Top.Mail.Ru
21-September, 19:04 |  393

Islom moliyasi tamoyillari asosida qanday qilib investitsiya qilish mumkin?

Investitsion dunyo yil sayin hilma hillashib, moliyaviy bozor vositalari esa tobora jozibador bo'lib bormoqda. Zamonaviy investor o'z mablag'larini nafaqat daromadlilik va tavakkalchilik asosida, balki o'zining axloqiy tamoyillari va diniy e'tiqodi asosida ham investitsiya qilish imkoniyatiga ega.

Islom moliyasi tamoyillari asosida qanday qilib investitsiya qilish mumkin?

Bugungi kunga kelib, shariatning qat’iy axloqiy me'yorlariga asoslangan islom investitsiyalari keng tarqalmoqda. Islom investitsiyasining oddiy investitsiyalardan asosiy farqi spekulyativ vositalarga sarmoya kiritish orqali daromad olishni inkor etishdir.

Islom moliyasi shariatning asosiy tamoyillariga asoslanadi - islom dini qoidalari nuqtai nazaridan ruxsat etilgan moliyaviy vositalar va investitsiya usullari bilan kapitalni saqlash va ko'paytirish.

Islom investitsiyasi tamoyillariga ko‘ra, asosiy faoliyati islom dinining asosiy tamoyillariga zid bo‘lgan kompaniyalarga investitsiyalar kiritish, jumladan, spirtli ichimliklar ishlab chiqarish yoki sotish, kredit foizlari asosida moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, cho‘chqa go‘shti va undan tayyorlangan mahsulotlarni ishlab chiqarish, qimor o‘yinlarini tashkil etish va spekulyativ faoliyatni amalga oshirish faoliyati bilan  shug’ullanadigan tashkilotlarga investitsiya kiritish mumkin emas.

Bunday holda, savol tug'iladi: investor o'z jamg'armalarini qayerga yo’naltirishi mumkin? Yoki islom moliya bozori qanday muqobil taklif berishi mumkin?

O'zbekistonda mavjud islom investitsiya vositalaridan biri IMAN Invest investitsiya kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan mudoraba hisoblanadi.

Mudoraba – investitsion hamkorlik shakli bo‘lib, unda bir tomon loyihani moliyalashtiradi, ikkinchisi esa uni amalga oshirish uchun javobgardir. Mudoraba shartlariga ko'ra, investitsiyalardan olingan foyda hamkorlar o'rtasida oldindan belgilangan foiz miqdorida taqsimlanadi.

IMAN – islom moliyasi tamoyillari asosida faoliyat yurituvchi investitsiya fondi. IMAN investorlarning mablag'larini jalb qiladi va ularni muddatli to’lov savdosiga yo'naltiradi va olingan foydani investorlar o'rtasida adolatli taqsimlaydi.

O‘zbekiston Respublikasining har bir fuqarosi IMAN investori bo‘lishi mumkin. Minimal investitsiya miqdori 1 000 000 so‘mni tashkil etadi. Investitsiya muddati 1 yildan 4 yilgacha. Investorning foydasi investitsiya qilinganidan keyingi oyning boshidan boshlab hisoblana boshlaydi.

Investitsiya qabul qilingan paytdan boshlab mablag‘lar butun O‘zbekiston bo‘ylab savdo operatsiyalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. IMAN O'zbekiston bo'ylab 300 dan ortiq savdo hamkorlariga ega.

IMAN qanday ishlaydi?

Investitsiya jarayonida uchta tomon – IMAN, investitsiya loyihasi va individual investorlar qatnashadi. IMAN loyiha boshqaruvchisi sifatida ishtirok etadi, investorlarning pullari esa loyihani moliyalashtirishning qo'shimcha manbai hisoblanadi.

Investorlardan jalb qilingan barcha mablag‘lar tovar va xizmatlarni muddatli to’lov asosidagi savdosini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda, tovar yoki xizmat uchun ustama inflyatsiyani hisobga olgan holda va mijozning skoring natijalariga ko'ra bir marotaba belgilanadi. Shu asosida, islom moliyasi tamoyili buzilmaydi.

IMAN savdo bitimiga misol keltiramiz. U quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Muddatli to‘lovga tovar sotib olishni istagan mijoz skoring jarayonidan o‘tadi.

2. Kerakli hujjatlarni taqdim etish orqali tizim mijozning kredit tarixi, daromadi va boshqa ko‘plab ma'lumotlarni aniqlaydi.

3. Tizim ma'qullagan taqdirda mijoz bilan bitim tuziladi. Shu tarzda, IMAN tovarni hamkor-do‘kondan sotib oladi va mijozga sotadi.

Shunday qilib, minglab savdo operatsiyalaridan kunlik to'lovlarni qabul qilib, IMAN foydani investorlar o'rtasida teng taqsimlaydi.

Investorning ilovada ro‘yxatdan o‘tishi, shaxsining tasdiqlanishi va uning Davlat xizmatlari markazida investor sifatida ro‘yxatdan o‘tishidan boshlab investisiya qilishi va foydani chiqarib olishigacha bo‘lgan barcha jarayon IMAN Invest ilovasi orqali amalga oshiriladi.

 Teglar

Investitsiyalar

O'xshash yangiliklar

depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish