Bugungi maqolamizda ipoteka bo'yicha eng asosiy ma'lumotlarni bir joyga yig'dik.
Ipoteka nima? Ipoteka - bu ko'chmas mulk sotib olish uchun bankdan olinadigan va shu mulk bilan ta'minlangan qarz mablag'lari.
Odatiy kreditlardan farqli o'laroq:
Ipotekani kimlar olishi mumkin? 18 yoshdan 65 yoshgacha bo'lgan fuqarolar ipoteka olishlari mumkin (ba'zi banklarda 21 yoshdan).
Kreditni qancha miqdorda olish mumkin? Ipotekaning mumkin bo'lgan maksimal miqdori bank tomonidan arizachining daromadi va moliyaviy yuk darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash dasturi bo‘yicha imtiyozli stavkali ipoteka kreditining summasi quyidagilardan iborat:
Dastlabki to‘lovsiz kvartira yoki boshqa ko‘chmas mulk uchun ipoteka kreditini olish mumkin emas. Bankka murojaat qilganda, ipoteka krediti berish shartlaridan biri dastlabki to'lov qilish hisoblanadi. Moliyaviy muassasa uchun bu qarz oluvchining to'lov qobiliyatini tasdiqlovchi dalillardan biri, shuningdek, kredit xavfini kamaytirish usulidir. To'lov qobiliyati bank uchun shaxsning to'lov intizomi bilan bir qatorda muhimdir. Agar moliyaviy ahvolingiz imkon bersa, iloji boricha ko'proq dastlabki to'lovni amalga oshirish tavsiya etiladi. Bu bank tomonidan qulayroq kreditlash shartlari taklif qilinishiga asos bo’ladi.
2023 yil noyabr oyi holatiga 35 ta bankdan 20 tasida birlamchi bozor uchun ipoteka kreditini rasmiylashtirish mumkin.
Davlat dasturi bo‘yicha ipoteka kreditlari 35 ta bankdan 10 tasi tomonidan beriladi. Bunday kreditning maksimal miqdori Toshkent shahri uchun 416,5 million so‘m, boshqa hududlar uchun 327,25 million so‘mni tashkil etadi. Boshlang‘ich to‘lov uy-joy narxining kamida 15 foizi miqdorida, foiz stavkasi sotib olingan boshlang’ich to’lov miqdoriga qarab 16-18 foiz miqdorida belgilangan. Ipoteka kreditlari 6 oylik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladi. Kredit mijozning xohishiga ko’ra ham differensial, ham annuitet to'lovi usulida qaytarilishi mumkin.
Ikkilamchi bozor uchun imtiyozli shartlarda, ya’ni Ipotekani qayta moliyalash kompaniyasi resurslari hisobidan beriladigan ipoteka kreditlar hozirgi vaqtda to’xtatilgan. Banklar faqatgina o’z resurslari hisobidan tijorat shartlari asosida ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlarini ajratmoqda. Hozirgi vaqtda 11 ta bankda ikkilamchi bozor uchun ipoteka kreditlari berilmoqda.
Ipoteka krediti hisobiga uy-joy qurish, uni rekonstruksiya qilish yoki ta'mirlash ham mumkin. Qurilish yoki ta'mirlash uchun ipoteka krediti ob'yektni qurish yoki kapital ta'mirlash zarur bo'lganda, shuningdek, qurilishning yakuniy bosqichida ham olinishi mumkin. Qoidaga ko’ra, ipoteka krediti doirasida qurilish ishlari mustaqil ravishda amalga oshirilmaydi. Bunday holda, pudratchiga murojaat qilish kerak bo'ladi. Ta'mirlash va qurilish ishlarini olib boradigan qurilish kompaniyasi bilan shartnoma qilinadi, shuningdek, kelajakdagi kredit miqdorini hisoblash uchun bankka smeta taqdim etiladi. Kredit pullaridan maqsadli foydalanish kreditorga moliyaviy hujjatlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi.
Bugungi kunda qurilish va ta'mirlash uchun ipoteka kreditlarini tanlovi juda cheklangan. Imtiyozli shartlarda qurilish va taʼmirlash uchun ipoteka kreditlarini Orient Finans bank, Biznesni rivojlantirish banki, Xalq banki, Agrobank, Turon bank, Ipoteka-bank, MKbank va Oʻzmilliybankdan olish mumkin. Ushbu ipotekaning shartlari quyidagilardan iborat:
Ushbu imtiyozli ipoteka krediti qurilish-ta’mirlash ishlari uchun Toshkent shahridan tashqari barcha viloyatlarda beriladi.
Tijorat shartlarida qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash uchun ipoteka kreditini 8 ta bankdan olish mumkin.
Ipoteka kreditini to’g’ri tanlash uchun bir qancha mezonlarga ahamiyat qaratish kerak. Ularning barchasi bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.
Ipoteka bo’yicha eng dolzarb savollarga javoblarni shu yerda topish mumkin.
Depozit.uz saytining Ipoteka sahifasida O‘zbekistondagi eng foydali ipoteka kreditlarini tanlashingiz mumkin. Bu yerda barcha ipoteka kreditlari, shu jumladan birlamchi bozor uchun, ikkilamchi bozor uchun, qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash uchun kreditlar bir joyga jamlangan.