Top.Mail.Ru

Qanday hollarda mikroqarz olish kerak emas?

Mikroqarzlar so’nggi vaqtlarda doimiy katta talabga ega bo’lgan bank mahsulotidir, chunki ko'pchilik pul yetarli bo'lmagan yoki juda zarur bo’lgan vaziyatga tez-tez duch keladi.

Qanday hollarda mikroqarz olish kerak emas?

Bunday holda, banklar har doim yordam berishga tayyor, ular tufayli siz shu yerda va hozir istalgan maqsadda mikroqarz shaklida pul olishingiz mumkin. Biroq kredit ba'zida og'ir yukka aylanib qolishi mumkin.

Qarzga pul olmasdan, o’z kuchi va mablag’lariga tayangan holda ish tutish afzalroq bo'lgan bir qator holatlar mavjud.

1. Oldingi kreditni to'lash uchun mikroqarz.

Qarz oluvchilarning ma'lum bir qismi o'z qarz majburiyatlarini bajarishda qiynalib qolish holarlari har doim vujudga kelib turadi. Ko'pchilik bunday vaziyatdan chiqishning eng oson yo’li bu avvalgi kredit bo'yicha to'lovlarni qoplash uchun yangi kredit olish deb hisoblaydi, hatto yangi kredit mutlaqo noqulay shartlarda va yuqori foiz stavkada bo’lsa ham. Ammo bu mutlaqo noto'g'ri qaror. Bu faqat qarz yukining oshishiga olib keladi. Bundan vaziyat yaxshilanmaydi, aksincha bitta kredit o'rniga endi ikkita bo'ladi va ularning har biri har qanday holat bo’lishidan qat’i nazar bankka qaytarilishi kerak. Ba'zi fuqarolar hatto buni hayot tarziga aylantiradilar: oldingisini to'lash uchun bitta kredit oladi, keyin keyingisini va hokazo. Shunday qilib, qarzlar qor to'pi kabi o'sib boradi.

2. Boshqa shaxs uchun mikroqarz.

Odatda bunday holatlardan qochish tavsiya etiladi. Ba'zida qarindoshlar yoki do'stlar ular uchun kredit olishni so'rashadi, chunki negadir bank ularga kreditni rad etadi. Bu juda noqulay holat, lekin har kim bunday vaziyatda nima qilish kerakligini o'zi hal qilishi kerak. Biroq, agar siz o'z nomingizga kredit olib, uni pulini boshqa odamga berib yuborsangiz, tushunishingiz kerak, qarzni o’zingiz qaytarishingiz xavfi har doim mavjud bo’ladi.

Agar to'lovlar o'z vaqtida amalga oshirilmasa yoki umuman amalga oshirilmasa, oqibatlari bilan aynan siz kurashishingiz kerak bo'ladi (jarima to'lash, ehtimol hatto sud jarayonlarida ishtirok etish). Agar siz kredit olib bergan shaxs qarzni to'lashdan bosh tortsa va sizda ham qarzni to'lash uchun imkoniyat bo'lmasa, kreditni undirish sizning mulkingizga qaratilishi mumkin. Shuning uchun bunday qadamni qo'yishdan oldin, yuzaga kelishi mumkin bo'lgan oqibatlarni diqqat bilan o’ylab ko'rishingiz kerak.

3. Katta miqdordagi kredit.

Kredit olish uchun ariza berishdan oldin siz o'zingizning to'lov qobiliyatingizni va kerakli miqdorni juda oqilona baholashingiz kerak. Agar oylik to'lov qarz oluvchi daromadining 50 foizidan oshsa, banklar kreditni tasdiqlamaslikka harakat qiladi.

Agar biror kishi o'z kuchini hisoblamasdan juda katta miqdorda kredit olsa, oylik to'lov u uchun yuk bo'ladi. U uzoq vaqt davomida doimo o'zini hamma narsada cheklashga majbur bo'ladi, eng yomoni esa, u qarz tuzog'iga tushib qolishi mumkin.

Bundan tashqari, ortiqcha miqdorni olishning hojati yo'q. Mikroqarz faqat shoshilinch va zarur bo'lgan miqdorda olinishi kerak. Mirroqarzning har bit so’mi uchun foizlarni to'lashingiz kerakligini unutmasligingiz kerak.

4. Kredit tizimi qanday ishlashi haqida ma'lumotga ega bo'lmasdan kredit olish.

Kredit pulni ma'lum vaqt davomida foizlar bilan bankka qaytarish kerakligini nazarda tutadi. Ammo foizlar qanday hisoblanganligini, to'lovlarni qachon amalga oshirish kerakligini va kredit bo'yicha qanday ortiqcha to'lovlar vujudga kelishi mumkinligini hamma ham tushunmaydi. Mikroqarz uchun bankka murojaat qilishdan oldin, hisoblangan foizlarni hisobga olgan holda har oy bankka qancha to'lashingiz kerakligini tushunishingiz kerak. Kreditni o'z vaqtida to'liq to'lash muhimligini hamma ham tushunmaydi. Kredit bu, birinchi navbatda, mas'uliyatdir.

O‘zbekistonda mavjud bo‘lgan barcha mikroqarzlar Depozit.uz saytida Mikroqarz sahifasida keltirilgan.

16:21 • 04 April, 2024
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish