalliklari va kamchiliklari mavjud.

Qimmatli qog’ozlarning eng keng tarqalgan turlari – bu aksiya va obligatsiyalardir.

Aksiya - bu mulkdorga aksiyadorlik jamiyati faoliyatidan olingan sof daromadning bir qismini dividendlar shaklida, shuningdek jamiyat tugatilgan taqdirda uning mulkining bir qismini olish huquqini beruvchi qimmatli qog'ozlarning bir turidir.

Obligatsiya - bu emitent (obligatsiyani chiqargan) investordan qarz oladigan qarz qimmatli qog'ozi. Buning evaziga emitent investorga obligatsiya qiymatini (nominal qiymatini) va kelajakda mablag‘lardan foydalanganlik uchun foizlarni ma’lum muddat ichida to‘lashini kafolatlaydi.

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish orqali investor o'z investitsiyasidan foyda olishni kutadi. Qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromad ikki xil bo'lishi mumkin:

  • aktivning o'zi olib keladigan daromad. Bu aksiyalardan olinadigan dividendlar, obligatsiyalardan esa kuponlar bo'lishi mumkin;
  • spekulyativ, ya'ni qimmatli qog'ozni sotib olish va sotish narxi o'rtasidagi farq tufayli olingan daromad.

 

Aksiyalar va obligatsiyalarga investitsiya strategiyalarining asosiy farqi shundaki, aksiyalar katta tavakkalchilik bilan yuqori daromad olishga qaratilgan, obligatsiyalar esa xavfsizroq va oldindan prognoz qilinadigan, biroq kamroq miqdorda daromad olishga qaratilgan.

Qimmatli qog'ozlarga investitsiyalardan olinadigan daromad birinchi navbatda qimmatli qog'ozlar turiga bog'liq. Aksiyalardan daromad aksiyalarni bugun bir narxda sotib olish va ma’lum vaqtdan keyin boshqa narxda sotish orqali shakllanadi. Shuningdek, aksiyalardan olingan daromad dividendlar shaklida ham bo’lishi mumkin, ammo barcha kompaniyalar ham dividend to'lamaydi. Obligatsiyalar bo'yicha daromad esa pulingizni kompaniya yoki davlatga qo'shimcha to'lov bilan qaytarish evaziga qarzga berish orqali hosil bo'ladi.

Tajribasiz investor uchun qimmatli qog'ozlarni o'ylamasdan sotib olish jiddiy xato olib kelishi mumkin. Muayyan kompaniyaning aktivlariga sarmoya kiritishdan oldin uning faoliyatini tahlil qilish tavsiya etiladi. Aksiyalarni tanlashda nimaga e'tibor berish kerakligini bu yerda bilib olish mumkin.

Aksiyalarni quyidagi yo'llar bilan sotib olish mumkin:

  1. O‘zbekiston rasmiy birjasi – Toshkent fond birjasi orqali.
  2. Brokerlar orqali xarid qilish.

Bugungi kunda 35 ta bankdan 16 tasining aksiyalarini Toshkent fond birjasida xarid qilish mumkin. Ular yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan sotib olinishi mumkin.

Birja orqali faqat ikkita bank – Asia Alliance Bank va Kapitalbankning obligatsiyalarini sotib olish imkoniyati mavjud.

Qimmatli qog’ozlarga sarmoya kiritish butun dunyoda keng tarqalgan istiqbolli yo'nalishdir. Asosiysi, aql bilan ish qilish kerak.

22:06 • 15 January, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish