Top.Mail.Ru

Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasi

Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida O'zbekistondagi eng foydali omonatlarni tanlashingiz mumkin.

Depozit.uz saytining Omonatlar sahifasi

Depozit.uz saytida omonatni qanday tanlash mumkin?

Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida O'zbekistondagi eng foydali omonatlarni tanlashingiz mumkin. Eng yuqori foizli barcha omonatlar, milliy va xorijiy valyutadagi omonatlar, shuningdek, onlayn depozitlar bir joyda yig‘ilgan. Bu yerda siz omonatlar boʻyicha eng yuqori foiz stavkalarni topishingiz mumkin, shuningdek, oʻz talablaringizga koʻra filtrlarda omonat qoʻyish uchun qoʻshimcha parametrlarni tanlashingiz mumkin, masalan, omonat ochish usuli (mobil ilova orqali yoki bankka murojaat qilish orqali), qisman yechib olish, imtiyozli tugatish, foizlar kapitalizatsiyasi, foizlarni to'lash davriyligi va boshqalar.

Omonatlar sahifasida barcha omonatlar foiz stavkalarining kamayib borish tartibida keltirilgan.

Har bir bankning barcha omonatlari bir guruhga birlashtirilgan. Asosiy sahifada banklarning eng yuqori foizli omonatlari ko‘rsatilgan va “Yana takliflar” tugmasini bosish orqali tanlangan bankning boshqa mavjud omonatlarini ko‘rish mumkin.

Xorijiy valyutadagi depozitlarni ko‘rish uchun avvalo omonat valyutasini tanlash kerak. Valyutani (so'm, dollar, evro) tanlaganingizda, sahifa avtomatik ravishda ma'lumotlarni yangilaydi va tanlangan valyutaga mos keladigan depozitlarni ko'rsatadi. Shuningdek, ma'lum bir bankning barcha depozitlarini barcha valyutalar uchun birgalikda ko'rishingiz ham mumkin.

Bundan tashqari, saytda siz kalkulyator yordamida depozitdan olinadigan taxminiy daromadni hisoblashingiz mumkin. Buning uchun omonat nomini bosish orqali alohida sahifaga o'tish kerak. Ochilgan yangi oynada omonatga qo’yilishi rejalashtirgan summani kiriting va Hisoblash tugmasini bosing. Hisoblash omonat shartlari asosida amalga oshiriladi, ya'ni, masalan, omonat muddati 36 oy bo'lsa, foiz daromadi aynan shu davr uchun hisoblab chiqiladi.

Depozit.uz orqali omonat tanlashning qisqacha misoli:

  • 1. Omonatlar sahifasiga o'ting.
  • 2. Ochmoqchi bo'lgan omonatni tanlang: so'm yoki valyuta.
  • 3. Omonatning rejalashtirilayotgan miqdori va saqlash muddatini belgilang.
  • 4. Kerakli bo'lgan qo'shimcha parametrlarni belgilang, masalan:
  1. imtiyozli yopish;
  2. pul mablag'larini qisman yechib olish imkoniyati;
  3. foizlarni kapitalizatsiyasi;
  4. foizlarni to'lash davriyligi;
  5. onlayn ochish imkoniyati.

Tanlangan parametrlarga ko'ra sizga mos keladigan natijalar ko'rsatiladi. Eng mos omonatni tanlab, siz Omonat haqida ma'lumot tugmasini bosishingiz va omonat shartlari bilan batafsilroq tanishishingiz mumkin. Shuningdek, omonat nomini bosish orqali omonatdan olinadigan taxminiy daromadni hisoblash ham mumkin.

O‘zbekiston banklaridagi eng foydali depozitlar hamda omonatlar bo‘yicha eng yuqori foizlarni taklif etayotgan banklar Depozit.uz saytida Omonatlar sahifasida keltirilgan.

22:09 • 19 August, 2023

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish