Top.Mail.Ru

Kobeyj kartalar nima uchun kerak?

O'zining dizayni va o'lchamlari bo'yicha kobeyj karta oddiy kartadan farq qilmaydi, faqat uning old tomonida ikkita to'lov tizimining logotipi bosiladi.

Kobeyj kartalar nima uchun kerak?

Kobeyj karta - bu ikkita to'lov tizimi orqali moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish uchun mo'ljallangan to'lov vositasidir. Ikkita to’lov tizimini ishlashi kartaning qamrov doirasi kengayishini ta'minlaydi. Bu kartalar chip va magnit chiziq bilan yoki bitta chip bilan chiqariladi.

Kobeyj kartalarning ishlashi ikkita to'lov tizimining operatorlari o'rtasidagi kelishuvga asoslanadi. Karta egasi xarid uchun to‘lovni amalga oshirganda, tranzaksiya savdo nuqtasiga xizmat ko‘rsatuvchi ekvayring bank hamkorlik qiladigan to‘lov tizimida amalga oshiriladi va jarayon yagona karta hisobvarag‘i bilan amalga oshiriladi.

Agar egasi bitta to'lov tizimi ishlamayotgan, lekin boshqasi ishlayotgan hududga sayohat qilsa, u holda tranzaksiya boshqa tizim doirasida amalga oshiriladi. Karta egasi buning uchun hech qanday kuch sarflamaydi, u uchun faqat savdo nuqtasi uskunasi uning kobeyj kartasida mavjud bo'lgan logotiplardan biri bilan jihozlanganligiga ishonch hosil qilishi muhimdir. Agar ekvaying bank kartada ko'rsatilgan ikkala to'lov tizimi bilan bir vaqtda ishlasa, tranzaktsiyani amalga oshirish uchun qulayroq shartlarga ega tizim (pastroq komissiyali) tanlanadi.

Kobeyj kartalar jarayonning barcha ishtirokchilari – chakana savdo nuqtalari, banklar, to'lov tizimlari va karta egalari uchun foydalidir. Sotuvchilar o'zlarining savdo aylanmasini oshiradilar, to'lov tizimlari mijozlar auditoriyasini kengaytiradi, banklar o'z mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshiradi, karta egalari esa, birinchi navbatda, operatsiyalar geografiyasi nuqtai nazaridan kengaytirilgan imkoniyatlarga ega bo'ladilar.

Kobeyj kartalarining xususiyatlari

Kobeyj kartasi mohiyatini aniqlab olgach, uning afzalliklarini ajratib ko'rsatish mumkin:

  1. Bitta karta bir nechta kartani o’rnini bosadi. Bu qulay va shu bilan birga tejamkor, chunki ikki turdagi plastik kartaga xizmat ko’rsatilishi uchun to’lash shart emas.
  2. Chet elda foydalanish mumkin.
  3. Tizim avtomatik ravishda foydaliroq to'lov tizimini tanlaydi. Hamma narsani qo'lda sozlashning hojati yo'q.

Kobeyj kartasi quyidagi toifalardagi shaxslar uchun foydali bo'ladi:

  • Ta’tilga yoki mamlakat tashqarisiga xizmat safariga chiqadiganlar. Chet elda plastik karta egasi tovarlar va xizmatlarga to'lash uchun hech bo'lmaganda naqd pul yechib olishi mumkin bo'ladi. Ba'zi hollarda, hisobdan hisobga pul o'tkazish ham mumkin.
  • Mahalliy ish beruvchi uchun chet elda ishlaydiganlar. Davlat muassasalari o‘z xodimlarining ish haqini xorijiy hududda ishlamaydigan mahalliy ish haqi kartalariga o‘tkazishlari shart. Ammo ular qo'shimcha ravishda xorijiy to'lov tizimiga ulangan bo'lsa ayni foydali bo'ladi.
  • Qarindoshlariga chet elga pul o'tkazadiganlar. Bu kobeyj karta to'lov tizimlaridan biri ishlaydigan xorijiy mamlakatlarga nisbatan qo'llaniladi.

 

Umuman olganda, kobeyj kartasi bir to’lov tizimidan boshqasiga – masalan, chet eldan mahalliyga pul o'tkazish kerak bo'lganda qulaydir. Bu holatda hamma foyda ko’radi. Mijoz bir nechta kartalarni olib yurishi, tranzaktsiyalar uchun komissiya to'lashi yoki pul o'tkazish uchun vaqtinchalik yechimlarni izlashi shart emas. Moliyaviy institutlar turli to’lov tizimlari bilan hamkorlik qilishdan foyda ko'radi va faoliyat doirasini kengaytiradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda siz quyidagi to'lov tizimlarida ishlaydigan kobeyj kartalarini ochishingiz mumkin:

  • Uzcard-UnionPay;
  • Uzcard-Mastercard;
  • Humo-Visa;
  • Humo-Mastercard.

 

Ko’plab banklar so’nggi paytlarda o'z mijozlariga ish haqini to'lash uchun ham, shaxsiy maqsadlar uchun ham aynan kobeyj kartalarini taklif qilmoqdalar, chunki avval aytganimizdek bu barcha tomonlar uchun foydalidir.

Depozit.uz saytida Debet kartalar sahifasida O‘zbekistonda mavjud barcha debet kartalar shartlari bilan tanishishingiz mumkin.

20:13 • 18 October, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish