Top.Mail.Ru

Kredit va debet kartalar: xulosalar va tavsiyalar

Oldingi maqolalarda biz kredit va debet kartalar mavzusini ularning barcha shartlari, o’ziga xos xususiyatlari, imkoniyatlari, afzalliklari va kamchiliklari bilan birga batafsil ko’rib chiqdik. Bugungi maqolamizda ular bo’yicha natijalarni sarhisob qilamiz.

Kredit va debet kartalar: xulosalar va tavsiyalar

Kredit kartalar - bu mijozga tovar va xizmatlar uchun bank mablag'lari hisobidan to'lash imkonini beruvchi to'lov kartalaridir. Kredit kartasi unda mijozning o'z mablag’lari mavjud bo’lishini nazarda tutmaydi, ya'ni karta egasiga kredit kartada o'z pullarini saqlashga ruxsat bermaydi.

Kredit kartalari O’zbekistonda katta mashhurlikka ega emas, biroq ular bir qancha qulayliklarga egaligini hisobga olgan holda ularning bank mahsulotlari qatoridan tez o’rin egallab boradi deyishimiz mumkin.

Bugungi kunda 35 ta bankdan 6 tasi kredit kartalarini taqdim etmoqda. Maksimal summa 200 million so‘m, 5 yilgacha muddatga, foiz stavkasi yillik 23,99 foizdan boshlanadi.

Debet karta bu bank tomonidan o'z mijozlariga o'z pullarini saqlash va boshqarish uchun beriladigan plastik karta. U mijozning bank hisob raqamiga bog'langan bo'lib, naqd pul olish, do'konda va onlayn xaridlar uchun to'lovlarni amalga oshirish va boshqa moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi. Debet karta mohiyatan naqd pul hamyonini almashtiradi va mavjud miqdor doirasida bitta klik bilan xaridlar uchun to'lovni amalga oshirish imkonini beradi.

To'lov kartalarining quyidagi turlarini ajratish mumkin:

To'lov tizimining turlari bo'yicha: bu guruh ikki turdagi kartalarni o'z ichiga olishi mumkin - xalqaro va mahalliy.

Xalqaro to'lov tizimlari turli mamlakatlarning ishtirokchi banklarini birlashtiradi - shunga ko'ra, bunday kartalar chet elda to'lovlarni amalga oshirish uchun ishlatilishi mumkin. Karta bir yoki bir nechta bank hisoblariga ulanishi mumkin. Hisoblar so'm, dollar yoki yevroda bo'lishi mumkin, bu ayniqsa chet elga chiqish uchun juda muhimdir. Dunyodagi eng yirik protsessing kompaniyalari bo’lib Visa, Mastercard, American Express va Xitoyning UnionPay tizimlari hisoblanadi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Visa, Mastercard va UnionPay mavjud. Eng mashhurlari Visa va Mastercarddir. 

Mahalliy kartalar – bu yerda hamma narsa oddiy: bu bir mamlakat ichida ishlaydigan kartalar. O'zbekistonda bular Uzcard va Humo kartalaridir.

Shuningdek kobeyj va kobrend kartalar ham mavjud, ular ikkita to'lov tizimini o’zida birlashtiradi. Bugungi kunda mamlakatimizda quyidagi to'lov tizimlarida ishlaydigan kobeyj kartalarini ochish mumkin:

  • Uzcard-UnionPay;
  • Uzcard-Mastercard;
  • Humo-Visa;
  • Humo-Mastercard.

 

Virtual kartalar deb ataladigan kartalar ham mavjud. Ularda rekvizitlar mavjud bo’ladi, lekin plastik tashuvchisi bo’lmaydi. Ulardan ba'zilari faqat onlayn xaridlarni to'lash uchun ishlatilishi mumkin. Ulardan supermarketda to'lovni amalga oshirish yoki bankomatdan naqd pul olish uchun foydalanib bo’lmaydi. Virtual kartalarni 13 ta bankda rasmiylashtirish mumkin.

Banklarning to'lov kartalar bo'yicha takliflari juda katta. Agar Uzcard va Humo mahalliy kartalari uchun shartlar va narxlar bir-biridan unchalik farq qilmasa, Visa va Mastercard kabi xalqaro kartalar uchun banklar takliflarida sezilarli farqlar mavjud. Bank kartasini tanlash har bir mijozning shaxsiy talablariga bog‘liq bo‘lib, barcha talablarga eng mos keladigan kartani tanlash uchun esa Depozit.uz saytining Debet kartalari sahifasiga o‘tish va eng yaxshi variantni topish mumkin.

Debet kartalari sahifasida O‘zbekistondagi barcha mavjud to‘lov tizimlarining barcha kartalari ro‘yxati keltirilgan. Siz uchta asosiy parametr asosida kartalarni tanlashingiz mumkin:

  • valyuta bo'yicha;
  • to'lov tizimi bo'yicha;
  • karta turi bo'yicha.

 

Karta ochish uchun faqat bitta hujjat – shaxsni tasdiqlovchi hujjat talab etiladi. Karta rasmiylashtirish uchun bevosita bankka murojaat qilish kerak, ba’zi banklarda esa onlayn buyurtma yuborish orqali karta ochtirish mumkin.

Uzcard va Humo mahalliy kartalarini 30 ta bankda, xalqaro kartalarni esa 28 ta bankda ochish mumkin.

13:07 • 30 October, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish