Top.Mail.Ru

Banklarning omonatlar bo'yicha eng yaxshi takliflari: 2023 yil avgust holatiga

So’nggi davr mobaynida jismoniy shaxslar uchun depozitlar bo’yicha foiz stavkalari oshib borganini kuzatishimiz mumkin.

Banklarning omonatlar bo'yicha eng yaxshi takliflari: 2023 yil avgust holatiga

Bugungi kunda 35 ta bankdan 26 tasida milliy valyutada omonat ochish mumkin. Deyarli barcha banklarda ikki usulda – bank filiali orqali va onlayn tarzda mobil ilova orqali omonat ochish imkoniyati mavjud. Onlayn omonatlar hali ham bank filiallarida rasmiylashtiriladigan omonatlarga qaraganda daromadliroq hisoblanadi. Banklar onlayn omonatlar bo'yicha 1 foizga yuqori stavkalarni taklif qilmoqda.

Omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavka 27% ni tashkil etadi. Bunday stavkada Anorbankda 3 oy muddatga omonat ochish mumkin. 

Garant bank va TBC bank yillik 25% foiz bilan omonat taklif etmoqda. Shu bilan birga, TBC bank tomonidan omonat rasmiylashtirilganda, omonat summasidan 3% miqdorida bir martalik keshbek ham ko’zda tutilgan.

Quyida barcha banklarning milliy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha batafsil ma’lumotni keltirib o’tamiz.

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, so’mMuddatiRasmiylashtirish usuli
Anorbank271 000 0003 oyMobil ilova orqali
TBC Bank25+3100 00024 oyMobil ilova orqali
Garant bank251 000 00013 oyBank ofislari orqali
Davr bank24100 00025 oyMobil ilova orqali
Madad invest bank241 000 00013 oyBank ofislari orqali
Ziraat bank243 000 00024 oyBank ofislari orqali
Turonbank23.2500 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Tenge bank23100 000 00013 oyMobil ilova orqali
Hamkor bank232 000 00018 oyMobil ilova orqali
Asia Alliance bank231 000 00024 oyMobil ilova orqali
Trastbank23500 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Agrobank23500 00013 oyMobil ilova orqali
Universalbank23500 00013 oyMobil ilova orqali
Mikrokreditbank22-23100 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Xalq banki23100 00024 oyMobil ilova orqali
Aloqabank23100 00024 oyMobil ilova orqali
Infin bank221 000 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Kapital bank221 000 000  25 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Ipoteka-bank22100 00024 oyMobil ilova orqali
Asakabank21-22500 00024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Milliy bank21-22500 0006 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*
Qishloq Qurilish bank211 000 0006 oyMobil ilova orqali 
13 oyBank ofislari orqali
O’zsanoatqurilishbank20500 00013 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Ipak Yo’li banki171 000 00012 oyMobil ilova orqali
Poytaxt bank171 000 00036 oyBank ofislari orqali
Orient Finans bank15-1610 000 00010 oyBank ofislari va mobil ilova orqali*

*Omonat bank ofisi yoki mobil ilova orqali rasmiylashtirilishiga qarab foiz stavka o'rnatiladi.

O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar hamda omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni taklif etayotgan banklar Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida keltirilgan.

16:38 • 22 August, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish