29 Mar 2021 |  1,091

Hayot sug'urtasi orqali bank omonatlari daromadidan yuqoriroq daromad olish usuli

Hayot sug'urtasi orqali bank omonatlari daromadidan yuqoriroq daromad olish usuli

Ko’pchilik buni bilmaydi, lekin, soliq imtiyozlari va hayot sug’urtasi hisobiga yiliga 30% dan yuqoriroq daromad olish imkoniyati mavjud. Bunday daromadlilik, eng yuqori foizi 22% bo’lgan bank omonatlaridan ancha foydaliroqdir. Maqola davomida mazkur daromadlilik nimani hisobidan shakllanishini tushuntiramiz va aniq bir misollarda hisob-kitoblarni ko’rsatib o’tamiz.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan, uzoq muddatli sug‘urta uchun yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning ish haqi va boshqa daromadlari daromad solig’iga tortilmaydi (O‘zR SK 378-moddasining 15-bandi). Soddaroq aytganda, hayotni sug'urta qilish uchun sug’urta kompaniyasiga o’tkazilgan oylik ish xaqi daromad solig'idan ozod qilinadi.
Bundan tashqari, sug’urta kompaniyalari hayot sug’urtasi uchun o’tkazilgan mablag’larni muddat yakunida o’rtacha 5 foizlik bonus bilan mijozga qaytarib beradi. 
Masalan, sug'urta kompaniyasi bilan 13 oylik, sug’urta mukofoti qisman to’lab boriladigan hayot sug'urta shartnomasi tuzdingiz. Shartnomaga ko’ra 13 oy davomida har oy sug'urta kompaniyasiga 2 million so'mdan jami 26 million so'm o’tkazish belgilangan. Sug'urta kompaniyasi ushbu mablag’larni 5% bonusni qo’shgan holda 14-oyda qaytarib beradi. Natijada, daromad solig'i imtiyozi va sug’urta bonusi hisobiga muddat yakunida sug'urta kompaniyasi tomonidan jami 27,3 million so’m to’lab beriladi 
(1-jadvalga qarang). 
Solishtirish uchun, agar har oyda 2 million so’m daromadingizdan soliq to’lab, qolgan daromadni (1.760.000 so’m) 22% lik bank omonatiga qo’ysangiz, 13 oy yakuni bilan mablag’laringiz 25,8 million so’mga teng bo’ladi (2-jadvalga qarang). Oyligingizni soliq to’lab so’ng bank omonatiga joylashtirib 27,3 million so’mga yetkazishingiz uchun bank omonat foizi 32,4% ga teng bo’lishi lozim (3-jadvalga qarang). 
Yuqorida keltirilgan holatlarni jadval ko’rinishida solishtirib ko’rsatamiz.

1-jadval: Sug'urtaga o'tkazish
Soliqqa tortilmaydigan daromad Bonus 5 %
1 2,000,000 100,000
2 2,000,000 100,000
3 2,000,000 100,000
4 2,000,000 100,000
5 2,000,000 100,000
6 2,000,000 100,000
7 2,000,000 100,000
8 2,000,000 100,000
9 2,000,000 100,000
10 2,000,000 100,000
11 2,000,000 100,000
12 2,000,000 100,000
13 2,000,000 100,000
Jami 26,000,000 1,300,000
Jami daromad 27,300,000

 

2-jadval: Daromadni 22%lik bank omonatiga qo'yish

Soliqqa tortilgan daromad Omonat foizlari Turgan oylar
1 1,760,000 419,467 13
2 1,760,000 387,200 12
3 1,760,000 354,933 11
4 1,760,000 322,667 10
5 1,760,000 290,400 9
6 1,760,000 258,133 8
7 1,760,000 225,867 7
8 1,760,000 193,600 6
9 1,760,000 161,333 5
10 1,760,000 129,067 4
11 1,760,000 96,800 3
12 1,760,000 64,533 2
13 1,760,000 32,267 1
Jami 22,880,000 2,936,267  
  25,816,267    

 

3-jadval: Agar 32% lik bank omonatiga qo'yish
Soliqqa tortilgan daromad Foiz summasi Turgan oylar
1 1,760,000 610,133 13
2 1,760,000 563,200 12
3 1,760,000 516,267 11
4 1,760,000 469,333 10
5 1,760,000 422,400 9
6 1,760,000 375,467 8
7 1,760,000 328,533 7
8 1,760,000 281,600 6
9 1,760,000 234,667 5
10 1,760,000 187,733 4
11 1,760,000 140,800 3
12 1,760,000 93,867 2
13 1,760,000 46,933 1
Jami 22,880,000 4,270,933  
  27,150,933    

 

E’tiboringizga Sug’urta kompaniyalari taklif qilayotgan uchta Hayot sug’urtasi mahsulotini taqdim qilamiz:

“Kafolat” kompaniyasidan “Hayot sug’urtasi”;
Sug‘urta muddati – kamida 13 oy;
Sug’urta bonusi – 5%.

“O’zbekinvest Hayot” kompaniyasidan “Daromad hayot sug’urtasi”;
Sug‘urta muddati - 370 kun;
Sug’urta bonusi – 4%.

“Euroasia-Life Insurance Company” kompaniyasidan “Annuity life hayot sug’urtasi”;
Sug‘urta muddati – 367 kun;
Sug’urta bonusi – 3.5%.

Endi hayotingizni sug’urta qilish orqali pulingizni omonatda saqlagandan ham ko’proq daromad olish yo’lini bilasiz!

 

Turdiaxunov Sanjarbek Nabievich
"Hamkorbank" ATB Qimmatli qog'ozlar bilan ishlash va birja amaliyotlari bo'limi boshligi

 Teglar

Omonatlar Boshqalar