Avvalgi maqolamizda aytganimizdek, kredit kartalari O’zbekistonda katta mashhurlikka ega emas, biroq kredit kartalari bir qancha qulayliklarga egaligini hisobga olgan holda ularning bank mahsulotlari qatoridan tez o’rin egallab boradi deyishimiz mumkin.
Bugungi kunda 35 ta bankdan 6 tasi kredit kartalarini taqdim etmoqda. Maksimal summa 200 million so‘m, 5 yilgacha muddatga, foiz stavkasi yillik 23,99 foizdan boshlanadi.
Quyida O’zbekiston banklarida mavjud bo’lgan kredit kartalar va ularning shartlarini keltirib o’tamiz (2023-yil 16-oktabr holatiga):
Bank nomi | Maksimal summa | Foiz stavkasi | Muddat | Karta limiti bo’yicha imtiyozli davr | Mijozlar | |
1 | Agrobank | 50 mln. so’m | 27.99% | 4 yil | 2 yil | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
2 | Asia Alliance bank Qulay Hamyon1 kredit kartasi | 50 mln. so’m | 27.99% | 3 yil | 2 yil | Bankda ish haqi yoki pensiya hisobi loyihasida ochilgan maxsus so`mdagi kartochka hisobraqamiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar |
3 | Asia Alliance bank Qulay Hamyon kredit kartasi | 50 mln. so’m | 36% | 3 yil | 2 yil | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
4 | Davr bank Biznes kredit karta | 150 mln. so’m | 32% | 5 yil | - | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
5 | Davr bank Universal kredit karta | 200 mln. so’m | 27.99% | 5 yil | - | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
6 | Infin bank InfinBlack kredit kartasi | 50 mln. so’m | 23.99-47.99% | 5 yil | 5 yil | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
7 | O’zsanoatqurilishbank Birinchi kredit kartasi | 50 mln. so’m | 26.9% | 4 yil | 3 yil | Doimiy daromadga ega barcha jismoniy shaxslar |
8 | Universalbank | Oylik ish haqining 3 baravarigacha | 30% | 1 yil | - | Bankda ish haqi yoki pensiya hisobi loyihasida ochilgan maxsus so`mdagi kartochka hisobraqamiga ega bo`lgan jismoniy shaxslar |
Kredit kartalari sahifasida O‘zbekistondagi barcha mavjud kredit kartalari keltirilgan.