Top.Mail.Ru

Uorren Baffet: “Qarz va kreditlarni aql bilan oling!”. Buyuk investordan pul bilan bog’liq foydali maslahatlar.

Uorren Baffet investitsiya orqali boylik orttirgan dunyodagi eng boy odamlardan biri. O'z kitobida u juda oddiy va foydali bo'lgan ba'zi maslahatlarni beradi.

Uorren Baffet: “Qarz va kreditlarni aql bilan oling!”.  Buyuk investordan pul bilan bog’liq foydali maslahatlar.

Albatta bu maslahatlar sizga millionlab pul topishga yordam beradi deb aytolmaymiz, chunki o'zingizdan boshqa hech kim sizga millionlarni ishlab topib bera olmaydi. Ammo bu maslahatlar sizga pulning mohiyatini tushunishga va o’z aqli tufayli milliarderga aylangan odamning fikrlashini bilib olishga yordam beradi. Demak, ular quyidagilar:

Pulni aql bilan qarzga oling

Baffet ortiqcha qarz olishdan ogohlantiradi. Kredit kartalari, bo'lib-bo'lib to'lash, ipoteka - bularning barchasi bir kun kelib sizning kredit to'lovlaringiz xarajatlaringizdan oshib ketishiga olib keladi va orqaga yo’l bo'lmaydi.

“Men ko'p odamlarning spirtli ichimliklar tufayli muvaffaqiyatsizlikka uchraganini ko'rdim. Lekin qarz olishga bo’lgan haddan tashqari ishtiyoqi tufayli bankrot bo'lgan odamlar ham undan kam emas. Agar siz yetarlicha aqlli bo'lsangiz, qarz olmasdan ham pul ishlab topishingiz mumkin."

Avval o'zingizga to'lang

Agar siz pulni tejashni o'rganmoqchi bo'lsangiz, ushbu qoidadan foydalaning:

“Pulni sarflab bo’lganingizdan keyin jamg’arishga urinmang. Pulni darhol jamg’arib qo'ying."

Bu oddiy, lekin samarali usul. Faraz qilaylik, sizning asosiy ehtiyojlaringizni qondirish uchun yetarli daromadingiz bor va siz pulni jamg’arishni boshlamoqchisiz. Daromadingizni qo’lingizga olgan zahotiyoq, bir oylik to'lovlar va boshqa harajatlarni to'lash uchun kerakli miqdorda pul ajrating, so'ngra jamg’arish uchun bo'lgan miqdorni alohida ajratib qo’ying. 

Ushbu qoida sizga nihoyat o'zingizni qo’lga olib, pulni jamg’arishni boshlashingizga yordam beradi. Buni qilishni boshlaganingizdan so'ng, orqaga qaytish bo'lmaydi va har oy kerakli miqdorni tejash siz uchun ancha oson bo'lib qoladi.

Pul bilan bo’gliq odatlaringizni to’g’ri baholang

Masalan, ofisda ishlaydigan oddiy bir qizni tasavvur qiling. Har kuni u yaqin atrofdagi kafega tushlik qilish uchun chiqadi va u yerdan kofe va bulochka sotib oladi. Aytaylik, bunga u bir kunda 20 ming so‘m sarflaydi. Endi hisoblaylik. Bir haftada 100 000 so‘m, bir oyda 400 000 so‘m, bir yilda esa 4 800 000 so‘m sarflaydi. Tushlik vaqtida bulochka bilan kofe ichish kabi oddiy odatdan voz kechish orqali deyarli 5 000 000 so‘mni tejash mumkin. U iste'mol qilmaydigan kaloriyalar soni haqida gapirmasa ham bo'ladi.

Agar siz odatlaringizni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, eng yaxshi yo'l ularni qilishni to'xtatishdir. Siz uchun  ustuvor bo’lgan narsalarni aniqlashni va to'g'ri yo'nalishda harakat qilishni o'rganing.

Narx va qiymat – bu bir xil tushuncha emas

Baffet o'z ehtiyojlari bo'yicha nihoyatda tejamkor odam. Uning tejamkorligi tovarning qiymati bilan belgilanadi. Bu haqida u shunday degan:

"Uzoq vaqt oldin, Ben Grem menga “narx – bu to'lagan narsang va qiymat esa - sen ega bo’lgan narsang” deb aytgan. Men narx eng past bo'lganda sotib olishni yaxshi ko'raman, bu paypoq bo’ladimi yoki qimmatli qog'ozlarmi, buning ahamiyati yo’q."

Biroq, tejamkor bo'lish hamma narsani arzonga sotib olishni anglatmaydi. Lekin bu, ko'p pul evaziga qimmatbaho narsalarni sotib olish kerak degani ham emas. Boshqa so'z bilan aytganda:

"Oddiy kompaniyani aql bovar qilmaydigan narxda sotib olgandan ko'ra, aql bovar qilmaydigan kompaniyani oddiy narxda sotib olgan ma'qul."

Agar siz tejamkor bo'lishni istasangiz, keyingi safar nafaqat narxiga, balki siz uchun shu mahsulotning qadr-qiymati qanchalik muhimligiga e'tibor bering.

Investitsiya qilish siz o'ylagandan ko'ra osonroq

Investitsiya haqida darsliklarda topish qiyin bo'lgan qoida mavjud:

"Indeks fondiga 10 yil davomida kichik qismlarda investitsiya kiritish orqali siz, bir vaqtning o'zida katta miqdorda investitsiya qilganlarga qaraganda ko’proq foydaga ega bo'lasiz."

Uzoq muddatli investitsiyalar ustuvor hisoblanadi

Baffet qimmatli qog'ozlar narxining kunlik keskin ko'tarilishi natijasida barbod bo'lish oson, deb ogohlantiradi. Shuning uchun uning tanlovi uzoq muddatli investitsiyalardir.

“Agar siz aktsiyalarni 10 yil ushlab turishni rejalashtirmasangiz, uni 10 daqiqaga ham sotib olishni o'ylamang. So'nggi yillarda qiymati o'sgan kompaniyalarni kuzating va faqat shu kompaniyalar aktsiyalarni sotib olish to'g'risida o’ylab ko’ring.”

Agar siz allaqachon kompaniya aktsiyalarini sotib olgan bo'lsangiz, Baffet sizga ularning qiymatini har kuni kuzatmaslikni maslahat beradi. Asablaringizni saqlang. Ko'pgina mashhur investorlar aktsiyalarni sotib olishadi va ma’lum vaqtga ular haqida unutadilar. To’g’ri, biz milliarder emasmiz, shuning uchun investitsiya qilingan pulni unutishimiz qiyin bo'ladi, lekin har daqiqada aksiyalar narxi o’zgarishini kuzatishga asabni sarflash ham ahmoqlikdir.

Pul bu hali hamma narsa emas

Unga gapirish oson. U milliarderku deb o’ylaymiz.

Intervyuda Baffet shaxsiy samolyotda uchishni yoqtirishini, ammo o'nlab uylarga ega bo'lish og'ir yukligini aytgan. Bundan tashqari, Baffetning so'zlariga ko'ra, uning hayotida ikkita eng qimmatli boylik bor: uning sog'lig'i va u uzoq vaqtdan beri do'st bo'lgan o’rtoqlaridir. Pul ko'p narsani beradi, lekin ularsiz hayotda juda ko'p muhim narsalar borligini unutmang.

17:53 • 30 March, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish