Ta'mirlash va qurilish – bu ko'p mablag' talab qiladigan qimmat ish, biroq bu ishni kredit hisobiga amalga oshirish oilaviy byudjet uchun haqiqiy yengillikdir.
Kreditdan foydalanib, katta harajatlarsiz ta'mirlash ishlarini amalga oshirib, olingan mablag'ni esa asta-sekin qaytarish mumkin. Zamonaviy dunyoda bu qulay va oqilona yechimdir!
Uy qurish yoki uni ta'mirlash uchun foydali kreditni qanday tanlash mumkin?
Uy-joy qurish va ta’mirlash uchun maqsadli ipoteka krediti ko'chmas mulk garovi asosida beriladi. Bunday kreditlarning foiz stavkasi kreditlash dasturi shartlariga bog'liq, imtiyozli kreditlar uchun foiz stavkasi ancha past, ammo ular bo’yicha bir qator shartlar mavjud, masalan, Toshkent shahrida qurilish yoki ta'mirlash uchun bunday kredit berilmaydi.
Qurilish yoki ta'mirlash uchun ipoteka krediti ob'ektni qurish yoki kapital ta'mirlash zarur bo'lganda, shuningdek, qurilishning yakuniy bosqichida ham olinishi mumkin. Qoidaga ko’ra, ipoteka krediti doirasida qurilish ishlari mustaqil ravishda amalga oshirilmaydi. Bunday holda, pudratchiga murojaat qilish kerak bo'ladi.
Ta'mirlash va qurilish ishlarini olib boradigan qurilish kompaniyasi bilan shartnoma qilinadi, shuningdek, kelajakdagi kredit miqdorini hisoblash uchun bankka smeta taqdim etiladi.
Kredit pullaridan maqsadli foydalanish kreditorga moliyaviy hujjatlarni taqdim etish bilan tasdiqlanadi.
O'zingiz uchun kreditning aniq afzalliklarini tushunish uchun qarz oluvchi quyidagilarni o’zi uchun aniqlab olishi kerak:
Qarz oluvchi nimalarni bilishi muhim, yoki "Kreditning tuzoqlari"
Qurilish yoki ta'mirlash uchun ipotekani tanlashda quyidagi jihatlarni hisobga olish kerak:
Agar barcha shartlar bajarilsa, ta'mirlash va qurilish uchun foydali kredit olish imkoniyati mavjud bo’ladi. Banklarning talablari bir-biridan farq qilishi mumkin, ular haqida batafsil Depozit.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Bugungi kunda qurilish va ta'mirlash uchun ipoteka kreditlarini tanlash juda cheklangan. Imtiyozli shartlarda qurilish va taʼmirlash uchun ipoteka kreditlarini Orient Finans bank, Biznesni rivojlantirish banki, Xalq banki, Agrobank, Turon bank, Ipoteka-bank, MKbank va Oʻzmilliybankdan olish mumkin. Ushbu ipotekaning shartlari quyidagilardan iborat:
Muhim! Ushbu imtiyozli ipoteka krediti qurilish-ta’mirlash ishlari uchun Toshkent shahridan tashqari barcha viloyatlarda beriladi.
Tijorat shartlarida qurilish va rekonstruksiya qilish uchun ipoteka kreditlarini quyidagi banklardan olish mumkin:
Bank | Boshlang’ich to’lov | Kredit muddati | Foiz stavkasi | Maksimal summa | |
1 | Hamkorbank | 26% | 10 yil | 25% | 600 mln |
2 | NBU | 25% | 10 yil | 24% | 990 mln |
30% | 23% | ||||
40% | 21% | ||||
3 | Ipoteka-bank | 26% | 20 yil | 25,99% | 825 mln |
4 | Saderat bank | 30% | 7 yil | 24% | Shartnomaga asosan |
5 | Ziraat bank (только для ремонта) | 0% | 1 yil | 23,5% | 150 mln |
2 yil | 24,5% | ||||
3 yil | 25,5% | ||||
6 | Infinbank | 26% (ta’mir uchun 0%) | 6 yil | 29,99% | 330 mln |
7 | Poytaxt bank | 25% | 5 yil | 23% | Shartnomaga asosan |
7 yil | 25% | ||||
10 yil | 27% | ||||
8 | Universal bank | 30% | 3 yil | 32% | 990 mln |
O'zbekiston banklarida mavjud barcha ipoteka kreditlari shartlari bilan Ipoteka krediti sahifasida tanishishingiz mumkin.