Top.Mail.Ru

Omonatlar bo’yicha xulosa va tavsiyalar

Oldingi maqolalarda biz depozitlar mavzusini ularning barcha shartlari, o’ziga xos xususiyatlari, qo'shimcha imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari bilan birga batafsil ko’rib chiqdik.

Omonatlar bo’yicha xulosa va tavsiyalar

Bugungi maqolamizda omonatlar bo’yicha natijalarni sarhisob qilamiz.

Shunday qilib:

  • Bank depoziti jismoniy shaxslar uchun eng ishonchli, lekin shu bilan birga past daromadli jamg'arma shakllaridan biri hisoblanadi. Jismoniy shaxslar uchun omonatlarni ochishda bank muassasasi ular bilan omonat shartnomasini tuzadi. Ushbu shartnomaga muvofiq, bank muassasasi saqlashga qabul qilingan pul summasini belgilangan muddatdan keyin qaytaribgina qolmay, balki unga belgilangan tartibda foizlarni ham hisoblab chiqish majburiyatini oladi.

 

  • Bank depozitining eng asosiy afzalligi bu uning foiz daromadi, omonat muddati, to'ldirish yoki muddatidan avval yechib olish imkoniyati kabi shartlarini oldindan bilib olish imkoniyatining mavjudligidir.

 

  • Omonat ochish uchun maxsus ko‘nikma va bilim kerak emas. Bankka murojaat qilish yoki bankning mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirishning o’zi kifoya.

 

  • Banklardagi pullar davlat tomonidan sug’urtalanadi, daromadlar esa kafolatlanadi. Bu shuni anglatadiki, har qanday holatda ham mijoz o'z pulini qaytarib oladi va kafolatlangan daromad ham oladi.

 

  • Omonatning daromadliligi tanlangan parametrlarga bog'liq: valyuta turi, to'ldirish va qisman yechib imkoniyati, imtiyozli yopish va boshqa shartlar. Qoidaga ko'ra, omonat qancha ko'p imkoniyatlarni taqdim etsa, uning daromadliligi shunchalik past bo'ladi.

 

  • Omonatni tanlashda omonatchi depozit bo‘yicha qanday qo‘shimcha shartlar muhimligini bilishi kerak. Bunday shartlar qatoriga omonatga qo'shimcha mablag’ kiritish, omonatdan mablag'larni qisman yechib olish, foizlarni yo'qotmasdan omonatni muddatidan oldin yopish, foizlar kapitalizatsiyasi, shuningdek, omonat muddati kiradi.

 

  • Bugungi kunda 35 ta bankdan 26 tasida milliy valyutada omonat ochish mumkin. Omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavka 27% ni tashkil etadi. 35 ta bankdan 24 tasida dollarda, 7 tasida yevroda va 1 tasida rublda omonat ochish mumkin. Dollardagi omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavkasi yillik 8% ni, yevrodagi omonatlar bo’yicha esa yillik 6% ni tashkil etmoqda.

 

  • O‘zbekiston banklari orasida eng foydali depozitlar to‘ldirish imkoniyatiga ega, biroq aksariyat hollarda qisman yechib olishga ruxsat bermaydi. Yuqoridagi barcha depozitlar bo'yicha foizlarni kapitallashtirish yo'q va muddatidan oldin tugatish depozitni yopish muddatiga qarab o'z shartlariga ega.

 

  • Hozirda deyarli barcha banklar mobil ilovalar yordamida istalgan vaqtda va istalgan joyda omonatlarni onlayn ochish imkoniyatini beradi.

 

Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida O'zbekistondagi eng foydali omonatlarni tanlashingiz mumkin. Eng yuqori foizli barcha omonatlar, milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar, shuningdek, onlayn depozitlar bir joyda yig‘ilgan. Bu yerda siz omonatlar boʻyicha eng yuqori foiz stavkalarni topishingiz mumkin, shuningdek, oʻz talablaringizga koʻra filtrlarda omonat qoʻyish uchun qoʻshimcha parametrlarni tanlashingiz mumkin, masalan, omonat ochish usuli (mobil ilova orqali yoki bankka murojaat qilish orqali), qisman yechib olish, imtiyozli tugatish, foizlar kapitalizatsiyasi, foizlarni to'lash davriyligi va boshqalar.

16:31 • 30 August, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish