Top.Mail.Ru

Qaysi banklardan onlayn mikroqarz olish mumkin?

Hammaga ma’lum, onlayn mikroqarzlar banklar tomonidan banklarning mobil ilovalari orqali taqdim etiladigan tezkor mikroqarzlardir.

Qaysi banklardan onlayn mikroqarz olish mumkin?

Onlayn mikroqarzga ariza berish hujjatlarsiz bir necha daqiqa ichida amalga oshiriladi, bunda faqatgina bankning mobil ilovasida oldindan identifikasiyadan o’tish talab etiladi. Onlayn mikroqarzlar ajratilishi bo’yicha qaror ham avtomatik skoring natijalari asosida bir necha daqiqada qabul qilinadi va mijoz qaror qabul qilinishi bilanoq so’ralgan mikroqarz summasini olishi va undan foydalanishi mumkin bo’ladi. Aynan shu jihatlari bilan onlayn mikroqarzlar o’zining qulayligi bilan ajralib turadi va mijozlarga pul juda zarur bo’lganda eng qulay vosita hisoblanadi.

Bugungi kunda 35 ta bankdan 16 tasida onlayn mikroqarzlar taqdim etilmoqda. 

O’zbekiston banklarida mavjud bo’lgan barcha onlayn mikroqarzlar shartlarini quyidagi jadvalda keltiramiz (2024-yil 2-aprel holatiga koʻra):

 BankMikroqarz nomiMaksimal summaMuddatiFoiziMijozlar Ta’minoti
1SQBJoyda mikroqarz100 mln4 yilgacha29% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi
2AgrobankOnlayn mikroqarz30 mln2 yil27.99%Doimiy (ish haqi) daromadiga va Agrobankda ochilgan bank (virtual) kartasi ega jismoniy shaxs (rezident)uchinchi shaxs kafilligi (plastik karta raqami va amal qilish muddati kiritiladi) yoki sug‘urta polisi onlayn rasmiylashtiriladi
3MKBANKOnlayn mikroqarz50 mln2 yil27% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslar / ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalariSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi
Online mikroqarz-210 mln1 yil29%ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalariTalab etilmaydi
4AloqabankOnline «Universal» mikroqarz50 mln3 yilgacha32%Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi
5TuronbankOnline mikroqarz33 mln1 yil33%Doimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
6AsakabankOnline mikroqarz50 mln3 yilgacha30% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
7HamkorbankOnline mikroqarz50 mln3 yilgacha32% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
8Ipak Yo‘li bankOnline mikroqarz50 mln3 yilgacha30.90% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
9TrastbankOnline mikroqarz30 mln1 yil32%ish haqi loyihasi doirasida ochilgan plastik karta egalariSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi
10Ipoteka-bankOnline mikroqarz30 mln3 yilgacha31.99% danIsh haqi loyihasi ishtirokchilari va budjet va davlat tashkilotlari xodimlariTalab etilmaydi
11Davr-bankMikroqarz «ONLINE 50»‎50 mln4 yilgacha32% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
12Tenge BankOnline mikroqarz30 mln2 yilgacha35.9% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
13TBC BankOnline mikroqarz100 mln3 yilgacha28% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
14ANOR BANKQulay mikroqarz100 mln3 yilgacha34% danDoimiy daromadga ega bo’lgan jismoniy shaxslarTalab etilmaydi
15O’zmilliybankOnline mikroqarz30 mln3 yil27-28%Ish haqi loyihasi ishtirokchilari va budjet tashkilotlari xodimlariSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi
16Xalq bankOnline mikroqarz100 mln4 yilgacha25% danIsh haqi loyihasi ishtirokchilari va budjet tashkilotlari xodimlariSug‘urta polisi, onlayn rasmiylashtiriladi

 

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.

16:25 • 02 April, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish