Amaldagi qonunlarga muvofiq, inson ishga joylashganda ushbu qonunlar bilan himoya qilinadi va Mehnat kodeksida mustahkamlangan ko'plab huquqlarga ega bo’ladi.
Xodimni ishga olishda albatta mehnat shartnomasi tuziladi va unda mehnat shart-sharoitlari, asosiy huquq va majburiyatlar aks ettiriladi. Xodim ushbu shartnomada nazarda tutilgan ish haqini oladi. Ish beruvchi va xodim o'rtasidagi barcha munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi. Shartnomada aks ettirilmagan masalalar bo’yicha tomonlar Mehnat kodeksiga amal qiladilar.
Qonunchilikda norasmiy mehnat munosabatlari tushunchasi mavjud emas. Norasmiy ishda xodim va ish beruvchi o'rtasida hech qanday shartnoma yoki bitim tuzilmaydi. Ular o'rtasidagi barcha munosabatlar qonunchilik darajasida tartibga solinmaydi, faqat og'zaki kelishuv mavjud bo’ladi. Mehnat majburiyatlarini bajarish shartlari, ish haqi, xodim va ish beruvchi o'rtasidagi munosabatlarga oid boshqa har qanday masalalar bo'yicha og'zaki kelishiladi.
Bir qarashda, amaldagi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy bandlik ishlayotganlar uchun eng maqbul variantdir, ammo ko'pchilik hali ham rasmiy ro'yxatdan o'tmasdan ishlashni afzal ko'radi.
Mehnat munosabatlarini rasmiy ro'yxatdan o'tkazmasdan ishlash amaldagi mehnat qonunchiligiga ziddir, ya'ni noqonuniy hisoblanadi.
Rasmiy bandlikning ijobiy tomonlari
Shubhasiz, bunday bandlik xodim uchun juda ko'p afzalliklarga ega:
Ushbu ro’yxat mehnat to'g'risidagi qonun hujjatlari bilan tasdiqlangan barcha huquqlarning hammasi emas. Rasmiy ravishda ishlayotgan fuqaro qonunlarda bevosita ko'rsatilmagan bir qator boshqa afzalliklarga ham ega bo’ladi.
Bankdan yoki boshqa moliya institutidan kredit olishda, qoida tariqasida, moliya muassasasi xodimlari birinchi navbatda potentsial qarz oluvchining ish joyiga e'tibor beradi. Banklar mijozning ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnomasini talab qiladi. Qarz oluvchi oxirgi joyda ishlagan davr ham hisobga olinadi.
Ba'zi mamlakatlarga viza olishda nafaqat doimiy ish joyidan ma'lumotnoma, balki ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma ham kerak bo'ladi.
Yangi joyga ishga qabul qilinganda, korxonaning kadrlar xizmati oldingi ish joyi to'g'risida mehnat daftarchasidagi yozuvlarni tekshiradi. Ba’zi hollarda xodim uchun oldingi ish beruvchidan yozma tavsifnoma ham so’raladi. Ko’p hollarda, ma’lum bir mutaxassislik bo'yicha tasdiqlangan ish tajribasiga ega bo'lgan izlanuchilarga ustunlik beriladi.
Rasmiy bandlikning salbiy tomonlari
Rasmiy bandlikning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ba'zi hayotiy vaziyatlarda mehnat shartnomasisiz ishlash afzalroq bo'ladi:
Ko'p hollarda, ro'yxatdan o'tmasdan ishlash aholining ayrim toifalari uchun foydalidir. Masalan nafaqaxo'rlar, chunki ular uchcun bu iqtisodiy jihatdan foydalidir.
Talabalar ko'pincha kam maoshli ishlarda ishlaydi. Ular qabul qilinadigan lavozimlar har doim ham bo'lajak mutaxassislar tanlagan kasblarga mos kelmaydi.
Ba'zida norasmiy daromadlar ancha yuqori bo'ladi va bu ko’p odamlarni jalb qiladi. Daromad miqdori ish beruvchini to'lanmagan soliqlar va badallar bo'yicha tejashi orqali oshiriladi.
Albatta, aytib o’tilgan kamchiliklar rasmiy ishda ishlamaslik uchun asos hisoblanmaydi, bu shunchaki ma’lumot uchun keltirildi. Ularning barchasi qonunchilikka ziddir.
Aksariyat hollarda amaldagi qonunchilikka muvofiq ishga rasmiy joylashish talab etiladi. Norasmiy mehnatdan sal ko'proq foyda ko'raman deb, odam o'zi sezmagan holda ko'p narsani yo'qotadi. Birinchidan, u amaldagi qonunchilik bilan himoyalanish hissini yo'qotadi. Ikkinchidan, u pensiyani hisoblashda talab qilinadigan zarur ish tajribasiga ega bo'lmaydi. Kerakli ijtimoiy to’lovlar to’lanmaydi, bu esa kelajakdagi pensiya miqdoriga katta ta'sir qiladi. Uchinchidan, faqat og'zaki kelishuv qilib, odam ish haqi bilan aldanib qolish havfi yuqori bo’ladi. Va'da qilingan ta'tillar va boshqa imtiyozlar shunchaki va'da bo'lib qolib ketishi mumkin. Bundan tashqari, yangi ish qidirishda potentsial ish beruvchiga ish tajribasi mavjudligini isbotlash qiyin bo'ladi. Faqat malaka talab qilmaydigan ishga joylashish imkoniyati bo’ladi. Bular norasmiy ishning faqat ba’zibir kamchiliklari xolos.
Tavsiyalar
Qonun bilan himoyalanish, ish haqini o‘z vaqtida va to‘liq olish, mehnat qonunchiligida nazarda tutilgan barcha imtiyozlardan foydalanish va kelajakda munosib pensiya olish uchun quyidagilar zarur:
Rasmiy ish joyiga va daromadga ega bo’lish zamonaviy hayotning mutlaq zaruratidir, bir lahzalik imtiyozlar va jozibali takliflar deb undan voz kechish va ayirilib qolish kerak emas.