Omonatni tanlashda omonatchi depozit bo‘yicha qanday qo‘shimcha shartlar muhimligini bilishi kerak. Bunday shartlar qatoriga omonatga qo'shimcha mablag’ kiritish, omonatdan mablag'larni qisman yechib olish, foizlarni yo'qotmasdan omonatni muddatidan oldin yopish, foizlar kapitalizatsiyasi, shuningdek, omonat muddati kiradi.
Aksariyat hollarda eng foydali omonatlarda qo‘shimcha shartlar bo‘lmaydi, aniqrog‘i ularni to‘ldirib bo‘lmaydi, ulardan qisman mablag’ yechib bo‘lmaydi, ular bo‘yicha foizlar kapitalizatsiyasi mavjud emas, omonat muddatidan oldin yopilgan taqdirda esa avval to‘langan foizlar omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi yoki pastroq stavkada qayta hisoblab chiqiladi. Bundan tashqari, eng foydali depozitlar ko'pincha uzoq muddatga beriladi.
Biroq, yuqori stavkalarga ega bo'lgan omonatlar orasida mijozlar uchun qo'shimcha qulayliklarga ega bo'lganlari ham bor. Bugun biz qo'shimcha qulayliklar nuqtai nazaridan eng foydali depozitlarni ko'rib chiqamiz. Quyidagi jadvalda O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar qo‘shimcha xususiyatlari bilan ko‘rsatilgan.
Bank nomi | Foiz stavkasi | Muddati | Qo’shimcha mablag’ kiritish | Qisman yechib olish | Kapitalizatsiya | Imtiyozli tugatish |
Anorbank | 27 | 3 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 16% dan qayta hisoblanadi |
TBC Bank | 25+3 | 24 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 15% dan qayta hisoblanadi |
Garant bank | 25 | 13 oy | ✔️ (6 oy davomida) | ✖️ | ✖️ | ✔️ 3 oygacha foizlar to’lanmaydi, 3 oydan keyin – 25% |
Davr bank | 24 | 25 oy | ✔️ (6 oy davomida) | ✖️ | ✖️ | ✔️ 13 oygacha – 19%, 13 oydan keyin – 24% |
Madad invest bank | 24 | 13 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 16% dan qayta hisoblanadi |
Ziraat bank | 24 | 24 oy | ✔️ (6 oy davomida, kamida 1 mln. so’m) | ✖️ | ✖️ | ✔️ 180 kungacha – 12%, 181 kundan – 14% |
Turonbank | 23.2 | 18 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 3 oygacha – 18%, 6 oygacha – 19%, 12 oygacha – 20%, 18 oygacha – 21%, 18 oydan keyin – 23.2% |
Tenge bank | 23 | 13 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ |
Hamkor bank | 23 | 18 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 10% dan qayta hisoblanadi |
Asia Alliance bank | 23 | 24 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 3 oygacha foizlar to’lanmaydi, 6 oygacha – 13%, 9 oygacha – 14%, 12 oygacha – 16%, 18 oygacha – 20%, 18 oydan keyin – 23% |
Trastbank | 23 | 24 oy | ✔️ | ✔️ (500 ming so’m qoldirgan holda) | ✖️ | ✔️ 3 oygacha – 14%, 6 oygacha – 15%, 9 oygacha – 16%, 12 oygacha – 19%, 18 oygacha – 21%; 18 oydan keyin – 22%. |
Agrobank | 23 | 13 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 1 oygacha – 0,01%, 1 oydan keyin – 17% |
Universalbank | 23 | 13 oy | ✔️ (kamida 500 ming so’m) | ✖️ | ✖️ | ✔️ 20% dan qayta hisoblanadi |
Mikrokreditbank | 22–23 | 24 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 1 oygacha – 14%-15%, 3 oygacha – 16%-17%, 6 oygacha – 18%-19%, 12 oygacha – 20%-21%, 12 oydan keyin – 22%-23% |
Xalq banki | 23 | 24 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 3 oygacha – 14%, 6 oygacha –19%, 12 oygacha – 20%, 18 oygacha – 21%, 12 oydan keyin – 22%. |
Aloqabank | 23 | 24 oy | ✔️ | ✔️ (100 ming so’m qoldirgan holda) | ✖️ | ✔️ 1 oygacha foizlar to’lanmaydi, 2 oygacha – 14%, 6 oygacha – 16%, 9 oygacha – 18%, 11 oygacha – 22%, 17 oygacha – 22%, 17 oydan keyin – 23% |
Infin bank | 22 | 18 oy | ✔️ | ✔️ (1 mln. so’m qoldirgan holda) | ✖️ | ✔️ |
Kapital bank | 22 | 25 oy | ✔️ | ✔️ (10 mln. so’m qoldirgan holda) | ✖️ | ✔️ |
Ipoteka–bank | 22 | 24 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 1 oygacha – 0,01%, 3 oygacha – 17%, 6 oygacha – 17,5%, 9 oygacha – 18,5%, 12 oygacha – 19%, 18 oygacha – 20%, 18 oydan keyin – 21% |
Asakabank | 21–22 | 24 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 14% dan qayta hisoblanadi |
Milliy bank | 21–22 | 6 oy | ✔️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ 2 oygacha foizlar to’lanmaydi, 2 oydan keyin –13% |
Qishloq Qurilish bank | 21 | 6 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✖️ |
O’zsanoatqurilishbank | 20 | 13 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✔️ |
Ipak Yo’li banki | 17 | 12 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✖️ |
Poytaxt bank | 17 | 36 oy | ✔️ | ✔️ (5 mln. so’m qoldirgan holda) | ✖️ | ✖️ |
Orient Finans bank | 15–16 | 10 oy | ✖️ | ✖️ | ✖️ | ✖️ |
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, O‘zbekiston banklari orasida eng foydali depozitlar to‘ldirish imkoniyatiga ega, biroq aksariyat hollarda qisman yechib olishga ruxsat bermaydi. Yuqoridagi barcha depozitlar bo'yicha foizlarni kapitallashtirish yo'q va muddatidan oldin tugatish depozitni yopish muddatiga qarab o'z shartlariga ega.
O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar hamda omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni taklif etayotgan banklar Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida keltirilgan.