Fond bozorlarida savdo qilish islom dini nuqtai nazaridan hozirgi kungacha ko'pchilik uchun moliyaviy faoliyatning taqiqlangan shakli hisoblanadi.
Ko'pchilik musulmonlar islom dini me'yorlariga to'g'ri kelmaydigan moliyaviy instrumentlarni yetarli ma’lumotga ega bo’lmaganliklari sababli sotib olishdan qo'rqadi va shuning uchun, brokerlik hisobraqamlaridan butunlay voz kechadi.
Deyarli barcha internet manbalarda investitsiya kiritish bo'yicha juda ko'p ma’lumot topish mumkin. Lekin aynan musulmon investorlar uchun ma’lumot juda kam.
Umuman olganda, jahon islom moliyasi bozori halol sohalarga kiritilayotgan investitsiyalar ko’paygani hisobiga sezilarli darajada rivojlanib bormoqda.
Bugungi kunda shariat meʼyor va qoidalariga amal qilgan investorlar axloqiy va diniy eʼtiqodlardan chetga chiqmagan holda investitsiya kiritishlari mumkin. Ilgari bu muammo hatto rivojlangan mamlakatlarning moliyaviy bozorlarida ham mavjud edi. Islom dini talablariga javob beradigan kompaniyalarni topish juda qiyin edi. Bugungi kunda esa musulmon investorlar uchun mos aktivlarni topish ancha oson.
Misol tariqasida quyidagi fond indekslarini keltirish mumkin:
Hatto aynan oxirgi indeks haqida gapiradigan bo'lsak, u Braziliya, Rossiya, Hindiston va Xitoy kompaniyalarining aksiyalarini o'z ichiga oladi. Ular Islom me'yorlariga mos keladi va Gonkong fond birjasida, London fond birjasida, NASDAQ va NYSEda sotiladi.
Qoidaga ko'ra, indeks uchun qimmatli qog'ozlarni tanlash jarayoni quyidagi tartibda amalga oshiriladi: dastlab sohasi bo’yicha to’g’ri kelmaydigan aktivlar chiqarib tashladi. Shariat qonunlariga ko'ra, cho'chqa go'shti, tamaki, alkogolli mahsulotlar, qurol-yarog', qimor o'yinlari va boshqalar bilan bog'liq u yoki bu tarzda ishlab chiqarish / sotish bilan shug'ullanadigan kompaniyalarga investitsiya kiritishga yo'l qo'yilmaydi. Misol uchun, yuqorida ko'rsatilgan sohalarda band bo’lgan yoki daromadining 5% dan ortig'ini shu sohalardan oladigan kompaniyalar, yoki o’z daromadini foizlar hisobiga oladigan korporatsiyalar MSCI World Islamic Indexga qo’shilishiga ruxsat berilmaydi.
Agar foiz daromadlari yoki islom dini tomonidan ma’qullanmagan faoliyat turi mavjud bo’lsa (jami daromadning 5 foizidan kam miqdorda), bu ulush aksiyadorga toʻlanadigan dividendlardan ayirib tashlanadi yoki xayriyaga yo’naltiriladi. Bundan tashqari, islom dini talablariga muvofiqlikni tekshirish bir marotaba emas, balki davriy ravishda amalga oshiriladi: agar monitoring natijasida kompaniya ushbu talablarga rioya qilishni to'xtatganligi aniqlansa, uning aktsiyalari indeksdan chiqariladi.
Undan so’ng moliyaviy ko'rsatkichlar tekshiriladi. Aksariyat hollarda yuqori kredit yukiga ega bo'lgan kompaniyalarga ruxsat berilmaydi. Bundan tashqari, tadqiqotchilarning ta'kidlashicha, islom indekslari iqtisodiy inqiroz davrida an'anaviy investitsiyalarga qaraganda yaxshiroq ishlaydi.
O'rganilayotgan kompaniyalarni tekshirish uchun uchta moliyaviy ko'rsatkich ham tahlil qilinadi:
Ushbu moliyaviy ko'rsatkichlarning hech qaysi biri 33,33% dan oshmasligi kerak.
Bu talablarga javob beradigan kompaniyalar juda kamdek tuyulishi mumkin. Aslida, bu ta’qiqlarni buzmaydigan kompaniyalar yetarlicha. Ularning ko'pchiligi neft-gaz, iste'mol sektori, metallurgiya, energetika va boshqa sohalarda faoliyat olib boradi.
Shariat me'yorlari va qoidalariga rioya qiluvchi investorlar yuqoridagi indekslar tarkibiga nazar tashlagan holda, eng qulay vaqtda ushbu kompaniyalarning qimmatli qog'ozlaridan o’z portfellarini mustaqil ravishda shakllantirishlari mumkin. Indekslarga kiritilgan aktivlar allaqachon mutaxassislar tomonidan tekshirilgan va halol investitsiya standartlariga mos keladi. Bundan tashqari, investorlar kompaniyalarning ish faoliyatini va bozor sharoitlarini sinchkovlik bilan o'rganishlari kerak va shundan keyingina ma'lum aksiyalarni, diversifikatsiya va investitsiya risklari haqida unutmagan holda, sotib olish haqida qaror qabul qilishlari mumkin.
O'zbekistonda xalqaro darajadagi broker bo'lib Freedom Broker investitsiya kompaniyasi hisoblanadi. Bu kompaniya ham mahalliy, ham xalqaro fond bozorida broker sifatida faoliyat yuritadi. Ularning yordami bilan siz qimmatli qog'ozlarga to'g'ri sarmoya kiritishni boshlashingiz mumkin.