Top.Mail.Ru

Oltin quymalar sotib olish - investitsiya qilish usuli sifatida

Oltin investitsiya qilish uchun ishonchli aktivdir. Oltin quymani bankdan pasportning o’zi bilan sotib olish mumkin. Bitim tuzilganidan so’ng bank zaruriy hujjatlarni rasmiylashtiradi, xaridor esa quymani bankda yoki uyda saqlashni hal qilishi kerak. Oltin quymani istalgan vaqtda sotish mumkin, eng asosiysi, sotish va sotib olish narxini hisobga olishdir. Nima uchun oltin sotib olish kerak, oltin quymaning narxi qancha va bitim qanday qilib rasmiylashtirilishi haqida aytib beramiz.

Oltin quymalar sotib olish - investitsiya qilish usuli sifatida

O‘zbekiston uchun oltin quymalar bilan savdo qilish investitsiya qilishning yangi usuli hisoblanadi, chunki u nisbatan yaqinda – 2020-yil noyabr oyidan boshlab amalga oshiriladi.

Savdo qilish tartibi oddiy va hamma uchun ochiq, moliyaviy bozorni o’rganish va aksiyalarni tanlash shart emas. Oltin quymalari ishonchli aktiv hisoblanadi, chunki ular inflyatsiya va bozor inqirozlaridan himoyalangan. Oltin quymani esa to'g'ridan-to'g'ri bankdan sotib olish mumkin.

Eslatma! Mutaxassislar oltinga barcha bo'sh pullarni emas, balki jamg'armalarining faqatgina 5-10 foizini sarmoya qilishni tavsiya qiladi. To’g’ri investitsiya portfelini yaratish uchun oltinni bosqichma-bosqich sotib olish tavsiya etiladi.

Oltin quyma sotib olish uchun bir necha sabablar:

  • Siyosiy xavflardan himoyalangan ishonchli investitsiya aktivi.
  • Uni har doim sotish va pul olish mumkin.
  • Kamdan-kam hollarda qiymatini yo'qotadi. Odatda, narx asta-sekin ko'tariladi.
  • Ular bilan erkin tarzda muomala qilish mumkin.
  • Oltinga talab hech qachon pasaymaydi.
  • Investitsiya qilish uchun maxsus bilim kerak emas, har kim bankdan quyma sotib olishi mumkin.

O’zbekistonda ogʻirligi 5, 10, 20 va 50 gramm boʻlgan, 999,9 soflikdagi oltindan tayyorlangan quymalar maxsus himoya qadoqlarida sotuv uchun taqdim etiladi. Oltin quymalarning qadogʻi sertifikat vazifasini bajaradi va oʻz seriya raqamiga ega boʻladi.

Oltin quymalarning sotish va qaytarib sotib olish narxlari oltinning jahon bozoridagi narxi va Markaziy bank tomonidan belgilangan marja yoki chegirma asosida shakllanadi va har kuni eʼlon qilib boriladi.

Masalan, 2022-yil 25-noyabr holatiga ko‘ra, oltin quymalarini sotish va qayta sotib olish narxlari quyidagicha:

Og'irligi     Sotish narxi
25.11.2022
5 gram3 230 000 so’m
10 gram 6 460 000 so’m
20 gram 12 921 000 so’m    
50 gram 32 302 000 so’m

Narxlar haftada bir necha marta o'zgaradi. To’lovni har qanday shaklda amalga oshirish mumkin. O‘zbekistonda boshqa davlatlardan farqli o‘laroq, oltin sotib olayotganda QQSni alohida to‘lash shart emas, banklar esa komissiya undirmaydi. Banklar tomonidan oltinlarni sotish va qayta sotib olish narxlari bir xil.

Jismoniy shaxslar oltin quymalarini qimmatbaho metallarni sotib olish va sotish litsenziyasiga ega bo’lgan banklardan sotib olishlari mumkin. Rasmiylashtirish jarayoni juda oddiy. Kerakli bank muassasasini tanlash va unga pul va pasport bilan tashrif buyurish kifoya. Bank vakili kassadan kerakli miqdordagi quymalarni olib keladi. Shartnomani imzolab, kerakli pul miqdorni to’lagandan so‘ng, mijoz o‘zining oltin quymalarini oladi, ularni o‘zi bilan olib ketishi yoki saqlash uchun bankda qoldirishi mumkin.

Oltinning qiymati boshqa aktivlarga nisbatan kamroq pasayadi va inqiroz davrida ham deyarli o'zgarmaydi. Shuningdek, oltin doimiy ravishda qimmatlashib borish xususiyatiga ega. Biroq, har qanday investitsiya tavakkalchilini o'z ichiga oladi va oltin ham bu qoidadan istisno emas. Oltin quymalariga investitsiyalarning sezilarli daromadliligi uzoq muddatda - 10 yildan ortiq vaqt davomida kuzatiladi. Quyma sotib olish katta foyda olishdan ko'ra ko'proq jamg’arish usulidir. Bundan tashqari, oltin quymalarga investitsiyalar masalan, aktsiyalar, obligatsiyalar va depozitlar kabi passiv daromad keltirmaydi. Agar mijoz investitsiyalar orqali passiv daromad olish yo'lini izlayotgan bo'lsa, bu usul unga to’g’ri kelmaydi. Oltinga sarmoya kiritishdan foyda olishning yagona yo'li bu uni faqatgina sotishdir.

17:26 • 25 November, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish