Top.Mail.Ru

Eng mos ipoteka kreditlarini Depozit.uz saytida tanlang!

Depozit.uz saytining Ipoteka sahifasida O‘zbekistondagi eng foydali ipoteka kreditlarini tanlashingiz mumkin.

Eng mos ipoteka kreditlarini Depozit.uz saytida tanlang!

Depozit.uz saytida ipoteka kreditini qanday tanlash mumkin?

Depozit.uz saytining Ipoteka sahifasida O‘zbekistondagi eng foydali ipoteka kreditlarini tanlashingiz mumkin. Barcha ipoteka kreditlari, shu jumladan birlamchi bozor uchun, ikkilamchi bozor uchun, qurilish, rekonstruksiya va ta’mirlash uchun kreditlar bir joyda jamlangan.

Depozit.uz sayti foydalanuvchilarga bozorda mavjud bo'lgan xizmatlar xilma-xilligini tushunish va o'zlari uchun eng yaxshi taklifni osongina tanlashga yordam berish uchun yaratilgan.

Bu yerda siz ipoteka kreditlari bo'yicha eng past foiz stavkalari, eng past boshlang'ich to'lov, eng uzoq muddat, eng yuqori miqdor va boshqa ko'p ma’lumotlarni topishingiz mumkin.

Ipoteka sahifasida ipoteka kreditlari foiz stavkalarining ortib borish tartibida keltirilgan. Ipoteka bo'yicha asosiy ma'lumotlar ham taqdim etiladi - kredit muddati, maksimal miqdor va garov turi. "Kredit haqida ma'lumot" bo'limiga o’tish orqali u yoki bu ipoteka kreditining batafsil shartlari bilan tanishish mumkin. 

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

Bunda har bir bankning ipoteka kreditlari bir guruhga birlashtirilgan. Asosiy sahifada ma'lum bir bankning eng past foizli ipoteka krediti ko'rsatilgan va "Yana takliflar" tugmasini bosish orqali esa tanlangan bankning barcha mavjud ipoteka kreditlarini ko’rish mumkin.

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

Ipoteka alohida parametrlar asosida tanlanishi mumkin. Buning uchun filtr bo'limida kredit miqdori, kredit muddati yoki dastlabki to'lov miqdorini tanlashingiz kerak. Shuningdek, siz kreditning maqsadini tanlashingiz mumkin - uy sotib olish yoki uy-joyni qurish / ta'mirlash. Sizning qidiruv mezonlaringiz asosida mos kreditlar tanlanadi.

Kompyuterdagi ko’rinishiMobil versiya

 

Shunday qilib, Depozit.uz saytida eng mos ipoteka kreditini tanlash uchun:

  1. 1. Ipoteka sahifasiga o'ting.
  2. 2. Bankdan olinishi rejalashtirilayotgan kredit miqdorini kiriting.
  3. 3. Kredit muddati va dastlabki to‘lov miqdorini belgilang.
  4. 4. Sizning so'rovingiz bo'yicha taklif qilingan kreditlarni ko'ring va mosini tanlang.

 

O'zbekiston banklarida mavjud barcha ipoteka kreditlari shartlari bilan Ipoteka krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.

17:18 • 24 November, 2023
home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish