Bugungi kunda mablag'larni saqlash va ko'paytirishning turli mexanizmlari mavjud. Ular bir-biridan ishonchliligi, daromadlilik darajasi, xizmat ko'rsatishning murakkabligi va risklari bilan farqlanadi.
Turli xil aktivlar va instrumentlar turli vazifalar uchun mos keladi. Investor qanchalik ko'p daromad olishni xohlasa, shunchalik ko'p tavakkal qilishi kerak. Hatto daromad olmasdan, zarar ham ko'rish ehtimoli mavjud.
Bank omonatlari va qimmatli qog'ozlarga investitsiyalarni solishtiramiz.
Omonat - yuqori ishonchli instrumentlar ro'yxatida 1-o’rinni egallaydi deb aytish mumkin.
Bank omonatlari qisqa muddatga – bir necha oydan 2-3 yilgacha pul mablag'larini investitsiya qilishning oddiy va qulay usuli hisoblanadi. Omonatchiga bank bilan shartnoma tuzish kifoya, maxsus bilim yoki murakkab harakatlar talab etilmaydi. Pulni yo‘qotish xavfi yo‘q: banklardagi omonatlar Fuqarolarning banklardagi omonatlarini kafolatlash fondi tomonidan sug‘urta qilinadi. Daromad oldindan ma'lum va u bank bilan tuzilgan shartnomada ko'rsatilgan bo’ladi.
Hozirgi vaqtda bank omonatlari bo'yicha daromad o'rtacha taxminan inflyatsiya darajasiga teng. Nominal ko'rinishda omonatlarga qo'yilgan kapital o'sadi, lekin uning sotib olish qobiliyati juda sekin oshadi. Ko'p yillar davomida investitsiya qilish uchun omonatlar eng yaxshi tanlov emas. Inflyatsiya darajasidan yuqoriroq daromad olish uchun daromadliroq va, albatta, xavfliroq usullardan foydalanish kerak.
Omonatlarning afzallik va kamchiliklari
Afzalliklar | Kamchiliklar |
Pulni jamg’arish uchun ishonchli, hamma uchun mavjud va oldindan prognoz qilinadigan vosita | Risk darajasi yuqori bo’lgan instrumentlarga qaraganda daromadlilik darajasi pastroq |
Banklardagi mablag'lar davlat sug'urta tizimi bilan himoyalangan | Daromadni saqlab qolgan holda omonatni muddatidan oldin yopish imkoniyati mavjud emasligi |
Siz qancha daromad olishingizni oldindan bilasiz | |
Doimiy boshqaruvini talab qilmaydi |
Qimmatli qog'ozlarga (aktsiyalarga) investitsiyalar
Qimmatli qog'oz (aksiya) - bu ma'lum bir kompaniyaning mulk ulushi bo'lib, u mulkdorning foydaning bir qismiga huquqiga ega ekanligini tasdiqlaydi. Qimmatli qog'ozlarning daromadliligi bank omonatlariga qaraganda ancha yuqori. Daromadni ikkita usulda olish mumkin:
Biroq, hammasi ham aytilgandek oddiy emas. Avvalo, qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritishni boshlash uchun siz fond bozoridagi o'zgarishlarga o'z vaqtida javob berish va yo'qotishlarga duch kelmaslik uchun yetarli bilimga ega bo'lishingiz kerak. Bundan tashqari, oddiy odam qimmatli qog'ozlar savdosini mustaqil ravishda boshlay olmaydi, buning uchun mijoz va fond bozori o'rtasidagi ko'prik vazifasini bajaruvchi vositachilar - brokerlar yordami zarur bo’ladi.
Qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar faqat qulay iqtisodiy vaziyatda barqaror daromad keltiradi. Ammo iqtisodiyotga doimiy tebranishlar xos bo’lganligi sababli, qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromad har daqiqada o'zgarishi mumkin.
Qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishning afzalliklari va kamchiliklari
Afzalliklar | Kamchiliklar |
Qulay iqtisodiy sharoitda yuqori daromad olish mumkin | Daromad olish kafolati yo'q. Aktivlar narxi oshishi ham, tushib ketishi ham mumkin |
Dividendlardan ham, qimmatli qog'ozlarni sotishdan ham daromad olish mumkin | Qimmatli qog'ozlar savdosini boshlash uchun bilim talab etiladi. Tayyorlanmagan odam uchun fond bozorida savdo qilish qiyin |
Investitsion portfelni turli kompaniyalarning, shu jumladan xorijiy kompaniyalarning aktsiyalari bilan to'ldirish mumkin. Bir emitentning qimmatli qog'ozlari qiymati pasaygan taqdirda, qolgan aktivlar o’zgarmaydi yoki hatto bahosi ko'tariladi | Pulni doimiy ravishda boshqarish kerak. Har kuni strategiyani, xavfning maqbul darajasini tanlash va kotirovkalarni kuzatib borish kerak.
|
Kichik miqdordagi mablag'ni ham investitsiya qilishingiz mumkin. | Mamlakatdagi va dunyodagi iqtisodiy vaziyatga qaramlik. Har qanday o'zgarishlar fond bozoridagi holatga faol ta’sir ko’rsatadi |
Bugungi kunda O‘zbekiston bozoridagi ishonchli xalqaro moliyaviy brokerlardan biri Depozit.uz hamkori – Freedom Broker hisoblanadi. Ularning yordami bilan siz nafaqat mahalliy kompaniyalarning, balki xorijiy kompaniyalarning qimmatli qog'ozlariga ham investitsiya kiritishni boshlashingiz mumkin.
Ikkita moliyaviy instrument - bank depoziti va qimmatli qog'ozlarga investitsiyalarni taqqoslashda shuni tushunish kerakki, ular umumiy maqsadlarga ega bo'lsa-da, butunlay boshqa printsiplarga muvofiq ishlaydi va turli odamlar uchun mos keladi. Agar siz qo'shimcha tayyorgarlik ko'rishni istamasangiz va siz uchun ishonchlilik va natijani oldindan bilish ustuvor bo'lsa, mablag'laringizni bankka joylashtirishingiz kerak.
Agar ma'lum darajadagi tavakkalchilikka tayyor bo’lsangiz, pulingizni o'zingiz boshqarishni va ular uchun oz’ingiz javobgar bo'lishni xohlasangiz va buning evaziga investitsiyalaringizni bir necha barobar ko'paytirish imkoniyatiga ega bo’lish sizga qiziq bo’lsa, u holda qimmatli qog'ozlarni sotib olish siz uchun mos tanlovdir.