Top.Mail.Ru

Kredit kartalar: xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari

Kredit kartalari to'g'ri foydalanilganda qulay moliyaviy vositadir.

Kredit kartalar: xususiyatlari, imkoniyatlari va afzalliklari

Kredit kartalari mamlakatimizda eng kam tarqalgan bank mahsulotlaridan biridir. Shunga qaramay, ba'zi banklar mijozlarga kredit kartalar rasmiylashtirishni taklif qiladilar.

Birinchi navbatda, kredit karta nima, u nima uchun kerak va qanday afzalliklarga ega ekanligini aniqlab olamiz.

Kredit kartalar - bu mijozga tovar va xizmatlar uchun bank mablag'lari hisobidan to'lash imkonini beruvchi to'lov kartalaridir. Kredit kartasi unda mijozning o'z mablag’lari mavjud bo’lishini nazarda tutmaydi, ya'ni karta egasiga kredit kartada o'z pullarini saqlashga ruxsat bermaydi.

Kredit kartaning asosiy xususiyati shundaki, uning balansida ma'lum miqdorda pul mavjud bo’ladi. Bu bank mijoz uchun tasdiqlagan kredit limitidir. Mijoz bu pulni xohlaganicha ishlatishi mumkin:

  • to'lovlarni to'lash;
  • maishiy ehtiyojlarga, mahsulot sotib olishga sarflash;
  • buyum va jihozlar sotib olish;
  • boshqa shaxslarga o'tkazish;
  • naqd pul yechib olish;
  • shoshilinchroq qarzlarni to'lash.

 

Kredit limiti shuni anglatadiki, odam tasdiqlangan miqdordan ortiq mablag' sarflay olmaydi. Uning miqdori bank tomonidan kelajakdagi qarz oluvchining turli xil xususiyatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi: yoshi, daromad darajasi, kredit tarixi va boshqalar.

Kredit karta bo’yicha imtiyozli muddat nima?

Kredit kartadan foydalanganlik uchun imtiyozli davr - bu foizlar hisoblanmaydigan davr. U greys davr deb ham ataladi va uning muddati bank tomonidan belgilanadi. Imtiyozli davrning davomiyligi har xil; u 30 kun ham 100 kundan ortiq ham bo'lishi mumkin.

Mijoz naqd pul olish imkoniyati, maksimal limit va qulay imtiyozli davrga ega kredit kartani tanlashi mumkin.

Bilish muhim jihatlar:

  • agar kartadagi to‘liq limit tugagan bo‘lsa, yangi imtiyozli davr ochish uchun oldingi hisobot davrining qarzini to‘lash talab etiladi.
  • imtiyozli davrda mavjud bo‘lgan mablag‘lar limiti kartadagi haqiqiy qoldiqdan ko‘p bo‘lishi mumkin emas – agar limit 3 million bo‘lsa, lekin siz 2,5 million sarflagan va qaytarmagan bo‘lsangiz, yangi davrda faqat qolgan 5 million so‘mdan foizsiz foydalanish mumkin.
  • kreditdan foydalanganlik uchun foizlar imtiyozli davr tugaganidan keyingi birinchi kundan boshlab hisoblanadi;
  • foizlar faqat hisobot davri qarzi summasiga hisoblanadi - agar hisobot davri 20 sentyabrdan 21 oktyabrgacha bo'lgan bo'lsa, siz shu vaqt ichida 5 million sarflagansiz - bu summaga foizlar hisoblab chiqiladi; agar 22 oktyabrda siz yana 5 million sarflagan bo'lsangiz - bu yangi hisobot davrining qarzi, uni 22 noyabrgacha foizsiz to'lash mumkin.

 

Kredit kartaning boshqa kreditlardan qanday afzalliklari bor?

Kredit karta va boshqa kreditlar, masalan, iste'mol krediti yoki mikroqarzlar umumiy xususiyatga ega - mijoz ikkala holatda ham qarzga pul oladi. Ammo ular orasida farqlar ham mavjud:

  • Kredit rasmiylashtirilganda shartnomada ko‘rsatilgan summa bir martada to‘liq chiqarib beriladi. Kredit karta bilan hozir va istalgan vaqtda kerakli miqdorda pul sarflash mumkin.
  • Kredit har doim kelishilgan muddatda asosiy qarz va foizlarni muntazam to'lanishini nazarda tutadi. To'lovlar miqdori oldindan belgilanadi. Agar kredit muddatidan oldin to'lansa, foiz to’lovini kamaytirish mumkin. Kredit kartada qarzni imtiyozli muddat ichida to'laganda foizlarni to'lamaslik mumkin.
  • Kredit bir marta beriladi. Keyingisi uchun yangi shartnoma tuzish kerak bo'ladi va miqdor, stavka, mablag'larni qaytarish kabi shartlarni boshidan belgilash zarurdir. Kredit karta belgilangan muddat ichida tasdiqlangan kredit limiti doirasida istalgan vaqtda pulni ishlatish imkoniyatini beradi. Kredit mablag'larining limiti va kartadagi imtiyozli davr har safar oldingi qarzni to'lash bilanoq yangilanadi.

 

Umuman olganda, kredit karta kreditga qaraganda rasmiylashtirilishi osonroq va foydalanish uchun qulayroq bo'lgan bank mahsulotidir. Bu odatiy xarajatlar uchun ham, katta xaridlar uchun ham foydali bo'ladi.

Kredit kartalari sahifasida O‘zbekistondagi barcha mavjud kredit kartalari keltirilgan.

17:34 • 12 October, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish