Top.Mail.Ru
20-August, 17:48 |  819

Freedom Finance - qimmatli qog'ozlarni boshqarishda ishonchli broker

Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish shaxsiy jamg'armalarni oshirishning eng yuqori daromadli usullaridan biridir.

Freedom Finance - qimmatli qog'ozlarni boshqarishda ishonchli broker

Ammo ko'pchilik qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish va ularni to'g'ri boshqarish bo'yicha zaruriy bilim va ko'nikmalarga ega emas. Xususan, oddiy odam fond bozoriga katta qiziqishi bo’lsa ham, qanday qilib uning ishtirokchisiga aylanish mumkinligini tushunmaydi.

Bunday vaziyatda mutaxassislarga murojaat qilish juda muhimdir. Qimmatli qog'ozlar bozorining mutaxassislari bo’lib brokerlik tashkilotlari hisoblanadi. Shunday tashkilotlardan biri Depozit.uz ning hamkori – Freedom Brokerdir.

Freedom Broker ("Freedom Finance" MChJ XK filiali) – dunyoning 13 mamlakatida faoliyat olib boradigan xalqaro investitsion kompaniyadir. Freedom Broker g'oyalari asosida butun dunyo bo'ylab 340 000 ta investor daromad oladi. Kompaniya Freedom Holding corp. xalqaro investitsiya guruhi tarkibiga kiradi. 2008 yildan beri bozorda faoliyat yuritadi.

Freedom Broker O‘zbekistonda 2018-yil fevral oyidan faoliyat yurita boshlagan. Tashkilot barcha zarur litsenziyalarga ega bo'lgan, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchisi sifatida ish olib boradi.

Boshqacha qilib aytganda, Freedom Broker qimmatli qog'ozlarni sotuvchi va xaridor o'rtasida vositachi hisoblanadi. Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritishni boshlamoqchi bo'lganlar uchun Freedom Broker ishonchli broker bo'lib, qimmatli qog'ozlarni sotib olish yoki sotishda yordam beradi.

Brokerlik xizmatlari yo'nalishi bo'yicha kompaniya quyidagi xizmatlar turlarini taklif etadi:

1. Klassik brokerlik. Klassik brokerlik formatida mijoz qimmatli qog‘ozlarni o‘zi tanlaydi va bitimni amalga oshirish uchun brokerga buyruq beradi.

Bunday holda, mijozga quyidagilar taqdim etiladi:

  • "Toshkent" Respublika fond birjasiga (UZSE) kirish;
  • bepul hisobraqam ochish va xizmat ko'rsatish;
  • har bir mijozga mos tarif rejalari;
  • har qanday miqdorda investitsiya boshlash imkoniyati;
  • asoslangan qarorlar qabul qilish uchun tahliliy yordam;
  • aktivlar holati haqida muntazam hisobotlar.

2. Konsultatsion boshqarish. Ushbu formatda sarmoyalar investitsiya bo'yicha shaxsiy maslahatchi rahbarligida amalga oshiriladi. Maslahatchi mijozga uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni aniqlashga va ularga erishish uchun individual strategiyani shakllantirishga yordam beradi.

Bunday holda, mijoz quyidagilarga ega bo’ladi:

  • bitimlarni individual tarzda kuzatish;
  • risklarni boshqarish va mablag'larni taqsimlash bo'yicha tavsiyalar;
  • eng yaxshi imkoniyatlar haqida o'z vaqtida xabar berish;
  • ta'lim tadbirlariga muntazam taklif qilish;
  • individual konsultatsiyalar;
  • aktivlar holati haqida muntazam hisobotlar.

Bundan tashqari, Freedom Broker aktivlarni shaxsiy boshqarish bilan shug'ullanadi. Bunday holda, Freedom Finance kompaniyasining yetakchi mutaxassislari mijoz uchun optimal investitsiya portfelini shakllantiradi va barqaror daromad olish uchun har tomonlama yordam beradi. Shu bilan birga, mijozning shaxsiy xohish-istaklari hisobga olinadi va vakolatli diversifikatsiya tufayli har qanday yuqori darajali xavflar bekor qilinadi.

Aktivlarni shaxsiy boshqarishning afzalliklari quyidagilardan iborat:

  1. Natija uchun ekspert mas'uliyati: mijozning barcha investitsiya hisobraqamlari katta amaliy tajribaga ega bo'lgan mutaxassis tomonidan to'liq boshqarilishi. Qimmatli qog'ozlar bozorida daromad olish uchun mijozga maxsus bilim yoki maxsus texnologiyalardan foydalanish ko’nikmalari kerak bo’lmaydi;
  2. Samarali diversifikatsiya: rentabellikni maksimal darajada oshirish va bir tomonlama risklarni kamaytirish uchun kapitalni to’g’ri taqsimlash;
  3. Doimiy nazorat: pozitsiyalarni va umumiy bozor holatini faol kundalik monitoring qilish. Portfelni o'z vaqtida tuzatish;
  4. Boshqaruvning shaffofligi: oldingi savdo kunining oxirida portfel qiymatini o'z ichiga olgan kundalik brokerlik hisoboti. Portfel holati, keyingi chorak uchun barcha aktivlar bo'yicha prognozlar, pozitsiyalar balansi, shuningdek, yangi investitsiya g'oyalari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan har oy aksiyadorlarga xabar berish.

Shunday qilib, agar har qanday odam ma'lum jamg'armalarga ega bo'lsa va ularni qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilish orqali ko'paytirishni xohlasa, lekin nimadan boshlashni va umuman fond bozorida qanday savdo qilishni bilmasa, unda Freedom Brokerdan boshlash kerak. Buning uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan kompaniya ofislariga murojaat qilish kerak. Bugungi kunda Freedom Broker Toshkent, Samarqand, Farg’ona, Buxoro, Andijon, Qarshi, Navoiy va Nukus shaharlarida o’z ofislariga ega. 

Shuningdek, Depozit.uz saytining Aksiyalar sahifasida siz aksiyalarni sotib olish uchun ariza qoldirishingiz yoki Freedom Broker mutaxassisiga xabar yuborish orqali sizni qiziqtirgan investitsiya savollari boʻyicha maʼlumot olishingiz mumkin.

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish