Daromad olish maqsadida pulni joylashtirish g'oyasi paydo bo'lganda, ko'pchilik bankda omonat ochish haqida o'ylaydi.
Birinchidan, omonat ochish uchun maxsus ko‘nikma va bilim kerak emas. Bankka murojaat qilish yoki bankning mobil ilovasi orqali onlayn ariza topshirishning o’zi kifoya.
Ikkinchidan, banklardagi pullar davlat tomonidan sug’urtalanadi, daromadlar esa kafolatlanadi. Bu shuni anglatadiki, har qanday holatda ham mijoz o'z pulini qaytarib oladi va kafolatlangan daromad ham oladi.
Lekin asosiy masala – omonatni qanday to’g’ri tanlash kerak degan savoldir. Bu savolga javob topish uchun bankka omonat qo’ymoqchi bo’lgan shaxs o’z ehtiyojlarini bilishi kerak – omonat bo’yicha nima muhimroqligini aniqlagan holda tanlov qilish kerak.
Omonatni tanlashda bir nechta omillarni hisobga olish muhim:
Misol uchun, agar siz omonatni qachon pul kerak bo'lishini aniq bilmasdan turib ochsangiz, qisman muddatidan oldin yechib olish yoki imtiyozli (foizlarni yo'qotmasdan) tugatish imkoniyati bilan omonatni tanlash yaxshidir. Daromad biroz pastroq bo'lishi mumkin, ammo pulni istalgan vaqtda olish imkoniyatini saqlab qolish mumkin.
Agar siz o'z mablag'ingizni, misol uchun bir yil davomida "qulflashga" tayyor ekanligingizga ishonchingiz komil bo'lsa, bunday muddatga "odatiy omonat" eng yaxshi yechim bo'lishi mumkin.
Bundan tashqari, omonatni oshirib borish imkoniyati haqida ham o'ylab ko’rish kerak. Bank mahsulotlarining qatorida qo’shimcha mablag’ kiritilib boriladigan omonatlar mavjud - muntazam ravishda pul jamg’arishga odatlangan shaxslar uchun bu juda qulay vositadir.
O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar hamda omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni taklif etayotgan banklar Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida keltirilgan.