Pandemiya tengsizlik, qashshoqlik va davlat moliyasida o‘chmas iz qoldirishi shubhasiz.
Xalqaro Valyuta jamg‘armasi bergan maʼlumotlarga ko‘ra, vaksinalashni amalga oshirish ko‘plab mamlakatlarda hayot tarzini saqlab qoldi va iqtisodiyotni tiklanishiga yordam berdi, biroq virusning yangi turlari orasida noaniqlik saqlanib qolmoqda. “Jahon iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollari” tashkilotining fiksal monitoringi ko‘rsatganidek, pandemiya tengsizlik, qashshoqlik va xususan davlat moliya tizimida o‘chmas iz qoldiradi.
Pandemiya tufayli global qarz miqdori 2020-yilda 14 foizga oshib, rekord darajadagi 226 trillion dollarga yetdi. Bu raqam davlat va moliyaviy bo‘lmagan xususiy sektor qarzlarini o‘z ichiga oladi va ortiqcha xususiy qarz oxir-oqibat yuqori davlat qarziga aylanishi mumkin.
XVJ ma‘lumotlariga ko‘ra, davlat qarzi hozirda 88 trillion dollarni tashkil etadi, bu esa YaIMning 100 foizi demakdir. Davlat qarzi 2021-2022-yillarda har yili YaIMning qariyb 1 foiz bandiga kamayishi kutilmoqda: bundan keyin u YaIMning 97 foizini tashkil qilishi lozim. Qarzlar oshgani sayin, mamlakatlar byudjet siyosatini o‘ziga xos sharoitlarga, shu jumladan, emlashlarning tezligi va tiklanish kuchiga moslashtirishlari kerak bo‘ladi.
Mamlakatlarda sharoitlar daromad guruhlari o‘rtasida ham, soliq va moliyaviy siyosatda ham turlicha farq qiladi.
Xususan, rivojlangan iqtisodiyotda byudjet siyosati iqtisodiy faollik va bandlikni qo‘llab -quvvatlashda davom etmoqda. Bu mamlakatlarda byudjet-soliq siyosati pandemik favqulodda vaziyatlardan va yordamlardan voz kechmoqda. U allaqachon “yashil” va “raqamli transformatsiya”ni qo‘llab-quvvatlash uchun davlat sarmoyasi sari intilmoqda. Ba‘zi strategiyalar iqtisodiyotni yana-da inklyuziv qiladi. Masalan, Qo‘shma Shtatlarda ba‘zi byudjet takliflari tengsizlikni kamaytirishga qaratilgan va qashshoqlikni deyarli uchdan bir qismga kamaytirishi mumkin.
Shuningdek, maʼlumotda keltirilishicha, moliyaviy siyosat butun dunyoda ham dolzarb hisoblanadi. Masalan, Yevropa Ittifoqi (Yevropa Ittifoqining kelgusi avlodni qayta tiklash rejasi) va Amerika Qo‘shma Shtatlari (Amerika ish o‘rinlarini yaratish rejasi va Amerika oilaviy rejasi) tomonidan e‘lon qilingan katta paketlar agar to‘liq amalga oshirilsa, 2021-yildan 2026-yilgacha jahon yalpi ichki mahsulotiga jami 4,6 trillion dollar qo‘shishi mumkin.
Qayd etilishicha, ko‘pgina mamlakatlarda aholining katta qismi emlanmagani natijasida, bozor iqtisodiyoti shakllangan va kam daromadli rivojlanayotgan mamlakatlarning istitiqbollari murakkablashmoqda.
Bundan tashqari, inqiroz uzoq muddatli salbiy oqibatlarga olib kelishi va natijada pandemiyadan oldingi tendensiyalarga qaraganda, ayniqsa, kam daromadli rivojlanayotgan mamlakatlarda byudjet daromadlarining kamayishiga olib kelishi kutilmoqda.
Bu esa, rivojlanish dasturini amalga oshirishni murakkablashtiradi. Rivojlangan iqtisodiyotga qaraganda ancha cheklangan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash moliyaviy cheklovlarning kuchayishi tufayli pasayishda davom etmoqda. Hukumatlar sog‘lig‘i va himoyaga muhtoj odamlarning himoyasini birinchi o‘ringa qo‘yishda davom etishlari kerak. Inqirozning eng yomon davridagi iqtisodiy yaxshilanishlarga qaramay, 2021-yil oxiriga kelib, qashshoqlik chegarasidan past bo‘lgan odamlar pandemiyasiz davrga nisbatan 65-75 millionga ko‘p bo‘lishi taxmin qilinmoqda.
Xatarlar asosan virusning variantlari va emlashning pastligi bilan bog‘liq. Katta qarzlar va davlat moliyalashtirish ehtiyojlari ham zaiflik manbai hisoblanadi. Qarz olish xarajatlari allaqachon oshib bormoqda, chunki ba‘zi rivojlanayotgan iqtisodiyotdagi markaziy banklar inflyatsiyani oldini olish uchun foiz stavkalarini ko‘tarishni boshladilar. Qolaversa, rivojlangan iqtisodiyotda foiz stavkalarining keskin ko‘tarilishi xavfi mavjud. Bu, ayniqsa, qarzdor va moliyaviy zaif davlatlar uchun moliyalashtirish shartlariga bosim o‘tkazadi. Ijobiy tomoni shundaki, butun dunyo bo‘ylab emlashni tezlashtirish bo‘yicha kuchliroq harakatlar o‘sish istiqbollarini yaxshilaydi va davlat moliyasini yaxshilaydi, deyiladi hisobotda.
XVF hisobotiga ko‘ra, hamkorlikni mustahkamlash uchun mavhum istiqbollar va davlat moliyasining jiddiy muammolari oldida hukumatlar bir necha yo‘nalishlarda harakat qilishlari darkor. Yaʼni:
- siyosatni pandemiya, iqtisodiy rivojlanish va dunyoqarash bilan uyg‘unlashtirgan holda qo‘llab-quvvatlashni bosqichma-bosqich tugatish, fiskal chora-tadbirlar davlat moliyasi uchun xavf-xatarlarni ushlab turishga, narx va moliyaviy barqarorlikni saqlashga qaratilgan bo‘lishi kerak.
- iqtisodiy transformatsiyani oqilona, ekologik toza, yana-da barqaror va inklyuziv qilish – bu jismoniy kapital, ta‘lim va ijtimoiy xavfsizlik tarmoqlariga investitsiyalarning ko‘payishini, shuningdek, xodimlarni qayta tayyorlash va eng yaxshi ish o‘rinlariga joylashtirishni anglatadi.
Bu qadamlar kam ta‘minlangan rivojlanayotgan mamlakatlarda daromadning doimiy pasayishi ehtimolini hisobga olib, barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish uchun mavjud mablag‘larni kamaytirishi ayniqsa dolzarbdir. Shuningdek, qisqa muddatda davlat kreditiga zarar yetkazmasdan keyingi qo‘llab -quvvatlash imkoniyatlarini yaratish orqali soliq-byudjet siyosatiga ishonchni oshirish lozim. Favqulodda xarajatlar oshkoralik va hisobdorlikni ta‘minlaydigan choralar bilan birga olib boriladi. O‘rta muddatli moliyaviy tizim kreditorlarni hukumatlar moliyaviy hisobot berishiga ishontirishi va moliyalashtirish xarajatlarini kamaytirishi mumkin.
Xalqaro hamjamiyat hozirgacha muhim yordam ko‘rsatgan bo‘lsa-da, kam ta‘minlangan mamlakatlarda moliyaviy zaifliklarni kamaytirishga ko‘proq yordam kerak. Yaqinda XVJning maxsus qarz olish huquqini umumiy taqsimlash xalqaro likvidlilikni oshirishga yordam beradi. Agar yuqori daromadli davlatlar SDR mablag‘larining bir qismini kam ta‘minlangan rivojlanayotgan mamlakatlarga yo‘naltirsa va shu orqali barqaror rivojlanishga hissa qo‘shsa, uning ijobiy ta‘sirini kuchaytirish mumkin, deya hisobotda qayd etilgan.