Top.Mail.Ru

Xorijiy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2023 yil avgust holatiga

So’nggi bir necha oy davomida xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalar oshib bordi, dollardagi depozitlar bo'yicha maksimal stavka 8%, yevrodagi depozitlar bo'yicha esa - 6%ni tashkil etmoqda.

Xorijiy valyutadagi eng daromadli omonatlar: 2023 yil avgust holatiga

So’nggi davr mobaynida banklar xorijiy valyutadagi omonatlar bo’yicha foiz stavkalarni oshirdi. Bugungi kunda 35 ta bankdan 24 tasida dollarda, 7 tasida yevroda va 1 tasida rublda omonat ochish mumkin. Omonatlarni onlayn – bank mobil ilovalari orqali ham rasmiylashtirish mumkin. 

Dollardagi omonatlar bo’yicha eng yuqori foiz stavkasi yillik 8% ni Garant bank, yevrodagi omonatlar bo’yicha esa yillik 6% ni Ipoteka-bank va Asakabank taklif etmoqda. 

Orient Finans bank rublda omonat rasmiylashtirish yo’lga qo’ygan. Bunday omonat bo’yicha foiz stavka 12 oyga yillik 8% va 3 oyga 6% ni tashkil etmoqda.

Quyida barcha banklarning xorijiy valyutadagi eng yuqori foizli omonatlari bo’yicha umumiy ma’lumotni keltirib o’tamiz.

Dollardagi omonatlar:

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, dollarMuddatiRasmiylashtirish usuli
Garant bank850024 oyBank ofislari orqali
Trastbank7.550018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Asakabank7.55024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Ziraat bank7.5500  36 oyBank ofislari orqali
Mikrokreditbank7.510036 oyBank ofislari orqali
Turonbank7.2018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Anorbank71 00024 oyMobil ilova orqali
Kapitalbank710025 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Agrobank710024 oyMobil ilova orqali
Orient Finans bank6.5200 000547 kunBank ofislari orqali
Infin bank6.51 00018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Universalbank6.550015 oyBank ofislari orqali
TBC Bank6.510024 oyMobil ilova orqali
Aloqabank6.510024 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Hamkorbank6500  13 oyMobil ilova orqali
Ipoteka-bank6013 oyBank ofislari orqali
Qishloq Qurilish bank6100Omonatchi 16 yoshga to‘lgunga qadarBank ofislari orqali
Madad invest bank510012 oyBank ofislari orqali
Milliy bank55018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
Xalq banki4.51018 oyBank ofislari orqali
Asia Alliance bank450018 oyBank ofislari va mobil ilova orqali
O’zsanoatqurilishbank45006 oyBank ofislari orqali
Poytaxt bank310025 oyBank ofislari orqali
Ipak Yo’li bank31003-12 oyBank ofislari orqali

 

Yevrodagi omonatlar:

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, yevroMuddatiRasmiylashtirish usuli
Ipoteka-bank6013 oyBank ofislari orqali
Asakabank65024 oyBank ofislari orqali
Mikrokreditbank410018 oyBank ofislari orqali
Orient Finans bank3500 00036 oyBank ofislari orqali
Kapitalbank210024 oyMobil ilova orqali
Hamkorbank216 oyBank ofislari orqali
Milliy bank203 oyBank ofislari orqali

 

Rubldagi omonatlar:

Bank nomiFoiz stavkasiMinimal summa, rublMuddatiRasmiylashtirish usuli
Orient Finans bank850 000 00012 oyBank ofislari orqali

 

Bu va boshqa omonatlar bo’yicha batafsil ma’lumotni Omonatlar sahifasidan olishingiz mumkin.

17:34 • 23 August, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish