Top.Mail.Ru

Bank xizmatlaridan foydalanganlik uchun aksiya va sovg'alar

Banklar yil davomida o’zlarining mijozlari uchun turli xil aksiya va yutuqli o’yinlar e’lon qilib boradilar.

Bank xizmatlaridan foydalanganlik uchun aksiya va sovg'alar

Ayniqsa, yangi yil bayrami oldidan bunday takliflar yanada ko’payadi. Banklarning turli xizmatlaridan foydalangan holda, shu jumladan plastik karta rasmiylashtirish, omonat ochish va kredit olish orqali yutuqli o’yin ishtirokchisiga aylanish va turli xil qimmatbaho sovrinlarga ega bo’lish mumkin. Bugun sizlarga banklar tomonidan taklif etilayotgan turli xil aksiya va o’yinlar haqida ma’lumot beramiz. 

1. Orient Finans bankda istalgan turdagi Visa kartalarini rasmiylashtirish orqali Kia k5 avtomobilini yutib oling.

Nima qilish kerak? 

Ishtirok etish uchun Orient Finans bank tomonidan chiqarilgan istalgan turdagi Visa kartasiga ega bo’lish kerak. Karta aksiya boshlanishidan avval ham, aksiya davomida ham chiqarilishi mumkin. 

Visa karta orqali istalgan summada xizmatlar yoki maxsulotlar uchun to’lovlarni amalga oshirish orqali avtomatik ravishda aksiya ishtirokchisiga aylanish mumkin. 

Aksiya muddati 01.11.2022 yildan 31.07.2023 yilgacha. 

Bosh sovrin – Kia k5 avtomobili! 

Shuningdek, Samsung Galaxy A22 smartfonlari, 1 000 000 so‘m va 10 000 000 so‘m miqdoridagi pul mukofotlarini yutib olish imkoniyati mavjud.

2. Qishloq Qurilish bankning Visa va Humo kartalari orqali IPHONE 14PRO kabi sovg’alar yutib olish imkoniyati! 

Aksiya shartlari quyidagicha: Bank mijozlari joriy yilning noyabr-dekabr oylarida bankning VISA kartalarini emissiya qilish va emissiya qilingan VISA kartalarda kamida 10 AQSh dollar qoldiq qoldirishi talab etiladi. Shuningdek bank mijozlari joriy yilning noyabr-dekabr oylarida bankning Xumo kartalarini emissiya qilishi va emissiya qilingan Xumo kartalarida kamida 50 000 soʻm qoldiq qoldirishi talab etiladi.

Aksiyada noyabr-dekabr oylarida emissiya qilingan VISA kartalarda toʻliq 20 kun kamida 10 AQSh dollar, Humo kartalarida esa, toʻliq 20 kun kamida 50 000 soʻm qoldiqqa ega boʻlganlar ishtirok etadi. 

2022-yilning 25-dekabr kungi holat bo’yicha shunday kartalar egalari orasidan random.org orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirda gʻoliblar aniqlanadi.

3. Tenge Bankdan Mastercard kartalaridan 3% gacha keshbek!

Tenge Bank Mastercard kartasi bilan toʻlovlarni amalga oshirish orqali 3% oshirilgan yangi yil keshbekiga ega boʻlish mumkin. Mastercard kartasini chiqarish mumkin:

  • Tenge24 ilovasida roʻyxatdan va identifikatsiyadan o'tish;
  • Karta bo‘limida “Kartaga buyurtma berish” tugmasini bosish va QR kodni olish;
  • Eng yaqin kartomatda "Kartani olish" tugmasini bosish;
  • QR kodni kartomatning oʻrtasidagi chap tomonga qoʻyish;
  • Kartomat QR kodni qabul qilganligiga ishonch hosil qilish va kartani olish!

Har qanday xaridni amalga oshirishda keshbek qaytariladi. Keshbekning maksimal miqdori oyiga 500 000 so'm. Keshbek oyiga bir marta kartaga o'tkaziladi. Aksiya 2022 yil 31 dekabrgacha amal qiladi.

4. Hamkorbank Visa kartalari bilan Dubayga sayohat yutib oling! 

Hamkorbank Visa kartasi bilan Korzinka supermarketlarida 150 000 soʻmdan boshlab xaridlarni amalga oshirish orqali qimmatbaho sovgʻalar – Korzinka supermarketidan sovgʻa sertifikatlari va Dubayga ikki kishilik ta'tilni yutib olish mumkin.

Aksiya 2022 yil 28 noyabrdan 31 dekabrgacha amal qiladi.

5. MKBankdan naqd pulsiz hisob-kitoblarni yanada rivojlantirish maqsadida tanlov.

Tanlov nomi, uni o`tkazish tartibi va shartlari quyidagicha.

1. Tanlov nomi:  CASH IN

Shartlari:  bank kassasi va bankomatlari orqali 3 000 000 (uch million) soʻmdan ortiq naqd pul mablagʻi kirim qilgan 3 nafar mijoz tanlab olinadi.

Sovrin: Samsung Galaxy A23 4/128 GB (3 dona)

2. Tanlov nomi:  Xalqaro pul oʻtkazmalari

Shartlari: “Xalqaro pul oʻtkazmalari” tizimi orqali joʻnatilgan pul mablagʻlarini eng koʻp bank kartasiga tushirgan 3 nafar mijoz tanlab olinadi.

Sovrin: Samsung Galaxy Tab A8 64GB (3 dona)

3. Tanlov nomi:  ONLINE omonat 

Shartlari: “MKB mobile” ilovasi orqali onlayn omonat hisobvaraq ochgan va 3 000 000 (uch million) soʻmdan ortiq pul mablagʻi kirim qilgan 3 nafar mijoz tanlab olinadi.

Sovrin : Samsung Galaxy A23 4/128 GB (3 dona)

4. Tanlov nomi: ONLINE konvertatsiya

Shartlari: “MKB mobile” ilovasi orqali Online konvertatsiya amaliyotini amalga oshirgan 3 nafar mijoz tanlab olinadi.

Sovrin: Xiaomi Mi Band 7 (3 dona)

Tanlov muddati: 2022-yil 20-dekabrga qadar.

G'oliblarni tanlab olish sharti: “Random Selection” dasturi yordamida.

G'oliblarni aniqlash sanasi:  2022-yil 25-dekabr.

G'oliblar “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat bankining rasmiy veb-sayti hamda ijtimoiy tarmoqlari orqali eʼlon qilinadi.

6. “Trastbank” bankomatlaridan foydalaning va sovg‘alarga ega bo‘ling!” aksiyasi.

Trastbank bankomatlari orqali plastik kartadagi (UzCard yoki HUMO) kamida 500 000 so‘m pul mablag‘larini naqdlashtirib, aksiya ishtirokchisiga aylanish va quyidagi sovg‘alarga ega bo‘lish mumkin: 

  • “Samsung” 32 dyuymli televizori;
  • “Samsung Tab A7” plansheti; 
  • “Samsung A22” smartfoni. 

7. Ipak Yoʻli AITB va VISA International kompaniyasidan “Xarid uchun sovrinlar” aksiyasi.

Aksiyada mobil telefonlar, aqlli soatlar, simsiz minigarnituralar, elektrsamokat va portativ dinamiklar kabi 64 ta qimmatbaho sovrinlar mavjud.

Qimmatbaho mukofotlar:

  • Apple iPhone 14 pro;
  • AirPods Max;
  • Apple Watch Series 7;
  • elektrosamokat;
  • AirPods Pro.
  • Yandeks stantsiya.

Ragʻbatlantirish shartlari: Oʻzbekiston fuqarosi boʻlgan jismoniy shaxslar Oʻzbekiston Respublikasida fuqaroligiga ega, Ipak Yoʻli bankining Oʻzbekiston Respublikasidagi istalgan filialida berilgan Visa xalqaro toʻlov tizimining Visa Virtual, Visa Start, Visa Exchange, Visa Platinum Light, Visa Platinum Black, Visa Infinite kartalari egalari aksiyada ishtirok etishi mumkin. Xalqaro kartani Ipak Yoʻli Mobile ilovasida va Bankning istalgan filiallarida ochish mumkin.

Qimmatbaho sovgʻalar oʻyinida ishtirok etish uchun xaridlarni amalga oshirish va VISA kartasi orqali jami $5 va undan koʻp miqdorda toʻlash kerak (faqat terminallarda (shu jumladan Oʻzbekistonda xaridlar) va onlayn xaridlar hisobga olinadi).

Aksiya muddati: 2022-yil 31-oktyabrdan 2022-yil 25-dekabrgacha.

Qimmatbaho sovgʻalar oʻynalishi aksiya davrida har hafta boʻlib oʻtadi.

8. ANORBANK qimmatbaho sovrinlarni berishni davom etadi!

4 bosqich, 40 ta sovrin va 40 ta gʻolib!

Sovrinlar: Televizor, Kir yuvish mashinasi, Changyutgich va boshqa oshxona texnikasi.

Shartlar oddiy: Aksiya davomida (2022-yil 1-dekabrdan 2023-yil 26-yanvargacha) Sberbank yoki Tinkoff orqali ANORBANK kartasiga oʻtkazma qabul qilish kerak. Oʻtkazmalarning eng kam miqdori 500 000 ming soʻm.

Har bir bosqichning 10 ta gʻolibi tasodifiy raqamlar generatori orqali Instagram jonli efirida aniqlanadi.

Aksiyada qatnashishning oxirgi muddatlari:

  • Birinchi bosqich: 1-dekabrdan 14-dekabrgacha;
  • Ikkinchi bosqich: 15-dekabrdan 28-dekabrgacha;
  • Uchinchi bosqich: 29-dekabrdan 12-yanvargacha;
  • Toʻrtinchi bosqich: 13-yanvardan 26-yanvargacha.

9. ANORBANKdan yangi iPhone 14 g'olibiga aylanish imkoniyati.

Yagona shart: Anorbank ilovasi orqali mobil aloqaga to'lov amalga oshirish kerak. Qancha ko'p to'lov qilinsa, iPhone 14 g'olibiga aylanish imkoniyatingiz shuncha oshadi.

Gʻolib 16 dekabr kuni tasodifiy sonlar generatori yordamida Instagram sahifamizning jonli efirida aniqlanadi.

Аksiya 15 dekabrgacha amal qiladi.

10. InfinBANKʼda har kuni 1 000 000 soʻmlik lotereya oʻynaladi. Bankning tarmoqlardagi sahifalariga obuna boʻling va yutib oling!

Joriy yilning 23-noyabridan 21-dekabriga qadar, ish kunlarida InfinBANK oʻzining ijtimoiy tarmoqlarida 1 mln soʻm lotereyasini oʻtkazadi. Barcha obunachilar bir xil imkoniyatga ega boʻlishi uchun oʻyin tasodifiy raqamlar generatori yordamida oʻtkaziladi va jonli translyatsiyalar boʻlib oʻtadi: bir kun Instagramda, bir kun Facebookda. Shu bilan birga, bir vaqtning oʻzida ham u yerda, ham bu yerda omadni sinab koʻrish mumkin!

Oʻyinda ishtirok etish uchun atigi 3 shartni bajarish kifoya.

1. Bankning Instagram va Facebookʼdagi sahifalariga obuna boʻlish;

2. Tanlov postiga izohlarda bir doʻstingizni belgilash;

3. Agar profil yopiq boʻlsa, uni oʻyin davomida ochiq qilib qoʻyish.

11. Milliy sovgʻalar ulashmoqda!

Oʻzmilliybank Mastercard Gold xalqaro to‘lov kartalari haftalik oʻyinlari 10 ta g‘olibi, ularning har biriga 1 000 000 so‘mdan.

Bosh sovrin - hisobiga 15 000 000 soʻm toʻldirilgan Oʻzmilliybank Mastercard Gold xalqaro toʻlov kartasi!

Aksiyaning butun davri 4 bosqichga bo'lingan:

  1. 1) 05.12.2022y. – 11.12.2022y.
  2. 2) 12.12.2022y. – 18.12.2022y.
  3. 3) 19.12.2022y. – 25.12.2022y.
  4. 4) 26.12.2022y. – 01.01.2023y.

Har bir bosqich yakunlari bo'yicha qimmatbaho sovrinlar o'yini o'tkaziladi.

1-bosqich yakunlari bo'yicha o‘yinda ishtirok etish uchun 05.12.2022y. - 11.12.2022y. davrida Milliy mobil ilovasida rekvizitlar bo'yicha pul o'tkazish/to'lash yoki 100 000 so'mlik turli xizmatlar uchun to'lovni amalga oshirish zarur.

2 – bosqich yakunlari bo 'yicha o‘yinda ishtirok etish uchun 12.12.2022y.-18.12.2022y. davrida Milliy mobil ilovasida kommunal xizmatlar uchun 100 000 so' m va undan ortiq miqdorda to'lovni amalga oshirish zarur.

3-bosqich yakunlari bo'yicha o‘yinda ishtirok etish uchun 19.12.2022y.-25.12.2022y. davrida Milly mobil ilovasida Visa Direct yoki Mastercard Send xizmatidan foydalangan holda boshqa bank kartasiga 50 AQSh dollari yoki undan ortiq miqdorda pul o'tkazmasini amalga oshirish zarur.

4-bosqich yakunlari bo'yicha o‘yinda ishtirok etish uchun 26.12.2022y.-01.01.2023y. davrida Milliy mobil ilovasida milliy valyutada 5 000 000 so'mlik boshlang'ich badal bilan onlayn-omonat ("Hamma uchun", "Foydali", "Sarmoya", "Mustaqillik 27") ochish zarur (onlayn o‘yinni o‘tkazish paytida onlayn-omonat faol bo'lishi kerak).

Aksiya muddati tugagandan so'ng sovrin yutib olishda ishtirok etish uchun aksiyaning barcha bosqichlarida ishtirok etish zarur.

Har bir bosqich yakunlari bo'yicha haftalik sovrinlar - g'olib nomiga ochilgan MasterCard Gold (UZS) xalqaro to'lov kartalari, ularning har biriga 1 000 000 so'm (10 g'olib) tushirib beriladi.  

Butun Aksiya yakunlari bo'yicha o'yin sovrini - g'olib nomiga ochilgan MasterCard Gold (UZS) xalqaro to'lov kartasi, kartada 15 000 000 so'm qoldiq bilan.

Har bir bosqichni o‘tkazish natijalari bo‘yicha o‘yinda 10 nafar g'olib tanlab olinadi.

Butun Aksiyani o‘tkazish natijalari bo‘yicha o‘yinda 1 nafar g'olib tanlab olinadi. 

Aksiya o‘yinlarining barcha g'oliblari Random.org servisi yordamida onlayn rejimda Aksiya ishtirokchilari o'rasidan tasodifiy tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadi.

14:55 • 12 December, 2022
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish