Top.Mail.Ru

Qimmatli qog'ozlarning asosiy turlari – aksiya va obligatsiyalar

Qimmatli qog'ozlar bozoriga sarmoya kiritishni boshlash uchun birinchi navbatda qimmatli qog'ozlar nima ekanligini, ularning turlari va qanday daromad keltirishi mumkinligini tushunish kerak.

Qimmatli qog'ozlarning asosiy turlari – aksiya va obligatsiyalar

Qimmatli qog'oz nima

Birinchi navbatda, bu mulkiy majburiyatlarni bajarish huquqi – kompaniya foydasining bir qismini olish, qarzga olingan pulni qaytarish va hk. Bundan tashqari, kompaniya faoliyatida - masalan, aksiyadorlar yig'ilishida ishtirok etish huquqiga ega bo'lish ham mumkin. Qimmatli qog'ozni taqdim etish orqali aksiya egasi o'z huquqlarini amalga oshirishi mumkin (masalan, dividendlar olish, yig'ilishda ovoz berish) yoki ularni sotish orqali boshqa shaxsga o'tkazishi mumkin.

Qimmatli qog'ozlarning turlari

Qimmatli qog'ozlar bir necha mezonlarga ko'ra tasniflanadi. Eng asosiysi bu quyidagi bo'linishdir:

Ulushli qimmatli qog'ozlar. Bularga oddiy yoki imtiyozli aksiyalar kiradi. Ulushli qimmatli qog'ozlar kompaniya va uning dividendlar ko'rinishidagi foydasidagi ulushga bo'lgan huquqni tasdiqlaydi. Bundan tashqari, bunday qimmatli qog'ozlar kompaniyani boshqarishda ovoz berish huquqini beradi, ammo bu huquq ulushning hajmiga bog’liq bo’ladi. Ya'ni, ulush qanchalik katta bo'lsa, aksiya egasining ta’siri shunchalik kuchli bo'ladi. Qimmatli qog'ozlarning nazorat paketi degan tushuncha mavjud, ya'ni kompaniyaga oid asosiy qarorlarni qabul qilish uchun yetarli miqdordagi aksiyalar;

Qarz qimmatli qog'ozlari - obligatsiyalar. Ular egasining qarzni ma'lum muddatdan keyin talab qilish va unga foizlar to'lanishi huquqini tasdiqlaydi. Darhaqiqat, qarz qimmatli qog'ozini sotib olib, egasi o'z mablag'larini kompaniyaga qarzga beradi va kompaniya o'z navbatida bu pulni qaytarib berish va muntazam ravishda foizlarni (kuponlar yoki diskont) to'lash majburiyatini oladi.

Qanday qilib qimmatli qog'ozdan daromad olish mumkin

Qimmatli qog'ozlarga sarmoya kiritish orqali investor o'z investitsiyasidan foyda olishni kutadi. Qimmatli qog'ozlardan olinadigan daromad ikki xil bo'lishi mumkin:

  • aktivning o'zi olib keladigan daromad. Bu aksiyalardan olinadigan dividendlar, obligatsiyalardan esa kuponlar bo'lishi mumkin;
  • spekulyativ, ya'ni qimmatli qog'ozni sotib olish va sotish narxi o'rtasidagi farq tufayli olingan daromad.

 

Hisoblangan daromadlarning asosiy turlari bu dividendlar va kuponlardir. Dividendlar - bu kompaniya foydasining bir qismini aksiyadorlarga to'lash. Dividendlarni to'lash davriyligi va hajmi bir qator omillarga, shu jumladan kompaniyaning muvaffaqiyatiga bog'liq. Shuning uchun, aksiyalarni sotib olayotganda, obligatsiyalar kuponlaridan farqli o'laroq, ushbu daromad manbai kafolatlanmaganligini bilish kerak. Obligatsiyadan olingan daromad obligatsiya muddati tugagunga qadar kompaniya sizga to'lashni kafolatlaydigan kredit bo'yicha foizlar kabidir.

Spekulyativ daromad bozorda oldindan aytib bo'lmaydigan daromad hisoblanadi. Qiymati oshishi mumkin bo'lgan istiqbolli qimmatli qog'ozlarni aniqlashning bir necha yo'li mavjud. Spekulyativ investitsiya strategiyasiga amal qilgan investorlar aksiyalarni arzon narxda sotib olishga va maksimal farq bilan ular o'z narxining eng yuqori cho'qqisiga chiqqanda sotishga harakat qiladilar. Biroq, bozorda aksiyalar qiymatining oshishiga hech kim kafolat bera olmaydi.

Aksiyalar obligatsiyalardan qanday farq qiladi: taqqoslash jadvali

Xarakteristika/ParametrlarAksiyaObligatsiya
Qimmatli qog’oz turiUlushliQarz
Emitent"Aktsiyadorlik jamiyati" tashkiliy shakliga ega bo'lgan kompaniyalarDavlat, munitsipalitetlar, har qanday boshqaruv shakliga ega kompaniyalar
Foyda olish shartlariKafolatlanmagan,  belgilanmaganKafolatlangan, belgilangan miqdorga ega bo'lishi mumkin
Potentsial foydaBalandPast
Egalik qilish muddatiCheklanmaganMuddati bor
Risk darajasiBalandroqPastroq
Huquqlar va vakolatlarQimmatli qog'ozlar egasi jamiyat biznesida ishtirok etishi mumkin va uning mulkiga ega bo'lish huquqiga egaMulk va boshqaruvda ishtirok etish huquqi yo'q

 

Investitsiya qilish uchun qaysi biri yaxshiroq: aksiyalar yoki obligatsiyalar

Bu savolga aniq va oddiy javob yo'q. Umuman olganda, barchasi ikkita omilga bog'liq:

  1. kutilayotgan foyda,
  2. qabul qilinadigan risk darajasi.

Bu yerda yana bitta parametrni qo'shish mumkin: investor bitimlarni amalga oshirish uchun sarflashga tayyor bo'lgan vaqt. Agar investor uchun kafolatlangan doimiy passiv daromad olish muhim bo'lsa, u belgilangan kupon to'lovlari bilan yuqori likvidli obligatsiyalarni afzal ko'rishi mumkin. Bunday qimmatli qog'ozlar bo'yicha foyda davlat yoki yirik korporatsiyalar tomonidan kafolatlanadi.

Biroq, yuqori ishonchlilik va jarayonda minimal ishtirok etish evaziga investor nisbatan past daromad oladi, kamdan-kam hollarda yiliga 10-12% dan oshadi.

Kapitalni investitsiya qilishning xavfli usullariga moyil bo'lganlar uchun aksiyalar ko'proq mos keladi. Xatarlar ancha yuqori, ammo daromadlarni obligatsiyalar bilan taqqoslab ham bo'lmaydi. Shuning uchun barcha investitsiya qarorlari diqqat bilan tahlil qilinishi kerak. Bu jarayon sezilarli darajada vaqtni sarflashni talab qiladi, investorning qimmatli qog'ozlar bozori tamoyillari bo'yicha bilimga ega bo'lishi kerakligi haqida esa gapirmasa ham bo’ladi.

Oddiy qilib aytganda, aksiyalar va obligatsiyalarga investitsiya strategiyalarining asosiy farqi shundaki, aksiyalar katta tavakkalchilik bilan yuqori daromad olishga qaratilgan, obligatsiyalar esa xavfsizroq va oldindan prognoz qilinadigan, biroq kamroq miqdorda daromad olishga qaratilgan.

Aksiyalarga investitsiya qilish strategiyasi birinchi navbatda qabul qilingan tavakkalchilikni hisobga olgan holda mumkin bo'lgan maksimal foyda olishga qaratilgan bo'lsa, obligatsiyalar egalari esa past darajadagi xavf, davlat kafolatlari, emitentning ishonchliligi va boshqalar evaziga ancha kamroq daromad olishni afzal ko'radilar.

Kompaniyalar aksiyalari, obligasiyalari va ularning kotirovkalari bo'yicha batafsil ma'lumotni Investitsiyalar sahifasida olishingiz mumkin.

17:52 • 04 January, 2024

Depozit.uz Yangiliklari

home icon Bosh sahifa menu icon Menyu profile icon Profil
depozit.uz logo
Eng yaxshi takliflar va yangiliklarni bizning telegram kanalda kuzatib boring.
Obuna bo'lish