Banklar o'z mijozlariga jamg'armalarining xavfsiz saqlanishi uchun barcha xizmatlarni taqdim etadi. Bu yerda nafaqat kredit, omonat va karta mahsulotlaridan, balki qimmatbaho narsalarni saqlash uchun maxsus yacheykalardan ham foydalanish nazarda tutilmoqda.
Bank yacheykasi nima o’zi? Qimmat buyumlarni saqlash uchun qanday shartlarda yacheykani ijaraga olish mumkin va uning narxi qancha?
Bank yacheykasi nima?
Bank yacheykalari oddiy metall seyflar bo'lib, bank ularni o'z mijozlariga ijaraga taklif etadi. Yacheykaning o'lchami mijozning ehtiyojlariga bog'liq, ular bir nechta xil o’lchamda bo’ladi. Yacheykalar bankning maxsus ajratilgan joyida - depozitariylarda joylahtiriladi, depozitariylar odatda binolarning podval qismida joylashadi, bir nechta zirhli eshikka ega bo’ladi va ishonchli signalizatsiya tizimi bilan himoyalanadi.
Bank yacheykalarida naqd pul, qimmatli qog'ozlar, qimmatbaho metallar va toshlar, zargarlik buyumlari, hujjatlar va boshqa qimmatbaho narsalarni saqlash mumkin.
Bank yacheykasi ham ishonchli ham maxfiydir, shuning uchun yacheyka kalitlari faqat seyf ijarachisi va bank vakilida saqlanadi, uchinchi shaxslarning ushbu xonaga kirishi cheklangan bo’ladi.
Mijozlar o'z yacheykalariga kirishi bo’yicha hech qanday cheklov yo’q. Ammo har bir tashrifda mijoz o'z shaxsini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi va maxsus jurnalga imzo qo'yishi shart.
Odatda, yacheykani ochish uchun ikkita kalit kerak bo'ladi - bank xodimining kaliti (begona odam kiritilmaydi), shuningdek mijoz kaliti. Xodim o'z kaliti bilan, mijoz o’z kaliti bilan yacheykani ochadi va bank xodimi mijozni qimmatbaho buyumlari bilan yolg'iz qoldiradi. Ya'ni, siz shunchaki depozitariyga kirib, yacheykangizni ocholmaysiz, bank xodimi kirishi shart.
Depozit yacheykalaridan foydalanishda banklar mijozlarga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:
Yacheyka qanday shartlarda taqdim etiladi?
Har kim qimmatbaho narsalarni saqlash uchun yacheykadan foydalanishi mumkin, buning uchun faqat pasport kerak bo’ladi. Yacheykani ijaraga olish bank bilan ijara shartnomasi tuzilgandan keyin mumkin bo'ladi. Shartnomaga ko'ra, bank yacheyka tarkibi haqida ma'lumotga ega bo’lmaydi, faqat ijaraga berish bo'yicha xizmat ko'rsatadi. Ya'ni, bank yacheykaning yaxlitligi uchun javobgardir.
Shu bilan birga, yacheykalarda boshqalarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan har qanday turdagi giyohvandlik vositalari yoki radioaktiv moddalarni saqlash taqiqlanadi. Shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq o‘qotar qurol yoki boshqa qurolni saqlash taqiqlanadi. Yacheykada saqlanayotgan narsalarning o'zaro ta'siridan kelib chiqadigan har qanday yo'qotishlar uchun mijozning o'zi javobgar bo'lishi alohida belgilab qo'yilgan.
Bank uchun eng asosiysi bu mijoz yacheykada taqiqlangan narsalarni saqlamasligi (masalan, uskunani ishdan chiqarishi mumkin bo’lgan narsalar) va ijara xizmati uchun o'z vaqtida to'lov qilishidir.
Bank yacheykasini ijaraga olish narxi qancha?
Banklar uchun depozit yacheykalari narxining yagona tarifi yo'q. Har bir bank ichki siyosati asosida narxni belgilaydi. Shuningdek, yacheyka ijarasi narxi uning o'lchamiga bog'liq - balandligi 40 mm dan 650 mm gacha bo'lgan yacheykalar mavjud. Ichki hajmi qanchalik katta bo'lsa, narxi shuncha qimmatroq bo’ladi.
Bugungi kunda quyidagi banklarda yacheykani ijaraga olish mumkin:
Bank yacheykalari yuqoridagi banklarning barcha filiallarida mavjud emas. Bankning aloqa markazi yoki sayti orqali yacheykalar mavjudligi to'g'risidagi ma'lumotlarni bankka murojaat qilishdan oldin aniqlashtirish zarur.