Top.Mail.Ru

Ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn kredit taklifi: rost yoki yolg’on?

So'nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tezkor onlayn kreditlar haqida ko'plab e'lonlar va reklamalar mavjud.

Ijtimoiy tarmoqlardagi onlayn kredit taklifi: rost yoki yolg’on?

Bugungi kunda O‘zbekistondagi deyarli barcha internet foydalanuvchisi bir marta bo’lsa ham firibgarlarga duch kelgan yoki tanishlari va do‘stlaridan plastik kartochkadan pul o‘g‘irlanishi haqida eshitgan bo‘lsa kerak. Bu tendentsiya so'nggi yillarda juda avj olmoqda.

Xususan, bunday holatlar ko'pincha u yoki bu tovarni onlayn savdo maydonchalari orqali sotish uchun e’lon qo’yilganda uchrab turadi. Bir kishi o'zini xaridor sifatida ko'rsatib, shaxsiy xabarlarda e’longa qo’yilgan tovarni sotib olmoqchiligi haqida yozadi, so'ngra uni yetkazib berish xizmati orqali yuborishni so'raydi va to’lovni qabul qilish uchun havola yuborib, ma’lumotlarni to’ldirish orqali to’lovni qabul qilib olishni sotuvchiga aytadi. Oxir-oqibat, sotuvchi karta ma'lumotlarini taqdim etgandan so'ng, kartada mavjud bo’lgan barcha pullarni yo'qotadi.

Ko'p odamlar ommaviy axborot vositalaridagi ko'plab ogohlantiruvchi xabarlar va yangiliklarga qaramay, hali ham bunday firibgarlikdan bexabar yoki bu ularni chetlab o’tadi deb o'ylashadi.

Firibgarlar o’z navbatida bir joyda turmaydi va katta daromadlarni jalb qilish uchun yangi usullarni o’ylab chiqishadi va ulardan foydalanadilar. Misol uchun, Telegram messenjeridagi ba’zi yangiliklar kanallarida tezkor va hatto foizsiz onlayn kredit olish haqidagi e'lonlar uchrab turibdi. Oddiy odam yangiliklar kanali hech qachon firibgarlarni reklama qilmaydi deb hisoblaydi, lekin ular ham pul uchun LoanExpert deb nomlangan firibgar kompaniyani reklama qilishni boshlagan.

Bu korxona go‘yoki 5 yil muddatga 25 million so‘mgacha qulay kredit beradi. Buning uchun mijoz ro'yxatdan o'tishi kerak, shundan so'ng u boshqa sahifaga o'tadi, u yerda pul olish uchun barcha karta ma'lumotlarini ko'rsatishi kerak. Qolgani esa allaqachon yo’lga qo’yilgan eski sxema bo'yicha amalga oshiriladi – kartada mavjud bo’lgan barcha mablag'lar yechib olinadi.

O‘zbekistonda Telegram messenjeri deyarli barcha aholi uchun eng qulay aloqa vositasi hisoblanadi. Ko‘pchilik litsenziyasi bor-yo‘qligini bilmay, Telegram kanallarida yangiliklarni o‘qiydi. Shuning uchun, "Yangi firibgarlar" yangiliklar kanallari bilan hamkorlikda firibgarlikning yangi usulini o'ylab topganlar.

Agar ilgari firibgarlar savdo maydonchalari orqali har bir “jabrlanuvchi” bilan alohida bog‘langan bo‘lsa, endilikda axborot kanallarining ommaviy auditoriyasi tufayli ular talonchilik yo‘li bilan mablag‘ olish jarayonini tezlashtirib oldilar.

Shu kabi reklamalarni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ham topish mumkin. Va agar siz bunday reklamalarga duch kelsangiz va o'zingizni sinab ko'rishga qaror qilsangiz, firibgarlarni tanib olish uchun bir nechta tavsiyalarga amal qilishingizni maslahat beramiz:

  • firibgarlar boshqa banklar va mikromoliya tashkilotlariga qaraganda qulayroq kredit shartlarini va'da qiladilar;
  • pasaytirilgan stavkalarda kreditlar va qarzlar taklif qilishadi;
  • kredit olish uchun sizdan komissiya to'lash so'raladi;
  • bank kartangizning barcha ma'lumotlarini kiritib, shubhali arizani to'ldirishingizni so'rashadi.

Moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda iloji boricha hushyor bo'ling va firibgarlar tuzog’iga tushib qolmang.

16:21 • 24 March, 2022

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish