Fond bozorining investitsiya qilish uchun eng jozibador kompaniyalaridan biri bu O’zbekiston Metarllugiya Kombinatidir.
Hozirgi kunga kelib bu kompaniya aksiyalari yilning boshiga nisbatan 142.43% ga va o’tgan yilning shu davriga nisbatan 207.70% ga o’sdi. Bu ko’tarilishning asosiy sababi qilib kompaniyaning 2021-yil 2-chi kvartali bo’yicha moliyaviy natijalari juda ham ko’rsatkichlarni qayd etganidir. Ya’ni kompaniyaning 2021-yil 2-chi kvartaliga kelib ko’rsatgan 808.21 mlrd so’mlik sof foydasi 2020-yilning mos davriga nisbatan 766.7% ga ko’p va butun 2020-yil davomidagi sof foydadisan esa 266.9% ga ko’pdir.
Kompaniya aksiyalari narxi shunchalik ko’tarilgan bo’lsa ham investitsiya qilishga hali ham kech emas. Chunki kompaniya 2026-yilgacha jami bo’lib 600 mln AQSh dollaridan ko’p miqdorda kapital xarajatlar qiladi. Bu esa bugungi kundagi kompaniyaning bozor narxi 300 mln AQSH dollariga teng bo'lgan bo'lib, agar kompaniyaga qo’shimcha yana 600 mln AQSh dollaridan ortiq summa investitsiya qilinsa, kompaniyaning narxi ham shuncha miqdorga oshishi kerak. Bizning analizlarimizga va konservativ ssenariyga ko’ra bugungi kundagi bir dona aksiyasining narxi 80 000 so’m bo’lib uning o’sish potensiali 138 006 so’mgachadir va bu narx uning eng yuqori cho’qisi emas, narx 200 000 mingdan ham oshib ketishi mumkin.
Bundan tashqari fond bozorida O’zbekistoning eng yirik sement ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Qizilqumsementning ham aksiyalari Bugungi kunga kelib eng invest jozibador qimmatli qog’ozlardan biridir. Zavod 2020-yil yakunlari bo’yicha jami 3.6 mln tonna sement ishlab chiqardi va bu esa O’zbekistondan ishlab chiqarilgan jami sementning 29% idir. Bundan tashqari zavod hozirda yangi 4-ishlab chiqarish liniyasini qurishda davom etmoqda, bu liniya esa yillik sement ishlab chiqarish kuchini 1.8 mln tonnagacha ko’paytirishi mumkin.
Yuqoridagi ma’lumotlarni va O’zbekistonda Bugungi kundagi qurilish va bunyodkorlik ishlari rivojlanib ketayotganini hisobga olsak, Qizilqumsementning bugungi kundagi bir dona aksiyasining narxi 6300 so’m bo’lib uning o'sish potensiali yil davomida 7334 so’mgacha bo'lishi mumkin.
Fond bozorining yana bir investitsiya uchun juda ham yaxshi bo’lgan kompaniyasi bu Tovar xom-ashyo birjasidir (O’ZRTXB, UZEX). Bugungi MDH davlatlari orasida Tovar aylanmasi bo’yicha ikkinchi o’rinda bo’lgan birja keyingi 2023-yilgacha Tovar aylanmasini 104 trln so’mgacha yetkazmoqchi va bu esa Bugungi kundagi Tovar aylanmasidan ikki barobarga ko’pdir. Bundan tashqari kundan kunga aholi soni ortib borayotgani sababli ishlab chiqarish ham oziq-ovqat mahsulotlariga bo’lgan talab ham oshib borayotgani , buning ortidan narx-navo ham qimmatlashib borayotgani esa tovar hom ashyo birjasining tovar aylanmasini oshirib beradi va bu esa komissiyalardan ko'proq daromad qilishga olib keladi.
Yuqoradigalarni hisobga olib aytadigan bo’lsak Bugungi kundagi har bir aksiyasining narxi 17 500 so’mdan bo’lgan birjaning aksiyasi narxi yil davomida yana 24 000 so’mgacha ko’tarilishi mumkin.